1. Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi




Download 65,87 Kb.
Sana21.06.2024
Hajmi65,87 Kb.
#264996
Bog'liq
PQ-3126 11.07.2017




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.09.00 Migratsiya (05.01.09.00 ga qarang);

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;

2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
birinchidan — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish respublika, o‘rta va quyi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini o‘rnatish, bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari aniq belgilanishi va taqsimlanishi, rahbarlar va xodimlarning zimmalariga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini nazarda tutish;
ikkinchidan — aholini pasportlashtirish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda bo‘lish, fuqarolikni qabul qilish, yo‘qotish va fuqarolikdan chiqish, siyosiy boshpana berish jarayonlarini tahlil qilish, baholash va prognoz qilishning ta’sirchan, soha faoliyatini samarali rejalashtirish va tashkil etishni ta’minlovchi mexanizmlarini joriy etish;
uchinchidan — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida, shu jumladan boshqarilmaydigan navbatlar ta’siri ostida vujudga keladigan korrupsiya va vakolatni suiiste’mol qilish holatlariga barham berish;
to‘rtinchidan — pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy migratsiya faktlariga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni kompleks o‘rganish asosida ularning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish tizimini takomillashtirish;
beshinchidan — pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, mazkur sohada hamkorlik to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlarni amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
oltinchidan — xorijiy, avvalo O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tez-tez bo‘ladigan davlatlarning migratsiya sohasidagi qonunchiligini tizimli ravishda o‘rganish, tashqi migratsiya holatini doimiy tahlil qilish, mamlakat fuqarolariga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro shartnomalarni tuzish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
yettinchidan — davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffofligini ta’minlash va tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z faoliyatida keng qo‘llash, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning hamda pasport tizimi masalalari bo‘yicha fuqarolar qabulini tartibga solishning bevosita aloqa qilinmaydigan muloqot shaklini ta’minlovchi elektron tizimini joriy qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
davlat xizmatlari, shu jumladan biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, shuningdek manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini ta’minlovchi elektron tizimni ishlab chiqsin va 2018-yil 1-maydan e’tiboran amalga kiritsin;
ikki oy muddatda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarini pasport tizimi masalalari bo‘yicha fuqarolar qabulini elektron tartibga solish uchun asbob-uskunalar va dasturiy ta’minot bilan bosqichma-bosqich jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tarkibida umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida Elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etilsin, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlari, shu jumladan biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, shuningdek manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning elektron tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda bo‘lish, fuqarolikni qabul qilish, yo‘qotish va undan chiqish, siyosiy boshpana berish sohasida integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shuningdek axborot tizimlarining xavfsizligini va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarni aniqlash va fosh etish, qidiruv ishlarini olib borishda ko‘maklashish masalalarida idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga qadar migratsiya sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarni tanqidiy o‘rgansin, tashqi migratsiya holatini chuqur tahlil qilsin va belgilangan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin:
xorijiy, avvalo O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari son jihatdan eng ko‘p bo‘ladigan davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi vakolatli organlari vakolatxonalarini ochish va faoliyatini tashkil etish;
aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tish va ishga joylashishga ruxsat olish tartibini soddalashtirish orqali yaratish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2017-yil 1-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror talablariga muvofiq migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
pasport tizimi qoidalariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning respublika hududiga kirish, undan chiqish va unda bo‘lish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni, shu jumladan tuzilgan xalqaro shartnomalar doirasida mazkur sohada xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirish hamda tajriba almashish orqali kuchaytirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda chet el pasportini joriy etishning aniq bosqichlari, muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlarini nazarda tutgan holda chet el pasportini joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan ushbu qarorda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
11. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-iyul,
PQ-3126-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-sonli qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — IIV) markaziy apparatining pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishni va migratsiya jarayonlari monitoringini ta’minlovchi tarkibiy bo‘linmasidir.
2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari;
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari).
4. Bosh boshqarma o‘z blankasiga va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining to‘liq nomi yozilgan muhriga ega, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ta’sis etiladigan, Bosh boshqarma faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ramziga ega bo‘lishi mumkin.
2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi faoliyatni tizimli va kompleks tahlil qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish;
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy ta’minlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish;
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.
6. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi faoliyatni tizimli va kompleks tahlil qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish sohasida:
