|
QIWI hamyonidan foydalanish nega qulay?
|
bet | 2/3 | Sana | 18.11.2020 | Hajmi | 201,91 Kb. | | #12497 |
QIWI hamyonidan foydalanish nega qulay? Oddiy
Hisobni istagan terminal, mobil telefon yoki bank kartasi (O’zbekistonda bunday imkoniyat mavjud emas) orqali to’ldirish mumkin.
Oson
Har xil qiyin bo’lgan hisob raqamlari va parollarni yodda saqlab yurish shart emas. Telefon raqamini o’zi kifoya
Xavfsiz
Visa tizimi bilan hamkorlik tufayli Sizning har qanday to’lovingiz kuchli himoyalangan
Ochilgan sahifada Sizdan faqatgina telefon raqamingiz va rasmdagi kod so’raladi. Bundan tashqari Sizda ijtimoiy tarmoqlar orqali ro’yxatdan o’tish imkoni ham bor. Bizning misol telefon raqam orqali o’tish haqida bo’ladi. Ma’lumotlarni rasmdagidek kiriting.
Keyingi sahifada bizdan parol kiritishni so’rashadi. Parol 8ta belgidan kam bo’lmasligi, harflar va sonlardan iborat bo’lishi kerak. Keyingi qatorda parol qancha muddatga amal qilishi haqida so’rashadi. Muddat tugagach, parolni almashtirish talab etiladi. Biz 12 месяцев, ya’ni 12 oy ko’rsatdik. Agarda bundan oldingi sahifada telefon raqamingizni to’g’ri kiritgan bo’lsangiz, Sizga QIWIWallet tomonidan quyidagi mazmunda sms boradi “062372 code for registration Visa QIWI Wallet. Don’t share this information“. Smsdagi kodni sahifa oxiriga kiritasiz va Подтвердить tugmasini bosasiz.
Agarda kodni va boshqa ma’lumotlarni to’g’ri kiritgan bo’lsak bizni QIWI asosiy sahifasiga yuborishadi. U yerda quyidagi ma’lumotlar bor:
История – bajarilgan amallar tarixi. Oxirgi to’lovlar va amallar
Бонус – har xil turdagi Internet magazinlardan chegirmalar
Помощь – yordam. Har qanday savolga bu yerdan javob topasiz
Настройки – akkaunt sozlamalari.
Оплатить – pul to’lash. U yerda xizmatlar juda ko’p. Masalan telefon raqamingizga yoki birorta onlayn o’yinga pul to’lashingiz mumkin.
Перевести – pul jo’natish. Pulni bankdagi hisob raqami, kartaga va bizga eng keraklisi boshqa bir hamyonga o’tkazishingiz mumkin.
Пополнить кошелек –– Hisobni to’ldirish.
Банковские карты – Bank kartalarini QIWIga ulab qo’yish yoki QIWI Visa Virtual kartasini yaratish mumkin
Вывести – pulni yechish.
Biz yuqorida ko’rsatilgan, QIWI hamyonining ko’pgina imkoniyatlaridan foydalana olmaymiz. Ba’zi bir imkoniyatlar faqatgina Rossiya fuqarolari uchun mo’ljallangan. Ularni yahshilab o’rganib chiqsak, eng asosiylari, ya’ni bizga keraklilaridan foydalana olamiz. Masalan, Internet magazinlaridan harid qilish, hisobimizga pul tushirish, boshqa hamyonga pul o’tkazish imkoniyatlari mavjud va shuni o’zi bizga yetarli.
|
| |