|
1-laboratoriya ishi mavzu: Noоrganik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari. Ishdan maqsad
|
bet | 1/4 | Sana | 29.08.2024 | Hajmi | 28,08 Kb. | | #270039 |
Bog'liq 1-laboratoriya ishi (NorK)
1-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Noоrganik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari.
Ishdan maqsad: Kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari va daftar yuritaish tartibi bilan tanishtirish.
Laboratoriya ishini tashkil etish va ish jurnalini tutish tartibi.
Laboratoriya mashulotlariga talabalar uyda asosiy darsliklar, ma’ruza matnlari va laboratoriya ishlari uchun belgilangan qo’llanmalar asosida tayyorgarlik ko’radilar. Talabalar laboratoriyaga kirishi bilan xalat kiyishi lozim. Ishni boshlashdan avval talabalar o’qituvchiga ish tartibini va lozim bo’lsa, shu ishga oid nazariy bilimlarini gapirib beradilar. Qoniqarli javob bergach, u ayni ish uchun kerakli reaktiv va ji'ozlarning (asbob) aniq nomi hamda miqdori ko’rsatilgan ro’yxatni o’qituvchiga ko’rsatadi.
O’qituvchi ro’yxatni ko’rib chiqib, imzo chekkach, talabalarga ishni bajarishga ruxsat beradi. Talabalar ro’yxatga binoan, ish uchun kerakli reaktiv va jihozlarni (asbob) laborantdan oladi. Ro’yxat ish oxirigacha laborantda saqlanadi va jihozlar (asbob) laborantga topshiriladi. Ish stolida ortiqcha narsalar bo’lmasligi, uning toza yuzasida zarur jihozlargina terilgan bo’lishi kerak. Nihoyat, yana bir marta ish tartibi bilan tanishib chiqilgach, tajribani boshlashga ruxsat beriladi. Laboratoriya jurnali uchun alohida daftar tutiladi.Bu daftar talabalar ishining eng yaxshi ko’rsatkichi bo’ladi.Ish natijalari tajriba davomida bevosita laboratoriya jurnaliga o’z vaqtida qayd qilib borilishi lozim.
Laboratoriya jurnalini yuritish tartibi quyidagicha:
Har bir mashg’ulot yangi betdan boshlab yoziladi. Unda quyidagilar qayd qilinadi:
mashg’ulot o’tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami;
mashg’ulot mavzusi;
ish bajarilayotgan jihozlarning tasviri (sxemasi);
tajribani bajarishning qisqacha bayoni (ushbu bayon kitobdan ko’chiriladi);
reaktsiya tenglamalari;
reaktsiya davomida moddalarda kuzatilgan o’zgarishlar;
asosiy reaktsiyalar mexanizmi;
xulosa.
Tajriba tugagach, foydalanilgan reaktivlarni o’z joyiga qo’yish, shisha idish va asboblarni tozalab yuvib, laborantga topshirish lozim. Foydalanilgan jihozlar ba’zi sabablarga ko’ra tozalanmay qolsa, uni gruppa navbatchisi laborant bilan maxsus joyga yuvib qo’yishi kerak.
|
| |