1-labaratoriya ishi mavzu: Shinalar haqida ma’Kompyuter shinasi




Download 116,9 Kb.
Sana09.01.2024
Hajmi116,9 Kb.
#133172
Bog'liq
LABAROTORIYA ISHI


1-LABARATORIYA ISHI
MAVZU: Shinalar haqida ma’Kompyuter shinasi — kompyuter quyi tizimi, kompyuter funktsional birliklari oʻrtasida maʼlumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. Shinalarni odatda oʻtkazgichlarda bir necha qurilmalar ulanishi nuqtasidan, mexanik (jismoniy) elektr va mantiqiy (nazorat)ga ajratish mumkin. Har bir shina, bir aloqa, karta va kabel uchun ulagichga ulanadi, uning majmuyini belgilaydi. Kompyuter shinalari ilk kompyuterlarda (kabellarining toʻplamlar — signal va kuch-quvvat, Ixcham va birga bogʻlangan texnik qulaylik uchun) bir necha ulanishlar bilan parallel elektr tokini oʻtkazish qurilmasi edi.. Zamonaviy kompyuter tizimlarida, bir muddat parallel shinalar kompyuter bir xil mantiq funksiyalarini taʼminlash va har qanday mexanizmlari uchun ishlatiladi.Zamonaviy kompyuterda shina parallel yoki ketma-ket ulanish sifatida ishlatiladi va parallel (Eng. Multidrop) va zanjir (Eng. Daisy zanjir) topologiyasiga boʻlish mumkin. USB va boshqa shinalarda konsentratorlar (xablardan) foydalanish mumkin.Uzatish signallari uchun tezyurar shinalari ayrim turlarida (Fibrin Channel, InfiniBand, tezyurar Ethernet, SDH) elektr ulanishlardan foydalanilmaydi, optik ulanishlar ishlatiladi. Transmission nazorat shina signali orqali (Multipleksorler, demultiplexers, tamponlar, registrlar, shina haydovchisi) amalga oshiriladi va operatsion tizimining yadrosi tomonidan maxsus drayver kerak boʻlad

