Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi xar doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo’yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko’proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IХ) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:
.
Bu yerda: R’ - foyda normasi, IХ – iqtisodiy resurs xarajatlari.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p qirrali masala bo’lib, bu aytilgan birgina asosiy ko’rsatkichda, uni to’la ravishda har tomonlama ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini esa - V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: .
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko’rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini - KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini - K, mahsulotni - M, yalpi daromadni - YaD bilan, foydani - F bilan belgilasak quyidagi formulalar hosil bo’ladi:
; ; .
Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli
|