1. Ko’p tubli pechlarning tuzilishi. Bаrаbаnli pеchlаrning tuzilishi vа qo’llаnilishi




Download 218,73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.05.2024
Hajmi218,73 Kb.
#248405
Bog'liq
KO’P TUBLI, BАRАBАNLI PЕCHLАR, ULАRNING TUZILISHI VА QO’LLАNILISHI.



KO’P TUBLI, BАRАBАNLI PЕCHLАR, ULАRNING TUZILISHI VА 
QO’LLАNILISHI. 
Reja 
1.Ko’p tubli pechlarning tuzilishi. 
2. Bаrаbаnli pеchlаrning tuzilishi vа qo’llаnilishi. 
 
 1. Ko‘p tubli
pech vertikal silindr shaklida bo‘lib, uning diametri 4-8m, 
balandligi bo‘yicha gorizontal tublarga bo‘lingan. Tublar pech markazidan o‘tgan 
po‘lat o‘qqa mahkamlangan bo‘lib, jarayon davomida o‘z o‘qi atrofida aylanma 
harakat qiladi (1- rasm). 
Dastlabki shixta yuqoridagi tubga yuklanadi va pudlarning aylanma harakati 
hisobiga birin - ketin pastda joylashgan pudga tushiriladi. Yoqilg‘i va havo har pud 
qarshisida joylashgan oyna-dan beriladi. 
1 - rasm. Kuydirish va quritish pechlarining sxemasi. 
a-ko‘p tubli pech; b-quvurli aylanma pech; d-aglomeratsion mashina; e-qaynar 
qatlamli pech. 
 
2.
Metallurgiyada eritishga uzatilayotgan ruda, boyitma (konsentrat) va shixta 
tarkibini tashkil etuvchi flyuslar namligini kamaytirish maqsadida uni 110-120°C 
haroratda maxsus pechlarda quritiladi. Bu maqsadda metallurgik zavodlarda quvur 
aylanmali pechlar keng qo‘llaniladi (35-rasm). Pechning asosi metalldan 
tayyorlangan silindr shaklida bo‘lib uzunligi 30m gacha va diametri 1,5-2m ga 
yetadi. Pech gorizontga nisbatan 1-2° burchak ostida o‘rnatiladi va uning aylanish 
tezligi 3-5 ayl/min. ni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida pechdagi quriyotgan 
materialning pech uzunligi bo‘lib harakatlanishini ta’minlaydi. 
Pechning ichki qismi uning aylanasi bo‘yicha 300mm gacha issiqlikni 
o‘tkazmaydigan asbest va issiqlikka chidamli konusli g‘ishtlar bilan qoplangan. 
Pechdagi materialni aralashtirish maqsadida pech ishchi qismining parametri 
bo‘ylab lappaklar mahkamlangan. Pechni isitish qizigan yoqilg‘i gazi yoki tabiiy gaz 


va mazutni yoqish hisobiga amalga oshiriladi. Rangli metallurgiyada quvur 
aylanmali pechlar dastlabki xomashyoni kuydirish va oraliq mahsulotlarini qayta 
ishlashda ham qo‘llaniladi.
2- rasm. Quvur aylanmali quritish pechi. 
1-yoqilg‘i yoqish bo‘limi; 2-pechning asosi; 3–fundament; 4-elektrodvigatel 
va harakatli uzatgich; 5-tayanch g‘altaklari; 6-shixta uchun bunker; 7–shixtani 
taqsimlovchi; 8- o‘tkazgichli kamera; 9- siklonli chang tutgich; 10–11–
transportyor; 12-gaz harakatlanuvchi yo‘lak. 
 
 

Download 218,73 Kb.




Download 218,73 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ko’p tubli pechlarning tuzilishi. Bаrаbаnli pеchlаrning tuzilishi vа qo’llаnilishi

Download 218,73 Kb.
Pdf ko'rish