|
Korxonalarni modernizatsiyalash sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari
|
bet | 10/13 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 58,23 Kb. | | #101995 |
Bog'liq хасан3.Korxonalarni modernizatsiyalash sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari.
Har qanday korxona va umuman, iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omili – ishlab chiqarish harajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirishdir. Bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng bo’lmagan milliy bozorga nisbatan katta jahon bozorlarida o’z joyiga ega bo’lish va uni yanada kengaytirish imkonini beradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirmasdan raqobatdosh iqtisodiyot, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, o’rta muddatli istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishdek strategik vazifani amalga oshirish mumkin emas. Respublikamizda iqtisodiyotining raqobatdoshligini ta’minlash uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini izchil ravishda isloh qilish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish orqaligina ta’minlanishi mumkinligini ilg’or mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatib turibdi. “Respublika sanoatini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish, asosiy sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga va eksport salohiyatini o’stirishga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlari, kompleksi va korxonalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ularning samaradorligi hamda raqobatdoshligini yanada oshirish maqsadida ” qabul qilingan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishda yangi bosqich hisoblanadi20.
Sifati va narxi bo’yicha jahon bozorida raqobatdosh bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi mahsulot turlarini ko’paytirish bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011-yil 4-oktabrdagi “Yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1623-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Istiqbolda iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va bu yo’nalishda maxsus tayyorlashni taqozo etadi.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ta’minlashga to’siq bo’layotgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining past bo’lishiga, tannarxining esa asossiz o’sib ketishiga olib kelayotgan omillarni bartaraf etish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan,
- korxonalarda mavjud asbob-uskunalar hamda texnologiyalarning salmoqli miqdori jismonan yoki ma’naviy jihatdan eskirgani;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlariga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda to’liq hal etilmagani;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi qoniqarli emasligi ta’kidlandi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish masalasi ayniqsa yengil sanoat, farmasevtika va qurilish mollari kabi iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlarga tegishli ekaniga alohida e’tibor berildi.
Mahsulot raqobatbardoshligiga erishishda avvalo, mamlakatimizning mahsulot eksport qiluvchi korxonalarini qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ularga qo’shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurlgi Prezidentimiz tomonidan ta’kidlandi va muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’yildi.
Mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun raqobatchilar, iste’molchilar, mahsulot eksport qilinayotgan mamlakatning qonunchiligi to’g’risida axborot ko’magini berish, davlatlararo kelishuvlarga ko’ra mamlakat korxonalari uchun xorijiy davlatlarda eng ko’p qulaylik rejimini yaratish, bozor va ishlab chiqarish infratuzilmalarini (banklar, transport tizimi va b.) rivojlantirish, mahsulot reklamasiga ko’maklashish kabi chora-tadbirlar ham eksport qiluvchi korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
|
| |