MAVZU:2 Lokal shina to’g’risida ma’lumot bering
Lokal shinalar Zamonaviy hisoblash tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi: • mikroprotsessorlar (masalan, Pentium MP qiymatlarni 64 razryadli qiymatlar shinasi bo’yicha 528 Mbayt/s tezlik bilan berishi mumkin) va bazi bir tashqi qurilmalar (masalan, yuqori sifatli raqamli to’liq ekranli videoni tasvirlash uchun 22 Mbayt/s o’tkazish qobiliyati kerak bo’ladi) tezkorligining juda ham o’sib ketishi bilan; • ko’p sonli interfeys amallarining bajarilishini talab etuvchi (masalan, WINDOWS da grafikani qayta ishlash dasturlari, multimedia) dasturlarning paydo bo’lishi bilan. Bu sharoitlarda, bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi kengaytirish shinasining o’tkazish qobiliyati foydalakuvchilarning qulay ishlashi uchun etarli bo’lmay qoldi, negaki kompyuterlar uzoq vaqt «o’ylanib qoladigan» bo’lib qoldi. =-22-= Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo’lidan bordilar, bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MP ning taktli chastotasida (lekin uning ichki ishchi chastotasida emas) ishlaydi va MP ga nisbatan ba’zi tashqi tezkor qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va b. bilan aloqani ta’minlaydi. Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI. • VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojixozlar standartlari associaciyasi (VESA — Video Equipment Standards Assotiation) tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko’pincha VESA shinasi deb atashadi. VLB shinasi, moxiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester, multimedia platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki shinasining kengaytmasidir. SHina razryadliligi — 32 bit, yaqin orada shinaning 64- razryadli varianta chiqadi. VLB bo’yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi — 80 Mbayt/s (nazariy erishiladigani — 132 Mbayt/s). Shinaning kamchiliklari: • 80386, 80486 MP lari bilan ishlashga mo’ljallangan, hozircha Pentium, Pentium Pro, Power PC processorlari uchun moslashmagan; • MP ning taktli chastotasiga qattiq bog’liqligi (har bir VLB shinasi faqat aniq bir chastotaga mo’ljallangan); • ulanadigan qurilmalar sonining kamligi — VLB shinasiga faqat 4 ta qurilma ulanishi mumkin; • shina xakamining yo’qligi — ulanadigan qurilmalar o’rtasida ziddiyatlar bo’lishi mumkin. • PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect) 1993 yilda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. PCI shinasi VLB ga qaraganda birmuncha universalroq hisoblanadi, u istalgan MP bilan ishlash uchun mos kelishi mumkin: 80486, Pentium, Pentium Pro, Power PC va b. ; u avtokonfiguraciyalash imkoniyati bilan turli xil konfiguraciyali 10 ta qurilmani ulash imkonini beradi, o’zining «hakamiga», qiymatlarni uzatishni boshqarish vositalariga ega. PCI shinasi hozircha ancha qimmat. =-23-= PCI ning razryadliligi — 32 bit, uni 64 gacha kengaytirish imkoniyati bor, nazariy o’tkazish qobiliyati 132 Mbayt/s, 64 bitli variantda esa — 263 Mbayt/s (2 marta pastroq). PCI shinasi lokal bo’lsa ham kengaytirish shinasining ko’pgina vazifalarini bajaradi, va xususan, ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi bor bo’lganda bevosita MP ga emas (VLB shinasini ishlatilgani kabi), balki PCI shinasining o’ziga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi (u ular bilan mos keladi). Tizimlarning VLB va PCI shinalari bilan konfiguraciyalarning variantlari mos ravishda 38 - va 39 -rasmlarda ko’rsatilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, SHK da VLB va PCI shinalarini faqat mos ravishda VLB yoki PCI-bosh platasi bor bo’lganda ishlatish mumkin. Multishina strukturali bosh platalar ishlab chiqarilmoqda, ular VIP shinali (VLB, ISA va PCI ning bosh harflari bo’yicha) bosh plata deb ataluvchi ISA/EISA, VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi. Ba’zi shinalarning kiyosiy texnik tavsiflari 20-jadvalda keltirilgan.
MAVZU:3 Periferiya qurilmalari qasilar vaularniing vazifalari nimalardan iborat
Periferiya shinalari Periferiya shinalari juda ham xilma-xildir. IDE (Integrated Drive Electronics), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Computer System Interface) lokal shinalari ko’proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi. Hozir keng tarqalgan AT Attachment (ASA) interfeysi, 1988 yilda IBM PC AT SHK foydalanuvchilariga taklifetilib, Integrated Drive Electronics (IDE) nomi ostida keng ma’lum, bitta yig’uvchi sig’imini 504 Mbayt bilan chegaralaydi (bu sig’im «kallak—cilindr—sektor» an’anaviy adreslashning adres kengligi bilan cheklangan: 16 ta kallak x 102 ta cilindr x 63 ta sektor x 512 bayt sektorda q 504 Kbayt q 528482304 bayt) va 5-10 Mbayt/s qiymatlarni uzatish tezligini ta’minlaydi. Kallaklar, cilindrlar va sektorlar bo’yicha ham an’anaviy (lekin kengaytirilgan) adreslashni, ham logik bloklarni (Logic Block Adress LDA) adreslashni ishlatadigan Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE) interfeysi 840 Mbaytgacha disk sig’imini va 16 Mbayt/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi. EIDE ga 4 =-24-= tagacha yig’uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi mumkin. BIOS ning eski versiyalarida EIDE ni qo’llash uchun maxsus drayver kerak. ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’p soni (7 donagacha) va maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan 5—10 marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8 bitli shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va ishchi stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan.
MAVZU:4 Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari
1996 yilda yangi universal ketma-ket shina USB (Universal Serial Bus) paydo bo’ldi, taxminlarga qaraganda u yaqin orada ketma-ket va parallel, klaviatura va sichqoncha portlarini almashtiradi— barcha qurilmalar bitta raz’yomga ulanadi va u ko’p sonli qurilmalarni Plug®Play texnologiyasining engilligi bilan o’rnatish imkonini beradi. Plug@Play texnologiyasi («ula va ishla») «issik» almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni qurilmalarni kompyuterni o’zmasdan va qayta yuklamasdan almashtiradi. Fizik biriktirilgandan so’ng qurilmalar to’g’ri anglanadi va avtomatik konfiguraciyalanadi. SHinaning o’tkazish qobiliyati 12 Mbit/s. Ko’p qurilmalarni: vinchesterlar, videokameralar, yuqori o’tkazish kobiliyatli printerlar va b. yaxshisi SCSI tipidagi interfeyslar va yangi standartlar: Fire Wire — «olovli sim» nomi bilan ma’lum bo’lgan IEEE-1394 va AGP (Accelerated Graphics Port — tezlashtirilgan grafikli porti ) orqali ulagan ma’quldir. Xususan, o’ta tezkor raqamli ketma-ket shina Fire Wire yuqori ishonchlilik va qiymatlarni uzatishning yuqori sifati bilan tavsiflanadi, 400 Mbit/s o’tkazish qobiliyatiga ega, uning bayonnomasi vaqt bo’yicha kritik ma’lumotlarni kafolatli uzatilishini ta’minlaydi, bunda video va audioxabarlarning haqiqiy vaqt o’lchamlarida sezilarli buzulishlarsiz o’tishi taninlanadi. Fire Wire shinasi yordamida Plug@Play texnologiyasi bo’yicha katta miqdordagi va amalda istalgan konfiguraciyadagi turli xil qurilmalarni bir- =-25-= biriga ulash mumkin, bu bilan u oddin aytib o’tilgan SCSI tipidagi qiyin konfiguraciyalanadigan periferiya shinalaridan keskin farq kiladi. Kuchliroq kompyuter tizimlari uchun (lokal tarmoqdar, maynfreylar) yaxshi tanilgan, oson murojaat qilinadigan va unchalik qimmat bo’lmagan 10 Base-T Externet shinasini va 1 Gbit/s o’tkazish qobiliyati bilan ishlaydiganFibre Channel shinasini tavsiya etish mumkin.
Download 116,9 Kb.




Download 116,9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-labaratoriya ishi mavzu: Shinalar haqida ma’Kompyuter shinasi

Download 116,9 Kb.