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi axborotni talab qilib olish, baholash, umumlashtirish va tahlil qilish;
fuqarolardan va yuridik shaxslarning vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va ularni hal etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
kelgusi yilda pasportlashtirilishi lozim bo‘lgan fuqarolar sonini, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini, shuningdek migratsiya borasidagi boshqa masalalarni prognoz qilishni va rejalashtirishni tashkil etish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birga profilaktik tadbirlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tishning belgilangan tartibini buzishga moyil shaxslarni aniqlash, shuningdek qaytish guvohnomasi (sertifikati) asosida qaytgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yo‘qotib qo‘ygan pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-karta (yashash guvohnomasi) o‘rniga yangisini olish uchun murojaat etganlarida, ular bilan profilaktika suhbatlarini tashkil etish;
(6-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va tergov organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish tartibini buzgan shaxslar haqidagi axborotni o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
(6-band “a” kichik bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholi orasida pasport tizimi sohasidagi qonunchilikning talablarini tushuntirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
b) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning pasport tizimi va fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish;
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari manzil-ma’lumot byurolarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining chegara zonasiga kirish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish bo‘yicha ishini tashkil etish;
nomzodlarni tanlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini yuritish uchun ruxsatnomalarni berish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish;
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini rejali tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish, ularning yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolikdan chiqish haqidagi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolikni qabul qilish haqidagi iltimosnomalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va zarur materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga yuborish;
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shu jumladan 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning xorijga vaqtincha va doimiy chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi maxsus kelishishni talab etadigan mansabdor shaxslarning xorijga vaqtincha chiqishi uchun hujjatlar rasmiylashtirish to‘g‘risidagi vazirlik va idoralarning iltimosnomalarini qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif etish, qabul qilish (yashash) qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini yuritish huquqini amalga oshirishida xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirib berish orqali ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarning chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning xususiy tartibda O‘zbekiston Respublikasiga kirishi uchun viza berishga ruxsat etilishi haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha qaror qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish rasmiylashtirilishini ta’minlash;
(6-band “b” kichik bandining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish va yashash guvohnomasi berish masalasini ko‘rib chiqish, shuningdek qonunda o‘rnatilgan tartibda ularni bekor qilish;
(6-band “b” kichik bandining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik xorijga chiqish hujjatlari berishni tashkil etish, xorijga vaqtinchalik va doimiy chiqish uchun hujjatlar rasmiylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdor jismoniy shaxslar va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolalarni qidirishda majburiy ijro organlari bilan hamkorlik qilish.
(6-band “b” kichik bandining o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
v) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy ta’minlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining faoliyatini o‘rganish, pasportlarni (yo‘l hujjatlarini), xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va berish, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilishni rasmiylashtirish, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar va sharhlar ishlab chiqish, shuningdek ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga pasportlar (yo‘l hujjatlari), xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va berishda, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilishni rasmiylashtirishda, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berishda amaliy yordam ko‘rsatish;
(6-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan, shu jumladan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizasining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchidan foydalanishda ish beruvchilarning pasport tizimi qoidalarini belgilovchi hujjatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish;
boshqa vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlarning va boshqa axborotlarning saqlanishini va axborot xavfsizligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning identifikatsiya raqamini (shaxsiy kodini) tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
respublikada va xorijda yo‘qolgan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalarning, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilingan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalarning yagona ma’lumotlar bazasini yuritish;
(6-band “v” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
g) ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etish, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish masalalarida ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari va davlat organlari bilan o‘rnatilgan tartibda o‘zaro axborot almashishni va tadbirlar o‘tkazishni amalga oshirish;
(6-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va boshqa organlar bilan fuqarolikni qabul qilish, yo‘qotish, fuqarolikdan chiqish, pasport va chegara rejimini mustahkamlash, aholi migratsiyasini hisobga olish, shuningdek xorijga chiquvchi va O‘zbekiston Respublikasiga kiruvchi shaxslarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
