1. Fuqarolarning murojatlarini ko’rib chiqish tartiblari:
“Toshrangmetzavod” XII OAJ Internet murojaatlar va ularni ko’rib chiqish tartiblariga "O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojatlari to’g’risida"gi qonuni va “Toshrangmetzavod” XII OAJ fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish haqidagi tartiblar qo’llaniladi. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ro’yxatga olish va ijrosi ustidan nazorat qilish “Toshrangmetzavod” XII OAJ boshqarmasi umumiy bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.
Tarmoq korxonalar rahbarlariga kelib tushgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ro’yxatga olish va uning ustidan nazorat qilish bu vazifa yuklatilgan ma'sul xodimlar tomonidan olib boriladi. Kombinat tarmoq korxonalariga kelib tushgan fuqarolarning murojaatlari uchun korxonalar rahbarlari shaxsan javobgardirlar.
2. Fuqarolarning murojatlari interfaol xizmatlarning asosiy maqsad va vazifalari:
Mazkur tartib“Toshrangmetzavod” XII OAJga "fuqarolarning murojaatlari" interfaol xizmatlarning asosiy maqsad va vazifalarini belgilagan holda quyidagilardan iboratdir:
-
“Toshrangmetzavod” XII OAJga murojaat qilgan fuqarolarning huquqlarini ta'minlash;
-
Fuqarolar murojatlarini chuqur tahlil qilish va qayta ishlash;
-
Fuqarolarning huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish;
-
Aholi bilan aloqalarni mustaxkamlash;
-
“Toshrangmetzavod” XII OAJning ma'sul lavozimdagi rahbarlari va fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarga sub'ektiv aralashuvlarni cheklash.
"Fuqarolarning murojaatlari" interfaol xizmatlar “Toshrangmetzavod” XII OAJ rasmiy sayti orqali so’rov jo’natgan jismoniy shaxs va so’rovnoma jo’natilgan ma'sul lavozimdagi rahbarlarning ma'lumotlarni ikki tomonlama almashtirish asosigagina quriladi.
3. Jo’natuvchi tomonidan Internet murojaatni rasmiylashtirish bo’yicha talablar.
Internet murojatlarni rasmiylashtirishda “Toshrangmetzavod” XII OAJ rasmiy saytida maxsus shakldagi maydonni to’ldirish talab etiladi (fuqarolarning murojaati uchun shakl quyida ko’rsatilgan):
-
Shakl maydonini to’ldirishda murojaat qiluvchining personal ma'lumotlari ko’rsatiladi;Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
-
Yulduzcha bilan ko’rsatilgan maydonlar majburiy tarzda to’ldirilishi shart;
-
Internet tarmog’idagi “Toshrangmetzavod” XII OAJ rasmiy saytiga joylashtirilgan sana internet murojaat sanasi hisoblanadi, u elektron shaklda to’ldirilib jo’natilganidan so’ng avtomatik ravishda qayd etilgan bo’ladi;
-
"Sizning murojaatingiz" maydoniga joylashtirilayotgan matn xajmi chegaralanmagan.
4. Internet murojaatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish.
Internet murojat O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojatlari to’g’risida"gi qonun va mazkur tartiblarga mosligiga tekshirib ko’riladi.
Quyidagilarga rioya etilmagan Internet murojaatlar ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi:
-
Fuqaroning yashash manzili, familiyasi, ismi va sharifiga oid to’liq bo’lmagan va ishonchli manbalari bo’lmagan(so’ngisi ) arizachi mavjudligida;
-
Elektron pochta manzili;
-
Telefon raqami;
-
Aniq ariza, shikoyat va taklif mavjud emasligida;
-
Matn to’laligicha bosh harflar bilan terilib so’zlarga bo’linmaganida.
Internet murojat umumiy bo’limi boshlig’i tomonidan uch kun ichida ko’rib chiqiladi, matni yozib olinadi, rasmiy murojat sifatida ro’yxatga qayd etilib, qo’yilgan masalalarni ko’rib chiqish vakolatlariga ega rahbarga ko’rib chiqilishi uchun taqdim etiladi.
5. Internet murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari.
Fuqarolarning murojaatlari va shikoyatlari “Toshrangmetzavod” XII OAJ saytiga kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab qilmaydigan murojatlar 15 kundan kechikmagan muddatlarda ko’rib chiqiladi.
Rahbar nomiga kelib tushgan murojaatlar bir oy ichida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha tarzda o’rganilishni talab etadigan murojaatlar bundan mustasno, bunday murojatlar egalariga qo’shimach o’rganishlar zururligi haqida 10 kun ichida ma'lumot beriladi.
Internet murojat yoki ma'lumot beruvchi uchun javob murojaat etuvchining E-mail manziliga elektron shaklda Internet murojaatda ko’rsatilgani asosida jo’natiladi.
|