120
4.1-mavzu: Hyper-threading texnologiyasi. Multitasking va ko’p oqimli
tizimlar, VLIW, SMT(simultaneous multithreading)
Reja:
1. Hyper-threading
texnologiyasi
2. SMT texnologiyasi
3. Asosiy hisoblash markazi haqida tushunchalar
4. Simmetrik multiprotsessing
5. Multithreading texnologiyasi
6. Parallel ishlov berish usullari
Kalit so'zlar. Arxitektura, xotira, buyruq, yadro, ma’lumot
,
operatsion tizim,
operatsion tizim, CISC,
razryad, protsessor bloki, shinalar (bus), chipset,
boshqarish qurilmasi (control device), xotira modullari, ajratilgan xotira, kuller,
multikompyuter, taqsimlgan xotira, shinalar, massiv parallel, kesh, video controller,
ovoz kontrolleri, tarmoq interfeysi, sovutish tizimi, registr xotira, utilitalar,
multitasking, buyruqlar hisoblagichi, texnologiya.
1. Hyper-threading texnologiyasi
Hyper-threading
–
bu giper-oqimlik.
“Hyper-threading texnologiyasi”
protsessorga bir vaqtning o’zida ikkita oqimni yoki buyruqlar (ko’rsatmalar)
to’plamini bajarishga imkon beradi. Hyper-threading ikkita oqimni parallel ravishda
bajarishga
imkon berganligi sababli, bu ikkita alohida protsessorni birgalikda
ishlashiga o’xshaydi.
Hyper-threading texnologiyasi
SMT texnologiyasining
shaklidir.
Bu texnologiya birinchi bo’lib Intel Xeon MP protsessorida qo’llanilgan:
- bitta fizik protsessorni bir nechta mantiqiy protsessorlar sifatida ko’rsatadi;
- har bir mantiqiy protsessor arxitektura holati (Arch State) nusxasiga ega;
- mantiqiy protsessorlar fizik resusrlarning yagona to’plamini bo’lishadilar.