1-keys: 17 yoshli o’quvchilar a va n darsdan qochib, parkka ketishdi. Avtobusda yo’lovchilar kamligidan foydalanib, yumshoq o’rindiqqa ismlarini o’yib yozdi. Shu bilan birga ular tamaki chekib, kulini o’rindiqqa tushirib qo’yishdi




Download 12,55 Kb.
bet4/6
Sana07.12.2023
Hajmi12,55 Kb.
#113251
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Keyslar to’plami 1-keys-fayllar.org

15-keys: 16 yoshli Bahodir mahallada tez-tez bezorilik qilib, odamlarning tinchini buza boshladi. Portlovchi o’yin o’ynashi natijasida qo’shni uyning derazasi sinib ketdi. Derazadan uzoq bo’lmagan joyda o’ynab yurgan 8 yoshli bolaning boshiga oyna siniqlari tushib tan jarohati oldi.
Mahalla faollari Bahodirning ustidan sudga ariza berdi. Sud uni qilmishidan pushaymon ekanligi, yetkazilgan zararni to’lashni bo’yniga olganligi uchun jazodan ozod qildi.
Bir yil o’tgandan so’ng u kechki payt ishdan qaytayotgan Umidani sovuq qurol bilan qo’rqitib, tilla taqinchoqlarini yulib oldi. Umida uni sudga berdi.
Bahodirni qanday jazo kutmoqda?


16-keys: Korxona rahbari xodim Alievni ishdan keyin qolib, bir oz unga hujjatlar bilan ishlashda ko’maklashishini iltimos qildi. Aliev garchi mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan bo’lsa-da, rahbarning iltimosini rad eta olmay soat 22:00 ga qadar unga yordamlashdi.
Oradan bir qancha vaqt o’tgach, bu hol yana takrorlandi. Bu gal xodim rahbarga rad javobini berdi. Ammo rahbar uni shu ishni oxirigacha yakunlab bermasa, ishdan bo’shatish bilan tahdid qildi. Rahbar Alievga ertaga ishga kelmasligi va ishdan bo’shashi haqida ariza yozishi kerakligini aytdi. O’z navbatida xodim ham o’zini himoya qila olishini aytib xonadan chiqib ketdi.
Bu vaziyatda kim haq? Mehnat kodeksining hamda MJTQning qaysi bandlari buzilgan?
17-keys: O’rta maktab o’quvchilari B va T sinfdoshlari Sh. ni surunkali ravishda mazax qilib ustidan kulishardi. Bir kuni B va T butun sinf orasida Sh. ni mazax qilib papkasini o’zaro tortib yirtishdi. Ushbu harakatlarga chiday olmagan Sh. sinfdoshi B. ni zinadan tushayotganida itarib yubordi. B. olingan tan jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo’ldi.
Ishtirokchilarning harakatlariga qonuniy baho bering.


18-keys: 16 yoshli B va R poezd yo’li yaqinida istiqomat qilishadi. Ular yo’ldan poezd o’tganda vagonlar oynalarini tosh otib sindirishardi. Shunday kunlardan birida B va R o’tayotgan poezd oynalarini tosh otib sindirishayotganda mahalla uchastka noziri tomonidan ushlandi.
B va R qanday jazoga loyiq?



Download 12,55 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 12,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-keys: 17 yoshli o’quvchilar a va n darsdan qochib, parkka ketishdi. Avtobusda yo’lovchilar kamligidan foydalanib, yumshoq o’rindiqqa ismlarini o’yib yozdi. Shu bilan birga ular tamaki chekib, kulini o’rindiqqa tushirib qo’yishdi

Download 12,55 Kb.