1. Gaz omborlari fazifalari Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada joylashishi




Download 83.53 Kb.
bet2/5
Sana22.10.2023
Hajmi83.53 Kb.
#89665
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Gaz omborlari fazifalari Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada -fayllar.org
mavzu, 1-MAVZU. “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA, 6-sinf-informatika-testlar, Татуга рухсат, 1681325594, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r-fayllar.org, Funksiyaning hоsilasi va uning tadbiqlari rеjа-fayllar.org, 7-Ma’ruza. Funksiya hosilasi va uning tatbiqlari. Reja-fayllar.org (1), Гиёхвандлик чора-тадбир 2024.--1-, Rastrli, fraktal va vektorli, Kompyuter grafikasi va dizayn-fayllar.org, Гиёхвандлик-чора-тадбир-2024.-1-, Reja Kirish §1 Lokal tarmoqlarni tashkil etishning nazariy asos

Gaz omborlari fazifalari


Gazning sarfi soat, kun va yil davomida o‘zgarib turadi. Magistral gaz quvurlaridan o‘tayotgan gazning miqdori o‘zgarmas. Shuning uchun iste’mol kamaygan vaqtda ortiqcha gazni biror joyda saqlab, iste’mol ko‘paygan vaqtda yig‘ilgan gazni gaz quvuridan kelayotgan gazga qo‘shib, iste’molchilarning maksimal ehtiyojini qoplashga yuboriladi. Gaz ishlatish notekisliklari soatlik, sutkalik va mavsumiy bo‘ladi. Sutkalik notekislikda kechasi sarf kamayadi, kunduzi oshadi. Buni qoplash uchun magistral gaz quvurlarining shaharga yaqin joydagi geometrik hajmidan foydalaniladi, ya’ni kechasi shaharda sarf kamayganda magistral quvurdan kelayotgan gaz unda yig‘ilib, quvurdagi bosim oshib boradi, ya’ni gaz yig‘iladi. Kunduzi esa sarf oshganda, yig‘ilgan gaz iste’molchilarga berilib, magistral gaz quvurlaridagi ortiqcha bosim pasayadi. Mavsumiy notekislikni qoplash uchun esa yer osti gaz omborlaridan foydalaniladi. Gaz omborlari sifatida yirik shaharlar yaqinidagi gaz-neft konlaridan foydalanish mumkin.Agarda bunday eski konlar bo‘lmasa, geologik qidiruv ishlari bilan shahar yaqinidan g‘ovak, suvli yer osti strukturalari aniqlanib, ular yer osti gaz ombori (podzemnoye xranilishe gaza PXG) sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda g‘ovak qatlamlarining tepa qismi mustahkam, zich qatlamdan iborat bo‘lishi kerak. Bu omborlarga yoz paytida ortiqcha gaz qamalib, kuz va qish paytida gaziste’moli oshganda, yig‘ilgan gaz magistral gaz quvuridan kelayotgan gaz bilan birga iste’molchilarga beriladi. Bundan tashqari, o‘tgan asrning elliginchi-oltmishinchi yillarida gaz saqlash uchun gazgolder stansiyalari qurilgan.

Ularda 0,8 – 1,1 MPa bosimga mo‘ljallangan silindirsimon yoki sharsimon po‘lat sisternalardan foydalanilgan. Gazgolder stansiyalari ham faqat sutkalik va soatlik notekislikni qoplashga ishlatilgan. Hozirgi paytda bunday stansiyalar ishlatilmaydi, chunki ular xavfli, ko‘p metall sarflanadi. Hozirgi davrda yirik shaharlar oldida,asosan, yer osti gaz omborlari qurilgan.


Yer osti gaz omborlari nisbatan xavfsiz va ko‘p miqdorda gaz saqlashga xizmat qiladi. Ularni qurish va jihozlash uchun ko‘p mablag‘ sarf qilinadi. Yer osti gaz ombori qurish uchun yer osti strukturasining g‘ovakligi 15 % dan kam bo‘lmasligi kerak hamda g‘ovak qatlam ustidagi zich qatlamning qalinligi 15 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Gaz iste’moli mavsumiy notekisligini qoplash uchun gazda mavsumiy ishlaydigan sanoat korxonalari va issiqlik elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Bunday korxonalar yoz faslida gazda ishlaydi, lekin isitish davri boshlanishi bilan rezerv yoqilg‘i (ko‘mir yoki mazut) yoqishga o‘tkaziladi.

Download 83.53 Kb.
1   2   3   4   5




Download 83.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Gaz omborlari fazifalari Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada joylashishi

Download 83.53 Kb.