|
1-keys: 17 yoshli o’quvchilar a va n darsdan qochib, parkka ketishdi. Avtobusda yo’lovchilar kamligidan foydalanib, yumshoq o’rindiqqa ismlarini o’yib yozdi. Shu bilan birga ular tamaki chekib, kulini o’rindiqqa tushirib qo’yishdi
|
bet | 2/6 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 12,55 Kb. | | #113251 |
Bog'liq Keyslar to’plami 1-keys-fayllar.org7-keys: N. ismli fuqaro ishdan uyga kelganda ayrim buyumlari o’g’irlanganligini ko’rdi. O’g’ri shu mahallada yashovchi M. ekanligiga ishonch hosil qilib, uning eshigini buzib, uyidan o’zining yo’qolgan buyumlarini olib chiqib ketdi.
Fuqaro M. Konstitutsiyaning qaysi moddasiga xilof harakat qildi? Uni xatti-harakatlarini baholang.
8-keys: 16 yoshli xodim S. har kuni 7 soatdan ishlaydi. U 6 oy ishlaganidan so’ng, mehnat ta’tili berishini so’rab ma’muriyatga ariza berdi. Rahbari hali ishlaganiga 6 oy to’lmaganini aytib xodim S. ga mehnat ta’tili bermadi.
Rahbarning xatti-harakatlarini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida baholang.
9-keys: 17 yoshli V. ni kechqurun katta xususiy magazin oynasini sindirib, ichkariga kirayotganida militsiya xodimlari qo’lga olishdi. Tergov paytida V. ni magazinga o’g’irlikka kirish niyatida oynani sindirgan deb ayblashdi. Biroq, V.ning ota-onasi unga tegishli bo’lgan meditsina xulosasani olib kelishdi. Unda V psixologik tomondan yetishmovchiligi borligi qayd etilgan edi.
Ayting-chi sud V. ga nisbatan qanday jazo chorasini qo’llashi mumkin?
10-keys: Hech qaerda ishlamaydigan 17 yoshli Bahodir o’g’irlik qilishga ahd qildi. 16 yoshli Muroddan mahalladagi eng boy oilani surishtirdi. Uy egalarining uyda bo’lish-bo’lmasligi haqida batafsil ma’lumot oldi va Murodni quruq qo’ymasligini aytdi. Murod rozi bo’ldi. Bahodir hamtovog’i 16 yoshli Sobir bilan til biriktirdi va o’g’irlik rejasini tuzdi. Reja bo’yicha o’g’irlik shanba kuni kechasi sodir etilishi lozim edi. Bu kuni uy egalari dam olish uchun dala hovliga ketishadi. Rejaga ko’ra Bahodir va Sobir eshikni buzib tilla taqinchoqlar va pullarni o’g’irlashga kelishib oldilar. Murodga esa qorovullik qilib turish vazifasi topshirildi. Murod o’zining jinoyatda ishtirokchiga aylanib qolishini tushunib qoldi va rejalashtirilayotgan o’g’irlik haqida militsiyaga xabar berdi.
Bahodir va Sobir rejalashtirgan ishlarini amalga oshira olmadi. Ular voqea joyida militsiya xodimlari tomonidan qo’lga olindi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra Murod va Sobir qanday jazolanadi?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-keys: 17 yoshli o’quvchilar a va n darsdan qochib, parkka ketishdi. Avtobusda yo’lovchilar kamligidan foydalanib, yumshoq o’rindiqqa ismlarini o’yib yozdi. Shu bilan birga ular tamaki chekib, kulini o’rindiqqa tushirib qo’yishdi
|