Laboratoriyada rioya qilinishi lozim bo’lgan xavfsizlik texnikasi qoidalari




Download 28,08 Kb.
bet2/4
Sana29.08.2024
Hajmi28,08 Kb.
#270039
1   2   3   4
Bog'liq
1-laboratoriya ishi (NorK)

Laboratoriyada rioya qilinishi lozim bo’lgan xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Kimyo fanidan kichik amaliyotlarda laboratoriya tajribalari kam miqdor moddalar bilan bajariladigan bo’lgani uchun ko’ngilsiz hodisalar yuz berishi ehtimoli keskin kamayadi.E’tiborsizlik bilan ishlash oqibatidagina kutilmagan hodisalar sodir bo’ladi. Ularning kelib chiqish sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlik otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarni toza yuvmaslik, ularning sinishi, natriy metalliga nam va suv tegishi, sistemada bosim o’zgarganda tutashtiruvchi naychalar orqali suyuqlikning bir idishdan ikkinchi idishga o’tib ketishi va hokazolardan iborat. Ko’ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilish kerak:
Ish bajarish tartibini puxta o’zlashtirmasdan va tajriba o’tkazish uchun asboblarning to’gri yig’ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak.
Organik va noorganik birikmalarni bevosita hidlash, ushlash, taomini tatish mutlaqo mumkin emas.
Zaharli va hidli moddalar bilan bajariladigan tajribalar faqat mo’rili shkafda o’tkazilishi zarur.
Simob bilan ishlaganda juda e'tiyot bo’lish kerak. Tajriba davomida issiqlik ulchagich sinsa yoki simob to’kilsa, uni tezda maxsus usullar bilan yig’ib olish va simob to’kilgan joyga oltingugurt sepish lozim.
Natriy metalini kerosin yoki benzol ostida saqlash, tajribadan ortgan, ishlatilgan qoldiqlarni esa oz-ozdan spirtda eritib, yo’qotish kerak.
Yonuvchan va uchuvchan suyuqliklarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita yoki gaz gorelkasidan uzoqda saqlash kerak. Umuman, qizdirish maqsadlarida usti berk isitgich asboblardan foydalanish lozim. Yong’in chiqqan taqdirda avvalo o’t chiqishga sabab bo’lgan manba (gaz gorelkasi, elektr rozetka va shunga o’xshashlar) o’chiriladi, so’ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanga yoyilib ketish ehtimoli bo’lsa o’t o’chirgichdan foydalnish kerak.
Reaktsiya olib borilayotgan probirka yoki boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish kerak.Qizdirilayotgan idishni og’zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilishi lozim. Kontsentrlangan kislota va ishqorlarni qizdirishda oddiy himoya ko’zoynagi taqib olish zarur.
Brom bilan ishlashda ehtiyot bo’lish kerak, chunki u zaharli va terini kuydiradi. Brom bilan qilinadigan ishlar mo’rili shkafda olib boriladi.
Reaksiya olib borilayotganda moddalar qizdirilayotgan idishlarga engashib qaramaslik kerak.
Konsentrlangan kislotani suyultirish zarur bo’lsa, suvni kislotaga emas, balki kislotani oz-ozdan suvga, idish devori bo’ylab quyish kerak. Kontsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetkalarda o’lchash qatoiy man etiladi, ularni faqat tomizgich yordamida o’lchab olish lozim. Kislotalar saqlanadigan idishlarni, albatta, ehtiyotlik bilan, to’kilmaydigan yoki sachramaydigan qilib ushlash kerak.
Portlovchi aralashmalar hosil qilish xavfi bor gazlar bilan ishlashda reaktivlar nisbatiga alohida e’tibor berish kerak.
Talaba shuni yodda tutishi kerakki, reaktsiya uchun ishlatilayotgan birikmalar kuchli ta’sir etuvchi reagentlardir (konts. kislota, ishqor va hokazo). Ehtiyotsizlik kiyim-kechakni, terini, ko’zni jarohatlashi mumkin.Shuning uchun laboratoriyada nojo’ya harakat qilmaslik, ish stolida faqat zarur buyumlarnigina saqlash kerak.
Tajribalar tugagach, gaz, suv va elektr asboblarini o’chirish kerak. talaba laboratoriyada o’z ish joyini hamma vaqt tartibli va ozoda saqlashi lozim.



Download 28,08 Kb.
1   2   3   4




Download 28,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriyada rioya qilinishi lozim bo’lgan xavfsizlik texnikasi qoidalari

Download 28,08 Kb.