(6-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qidiruvdagi shaxslar, bedarak yo‘qolgan shaxslar va uzoq vaqt yashash joyida bo‘lmagan shaxslarning pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlarini taqdim etish orqali ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
(6-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarni o‘z vaqtida hisobga qo‘yishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsini tasdiqlash bo‘yicha so‘rovlarini ijro etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish bo‘yicha so‘rovlarini ijro etish;
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini yuritish huquqiga egaligi tasdiqlangan chet el fuqarolarining respublika hududida o‘rnatilgan pasport tizimi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
sudlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish, uning hududidan tranzit o‘tish qoidalarini buzgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorlari ijrosini ta’minlash;
fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalarida hamkorlikni tashkil etish;
d) qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish;
migratsiya sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, ilg‘or xorijiy va milliy tajribani ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatiga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoniga, shu jumladan biometrik hujjatlarni olish, xorijga chiqish uchun materiallarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, shuningdek manzil-ma’lumot axborotlarini berish jarayoniga joriy etish va ulardan foydalanish;
(6-band “d” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
pasport tizimi qoidalariga rioya etish muammolari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish va o‘tkazish, axborot materiallarini tayyorlash.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Bosh boshqarmaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
7. Zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, huquqni muhofaza qilish tuzilmalaridan va boshqa tashkilotlardan aholi migratsiyasi masalalari bo‘yicha statistik, tahliliy materiallarni so‘rash, talab qilish va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma berish tartibiga rioya etilishini tekshirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
mehmonxonalarda va boshqa tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan pasport va viza rejimi qoidalariga rioya etilishini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan pasport va viza rejimini, shuningdek Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma berish tartibini buzish hollarini bartaraf etish haqida taqdimnomalar kiritish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
pasport va viza rejimi qoidalarini buzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy jazo choralari qo‘llash;
Oldingi tahrirga qarang.
javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida prokuratura, tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va tergov organlariga pasport tizimi, O‘zbekiston Respublikasiga kirish, undan chiqish va unda bo‘lish qoidalarini buzgan shaxslar haqida axborot taqdim etish;
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
migratsiya va pasport tizimi masalalari bo‘yicha qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi IIVga ko‘rib chiqish uchun kiritish.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish choralarini ko‘rish;
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining ish faoliyati haqidagi zarur ma’lumotlarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
9. Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Bosh boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Bosh boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan o‘rnatilgan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bitta birinchi o‘rinbosarga ega.
11. Bosh boshqarma boshlig‘i:
Bosh boshqarma ishini tashkil etadi va faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
o‘zining o‘rinbosarlari o‘rtasida funksional majburiyatlarni taqsimlaydi, ularning zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Bosh boshqarmaning ish rejalarini tasdiqlaydi;
o‘zining vakolati doirasida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar chiqaradi va O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga farmoyishlar loyihalarini kiritadi:
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, boshqa lavozimga o‘tkazishni va ularning kasbiy tayyorgarligini, xizmat intizomiga rioya etishini tashkil qiladi, o‘rnatilgan tartibda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda Bosh boshqarma xodimlariga maxsus unvonlar berish, ularni rag‘batlantirish, shu jumladan taqdirlash, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Bosh boshqarma xodimlarini o‘rnatilgan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Bosh boshqarma xodimlariga o‘z vakolati doirasida ta’tillar beradi;
Bosh boshqarmada o‘rnatilgan tartibda safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
Bosh boshqarma bo‘linmalarida maxfiylik rejimi, shu jumladan axborotni texnik himoya qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilishi uchun javob beradi;
bevosita o‘zi va o‘rinbosarlari orqali migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining faoliyatini nazorat qiladi;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari rahbarlarining hisobotini eshitadi;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha xatti-harakatlarining qonuniyligi, shuningdek xodimlar tomonidan har bir qonuniylik buzilishi holatlari o‘rnatilgan tartibda tekshirilishini ta’minlaydi;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining shtatlar sonini qayta taqsimlash haqida takliflar kiritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
12. Bosh boshqarma boshlig‘i yo‘qligida uning vazifasini birinchi o‘rinbosari bajaradi.
13. Bosh boshqarma xodimlari Bosh boshqarma boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, safdorlar tarkibi bundan mustasno.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlari Bosh boshqarma boshlig‘i bilan kelishilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi.
15. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari) xodimlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Ish yuritish va maxfiylik rejimi bo‘yicha tadbirlar Bosh boshqarma tomonidan o‘rnatilgan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
17. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarini maxsus texnika va boshqa moddiy-texnik vositalar hamda mol-mulk bilan ta’minlash o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 28-son, 644-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)

Download 65,87 Kb.




Download 65,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi

Download 65,87 Kb.