• Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va omillari.
  • O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)ning rivojlanish tarixi




    Download 35,93 Kb.
    bet8/14
    Sana18.05.2024
    Hajmi35,93 Kb.
    #241992
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    1. Korreksion pedagogika fanining tarmog`i sifatida

    O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)ning rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, ayni vaqtda u o’z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o’zbek xalqi hayoti va turmushiga chuqur singganligi va o’zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O’zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo’lib, ularga rahmdillik, mehribonlik ko’rsatgan.
    Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o’quv muassasalari (ko’zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-internatlar, aqli zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil)ning 23-bandida psixik yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish va davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilishi ta’kidlab o’tilgan.
    XX asrning 60-70 yillarida respublikada korrektsion pedagogika bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo’lida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo’limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi.
    Hozirgi kunda respublika olim defektologlari ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning maktabga moslashishlari uchun yordam ko’rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi muammolarni o’rganmoqdalar.

    Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko’rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning soni ko’p bo’lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda.
    «Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto’g’ri rivojlanishni anglatadi.
    Rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarda jismoniy yoki psixik kamchiliklar (nuqsonlar) bo’ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishlarning sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo bo’lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la yo’qotish, ayrimlarini esa tuzatish, uchinchi xillarining o’rnini to’ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni o’qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi.
    Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikatsiyasi bo’yicha yagona qarash mavjud emas.
    M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlari ko’rsatadilar:
    1. Sensor xislati yetishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko’rish, nutqi qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funktsiyasi buzilgan).
    2. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar.
    3. Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo’lgan bolalar.
    4. Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi).
    5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar).
    6. Psixik kasallikning boshlang’ich ko’rinishi (shizofreniya, epilepsiya, isteriya va boshqalar) namoyon bo’ladigan bolalar.
    O.N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlarga ajratishni taklif etadi:
    1. Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo’lgan bolalar.
    2. Funktsional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo’lgan bolalar.


    Download 35,93 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 35,93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)ning rivojlanish tarixi

    Download 35,93 Kb.