|
1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 18,08 Kb. | | #228469 |
Xavfsizlikni ta’minlash asoslari va faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari
1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari 2. Xavfsizlikni taminlash usullari, ta`riflari 3. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari 5. Xavflarni o`rganish usullari 6. Faoliyat va uni xavfsizligini ta`minlash
1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari
Xavfsizlik umumiy nazariyasining tuzilishida asoslar va usullar ko`rilayotgan sohadagi aloqalar to`g’risida to`liq tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega.
Asos, bu - fikr, g’oya, maqsad (asosiy holat)dir. Usul, bu – eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo`lidir.
Xavfsizlikni taminlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo`lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o`zaro bog’liqdir. Xavfsizlikni taminlash choralari, bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta`min etishdagi mantiqiy pog’onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq.
Xavfsizlikni taminlash yo`llari ko`p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinfga ajratish mumkin. Masalan, yo`naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
Yo`naltiruvchi belgilari: operatorning faolligi, iqtidori; tizimning tartibsizlanishi (destruktsiya), operatorni almashtirish, tasniflash, xavflarni yo`qotish, tartiblash, xavfni kamaytirish.
Texnik belgilari: blokirovkalash, vakuumlash, germetiklash, masofadan boshqarish, mahkamlash, to`siqlar orqali himoyalash, ojiz zveno qo`llash, siqilgan havo qo`llash, harakatlarni sekinlashtirish.
Tashkiliy belgilari: vaqt bilan himoyalash, axborot (ma`lumotlar), zahiralash, mos kelmaslik, me`yorlash, xodimlar tanlash, ergonomiklik.
Boshqaruv: moslik, nazorat, qarshi aloqa, javobgarlik, rejalilik, rag’batlantirishlar, samaradorlik, boshqarish.
2. Xavfsizlikni taminlash usullari, ta`riflari
Inson mehnat faoliyati jarayonida bo`ladigan fazo – ish joyi (gomosfera), doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo`ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi:
gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo`yicha ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, rabotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi;
xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me`yorlashtirish. Bu usulga
ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo`llashi kiradi;
d) bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashtirishga, ularni himoyalash darajasini ko`tarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullar: kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta`sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo`llashni o`z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo`llaniladi.
Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalarga, jamoa (JHV) va shaxsiy (SHHV) himoya vositalari kiradi. Ular o`z navbatida xavfsizlikning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi.
3. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari
HFX uslubiy va boshqaruv masalalarining xavfsizlik darajasi va «T»ga ob`ektiv ta`siri katta.
Boshqarishning tashkiliy ishlarini nazorat qilish va tekshirish tizimini yaratish.
Tadbirlarning ta`sir qilishini, foydasini aniqlash.
Rag’batlantirish.
HFX boshqarilishida inson-muhit tizimi tushuniladi. HFXni boshqarish ob`ektiv xavfli holatdan kam xavfli holatga o`tkazishdir. Bunga iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga amal qilinadi.
HFX ni boshqarishning vazifalari quyidagilardan iborat: Ob`ekt holatining tahlili va bahosi.
Ob`ekt holatining tahlili va hisoboti.
Boshqarishning tadbirlari.
Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni tashkil qilish.
|
| |