|
So`rov: create table Players (ID int, fullName varchar(50))
|
bet | 3/6 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 468,3 Kb. | | #153568 |
Bog'liq 101..111So`rov: create table Players (ID int, fullName varchar(50));
Natija:
3.3-rasm. Players nomli jadval yaratilishi
Jadvalni ko‘ramiz:
So`rov: desc Players;
Natija:
3.4-rasm. Yaratilgan Players jadvalini ko‘rinishi.
Jadvalga yangi ―Yoshi nomli satr qo‘shamiz:
Yoshi_varchar(20);_Natija:__3.5-rasm.'>So’rov: Alter table Players add Yoshi varchar(20);
Natija:
3.5-rasm. Players jadvaliga ALTER operatori orqali ustun qo‘shilishi.
Yoshi nomli satrning toifasini o‘zgartiramiz:
So`rov: Alter table Players modify Yoshi int;
Natija:
3.6-rasm. Players jadvalida ALTER operatori orqali mavjud ustun toifasi o`zgartirilishi
Yoshi atributini - Age nomi bilan o‘zgartiramiz:
So`rov: Alter table Players change Yoshi Age int;
Natija:
3.7-rasm. Players jadvalida ALTER operatori orqali mavjud ustun nomini o‘zgartirish
4 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar
Ishdan maqsad: Talabalarda DML komandalaridan foydalanish va shu orqali relyatsion MB da ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.
Masalaning qo‟yilishi: Avvalgi laboratoriya mashg‘ulotida yaratilgan futbol klubining MB ustida amallar bajarish.
Uslubiy ko`rsatmalar:Ma‘lumotlar bazasiga axborotlar qo'shish, yangilash, o'chirish va chiqarib tashlash imkonini beradi, odatda ma‘lumotlami boshqarish tili (DML – Data Manipulation Language) yordamida amalga oshiriladi. Barcha ma‘lumotlarning markazlashtirilgan saqlanishi mavjudligi va ulaming tavsifi ba‘zan so'rovlar tili (querylanguage) deb ataluvchi so'rovlarda tashkil etilgan umumiy uskunasi sifatida DML tilidan foydalanish imkonini beradi. So'rovlar tilining mavjudligi o'ziga xos faylli tizimlarni cheklanishlardan yo'qotish imkoniyatini beradi, unda foydalanuvchilarning fiksirlangan so'rovlar to'plami ustida ish olib borishlari yoki dasturiy ta‘minotni boshqarishda ko'proq murakkab muammolar uchun doimiy ravishda yaratilayotgan dasturlar sonining oshishi nazarda tutiladi.
DML tilining ikki xil turi mavjud - protsedurali va protsedurali bo'lmagan tillar. Ular bir-biridan ma‘lumotlardan ko'chirma olish usullari bilan farqlanadi. Ular o'rtasidagi asosiy farq, protsedurali tillar odatda MB da ketma-ket ravishda axborotlarni qayta ishlaydi, protsedurali bo'lmagan tillar butun yozuvlar to'plamiga birdan operatsiyaga kirishadi.
|
| |