|
1. Internetning rivojlanish tarixi Internetda interaktiv xizmatlar
|
bet | 2/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #256502 |
Bog'liq 1. Internetning rivojlanish tarixi Internetda interaktiv xizmatlInteraktiv xizmatlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi.
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlari. Hozirgi vaqtda, Hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta e’tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo‘li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi.
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar kiradi:
Transport vositalarning harakatlanish jadvali. Respublikadagi transport vositalarini harakatlarini ifodalash jadvali bir nechta saytlarda berilgan. Foydalanuvchi saytdan o‘ziga maqul transport vositalarini qatnovi jadvallari haqidagi ma’lumotlarni topadi. Quyida ushbu veb sahifalarni keltirilgan:
http://www.orexca.com – sayyohlar uchun mo‘ljallangan veb sahifa;
http://www.tgpt.uz – toshkent shahridagi transport vositalari haqidagi veb sahifa;
http://www.goldenpages.uz/ - O‘zbekiston transport qatnovi reys jadvallari sahifasi.
Avia reyslar jadvali. Avia reyslari bo‘yicha ma’lumotlar jadvalini aniqlash, ulardan foydalanish uchun http://uzairways.com - O‘zbekiston havo yo‘llari avia kompaniya veb sahifasiga murojat qilinadi. Saytda xalqaro va O‘zbekiston miqyosidagi avia qatnov jadvallari keltirilgan.
Internet xizmatlari
Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko’rsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko’p va xilma-xil bo’lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo’lib, ba’zilari yo’qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
– WWW – elektron sahifa xizmati;
– elektron pochta xizmati;
– telekonferensiya (Usenet);
– fayllarni uzatish (FTP);
– DNS- tarmoq hududlariga nom berish xizmati;
– Telnet xizmati;
– IRC – xizmati yoki Chat konferesiya;
– Ma’lumotlarni izlash xizmati.
Telnet–uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, ya’ni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o’ziniki kabi, ishlash imkonini beradi FTP(File Tragsftr Protocol)–abonentga tarmoqdagi istagan kompyuterda matnli va ikkilik fayllar bilan o’zaro muloqot qilishga sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash uchun (o’qish, ishlov berish va b.k) kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistemasi o’zining tezkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi bo’lib qolmoqda.
Usenet (Usenet Wewsq roupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron elonlar doskasini olish. Bu sistema ma’lum bir mavzu bo’yicha guruhlarga bo’lingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi o’zini qiziqtirgan mavzuni ko’rsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va o’zinikini yaratishi mumkin.
Yangi xujatlar guruhining barcha a’zolariga yoki konkret avtorlarga yuborilishi mumkin.
|
| |