• 1. Foydali qazilmalar. Foydali qazilma konlarini o’zlashtirish
  • 1. Foydali qazilmalar. Foydali qazilma konlarini o’zlashtirish




    Download 43,13 Kb.
    bet1/3
    Sana19.09.2024
    Hajmi43,13 Kb.
    #271679
      1   2   3
    Bog'liq
    1. Foydali qazilmalar. Foydali qazilma konlarini o’zlashtirish


    Mavzu: Foydali qazilma konlarini qazib olishda va qayta ishlashda xom ashyoning kompleks ishlatilishi.

    Reja:
    1. Foydali qazilmalar. Foydali qazilma konlarini o’zlashtirish


    2. Rudalar, minerallar va konlar haqida tushuncha
    3. Foydali qazilmalarni qayta ishlashda xom ashyoning kompleks ishlatilishi

    1. Foydali qazilmalar. Foydali qazilma konlarini o’zlashtirish
    Foydali qazilmalar, mineral xom ashyolar — Yer po'stida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bulinadi (qarang Gipergen konlar, Gipogen konlar, Metamorfogen konlar). Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilnadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10–15 km dan chuqur), abissal (3–5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. F.q Z guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi: a) yoqilgʻienergetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari); b) kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar); v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar); d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi. Yer qaʼridan qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni chiqarib olishning oʻzaro boglangan kon ishlari jarayoni majmui. Foydali qazilma konlarini oʻzlashtirishk.oʻ.ning ochiq (karyer), yer osti (shaxta), burgʻi quduqlari va dengiz tubidan olish (dengiz sathidan pastdagi ishlar) usullari mavjud. Ochiq va yer osti usullaridan qattiq foydali qazilmalarni, burgʻi quduqlaridan esa, asosan, suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni chiqarib olishda foydalaniladi. Yer osti usuli bilan katta chukurlikda yotgan foydali qazilmalar qazib olinadi. Foydali qazilma konlarini oʻzlashtirishk.oʻ.da Dunyo okeanida konlarni oʻzlashtirish va dengiz tubidan foydali qazilmalarni chiqarib olish aloxida urin egallaydi. Dunyo boʻyicha ochiq usul bilan 60% ga yaqin metall rudalari, 85% nometall rudalar, 100% noruda foydali kazilmalar va 35% ga yaqin kumir qazib olinadi.

    Download 43,13 Kb.
      1   2   3




    Download 43,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Foydali qazilmalar. Foydali qazilma konlarini o’zlashtirish

    Download 43,13 Kb.