|
Quyidagilarni nazorat qilish Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi
|
bet | 4/8 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 87,83 Kb. | | #114445 |
Bog'liq Ochilboyev Muhammadjon Quyidagilarni nazorat qilish Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi: - Quyidagilarni nazorat qilish Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- ko‘p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlar tozaligini tegishli ravishda saqlash hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, ko‘chmas mulk egalarining binolarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylar ichidagi muhandislik-kommunikatsiyalarni ta’mirlash-tiklash ishlarini tizimli amalga oshirish qoidalariga rioya etish;
- uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solish sohasiga oid me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etishi;
- ko‘chmas mulk egalarining ko‘p xonadonli uylarni kapital ta’mirlash uchun to‘planadigan mablag‘idan maqsadli foydalanish.
- Shuni ta’kidlash kerakki, Farmonda vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘larini, birinchi navbatda, ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, kapital hamda joriy ta’mirlash, maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash hamda boshqa maqsadlarga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmon va qarori amalga oshirilishi: - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmon va qarori amalga oshirilishi:
- birinchidan — uy-joy kommunal xizmatining sifatini tubdan oshirish, maqbul narxlarni ta’minlash uchun uy-joy kommunal sohasini davlat tomonidan boshqarishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
- ikkinchidan — iste’molchilarga sifatli va kafolatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va muhandislik infratuzilma obyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanish borasida samarali hamkorlik uchun respublika va mahalliy darajadagi barcha boshqaruv bo‘g‘inlarining mas’uliyatini oshirish;
|
| |