Rudalar, minerallar va konlar haqida tushuncha




Download 43,13 Kb.
bet2/3
Sana19.09.2024
Hajmi43,13 Kb.
#271679
1   2   3
Bog'liq
1. Foydali qazilmalar. Foydali qazilma konlarini o’zlashtirish

2. Rudalar, minerallar va konlar haqida tushuncha
Respublikamiz xalq ho‘jaligida mineral hom-ashyolarning turli ko‘rinishlari katta miqdorda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda sanoat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun mineral hom-ashyoning 200 dan ortiq turi ishlatilmoqda. 15 Mavjud texnik-iqtisodiy sharoitda xalq ho‘jaligida etarli samara bilan ishlatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy mineral moddalar foydali qazilmalar deyiladi. Ular tabiiy holda va tegishli ravishda qayta ishlangan holda ishlatilishi mumkin. Sifat va miqdor jihatidan xalq ho‘jaligida ishlatishga yaroqli er qa’ridagi mineral moddalarning to‘plangan joyi foydali qazilma konlari deyiladi. Mavjud texnik sharoitda qazib olinishi maqsadga muvofiq konlar sanoat konlari deyiladi. Foydali qazilmani qazib olish va boyitish texnikasi o‘sishi bilan sanoat konlari hisoblanmagan konlar ham sanoat konlari kategoriyasiga o‘tishi mumkin. Muhim ahamiyatga ega foydali qazilmalar sanoat tarmog‘ida ishlatilishiga qarab 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi: rudali, noruda va yonilg‘i. Metal yoki uning birikmalarini ajratib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq minerallar agregati ruda deyiladi. Masalan, temir, marganets, rux, molibden, volfram va h.k. rudalari. Mineral hom-ashyoning sifatiga qarab rudalar boy (yuqori navli), oddiy (o‘rtacha sifatli) va kambag‘al (past navli) rudalarga bo‘linadi. Tabiiy kimyoviy reaktsiyalar asosida hosil bo‘lgan tabiiy kimyoviy birikmalar minerallar deyiladi. Minerallar kimyoviy tarkibiga qarab sinflarga bo‘linadi, ularning asosiylariga quyidagilar kiradi: tug‘ma (sof) elementlar, sulfidlar (metallarning oltingugurt bilan birikmasi), oksidlar (metallar va ba’zi elementlarning kislorod bilan birikmalari), silikatlar (metallarning kremniy va kislorod bilan birikmalari) va alyumosilikatlar (alyuminiy saqlovchi silikatlar). Rudadan xalq ho‘jaligida ishlatish maqsadida ajratib olinadigan minerallar qimmatbaho yoki foydali minerallar deyiladi. Sanoat qimmatiga ega bo‘lmagan minerallar puch tog‘ jinslari deyiladi. Minerallarning bunday bo‘linishi shartlidir, chunki bitta mineralning o‘zi ayrim sharoitda qimmatbaho, boshqa sharoitda esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. Masalan, kvarts oltinli rudalarda puch tog‘ jinsi, keramika sanoati uchun esa qimmatbaho komponent hisoblanadi. Mahsulotni kompleks ravishda ishlatilishining ortishi puch tog‘ jinslari minerallarining sonini kamayishiga olib keladi. Foydali qazilma konlari tub va sochma konlarga bo‘linadi.Tub konlarda ruda o‘zining dastlabki hosil bo‘lgan joyida tog‘ jinslarining umumiy massivida yotadi. Sochma konlar esa tub konlarning suv, havo kislorodi, harorat va boshqa tabiiy omillar ta’sirida emirilishi natijasida hosil bo‘ladi. Foydali qazilma qumlari tabiiy omillar ta’sirida tub konlar joylashgan joydan ancha masofaga ko‘chishi mumkin. Moddiy tarkibiga ko‘ra rudalar qora, rangli, kamyob, nodir va radioaktiv metallar rudalariga bo‘linadi. Rudalar, shuningdek, faqat bitta metal saqlovchi monometal va bir nechta metal saqlovchi murakkab polimetal rudalarga bo‘linadi. 16 Polimetal rudalar monometal rudalarga nisbatan ko‘proq uchraydi va ularning tarkibidagi metallar ko‘pincha sanoat ahamiyatiga ega bo‘ladi. Polimetal rudalarga misol tariqasida mis va ruxli, rux va qo‘rg‘oshinli, molibden va volframli rudalarni keltirish mumkin. Fizik xossalariga ko‘ra rudalar quyidagicha bo‘linadi: zichlik bo‘yicha: og‘ir - zichligi 3500 kg/m3 dan yuqori, o‘rtacha-zichligi 2500-3500 kg/m3 , engilzichligi 2500 kg/m3 dan kichik; namligi bo‘yicha: o‘ta nam, nam va quruq. Fizik xossalari va kimyoviy tarkibiga ko‘ra rudalar oson va qiyin boyitiluvchi rudalarga bo‘linadi. Sanoat tomonidan rudali hom-ashyoga qo‘yiladigan talablar GOST va texnik sharoitlar tarzida beriladi. Unga ko‘ra mineral hom-ashyo qimmatbaho komponent, zararli qo‘shimcha va ruda agregatining hususiyatiga qarab navlarga ajratiladi. Namlikning miqdori va granulometrik tarkibga ham cheklanishlar bor. Ruda tarkibidagi har qaysi mineral ma’lum bir kimyoviy tarkibga va o‘ziga xos tuzilishga ega. Bu minerallarning rang, zichlik, elektr o‘tkazuvchanlik, magnitlanish qobiliyati va x.k. kabi doimiy va induvidual fizik xossalarini ta’minlaydi.



Download 43,13 Kb.
1   2   3




Download 43,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rudalar, minerallar va konlar haqida tushuncha

Download 43,13 Kb.