Peydjing aloqa tarmog‘ining tuzilish sxemasi va tarkib




Download 1.22 Mb.
bet14/20
Sana31.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#68078
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
1-deadline kunduzgi

Peydjing aloqa tarmog‘ining tuzilish sxemasi va tarkib. Peydjing aloqa tarmog‘ining tuzilish sxemasi va uskunalar tarkibi 8.2 rasmda keltirilgan.

8.2-rasm. Peydjing tizimining umumiy tuzilish sxemasi va qurilmalar tarkibi.
Peydjing terminali har qanday peydjing sistemasining asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. U axborotlarni yig‘ish tizimidan abonentlar uzatgan xabarlarni qabul qiladi, qabul qilingan peydjing protokoli asosida uzatgichga past chastotali modulyatsiya signalini shakllantiradi va peydjing uzatgichi yoki ularning aloqa kanallari bo‘yicha tizimini boshqaradi. Peydjing terminali 8.3-rasmda ko‘rsatilganidek avtonom va noavtonom ijroda ishlab chiqiladi.



8.3-rasm. Pedjing terminallarining turlari.

Avtonom pedjing terminal uzatkichga past chastotali modulyatsiyalovchi signalni shakllantirib berish uchun abonentlar-bazasiga uzatadi.


Odatda avtonom terminal maxsuslashtirilgan mikro EHM shaklida ishlab chiqiladi, lekin abonentlar soni ko‘paygan sari bunday qurilma juda qimmatga tushadi. Bu esa ishlab chiqaruvchilardan terminal ichida abonentlar bazasini terminal ichida saqlashdan voz kechib, noavtonom terminal ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Noavtonom peydjing terminal o‘zida abonentlar bazasini saqlamaydi va shaxsiy kompyuter bilan birgalikda ishlatiladi. Bunda u ham ichki (kompyuterga qo‘shimcha plata), ham tashqi (kompyuter bilan aloqa kabeli orqali ulanuvchi alohida qurilma) ijroda ishlab chiqariladi. No avtonom peydjing terminal kompyuterdan olingan buyruq asosida uzatgichga past chastotali modulyatsiyalangan signalni shakllantirib beradi.
Noavtonom peydjing terminal bilan birga ishlovchi shaxsiy kompyuter pedjing server, undagi mavjud dasturiy ta’minot esa peydjing serveri dasturiy ta’minoti deb ataladi.
Xabarni uzatish uchun terminal peydjing tizimi uzatgichi bilan birgalikda ishlab, uni boshqargan holda, unga past chastotali modulyatsiyalangan signal berib, xabarni ishchi chastotada uzatadi. Uzatgichning chiqish quvvati va antenna o‘rnatilgan joyning balandligi peydjer abonentlarining xabarlarni qabul qilish ko‘lamini (zona) aniqlaydi.
Peydjing terminal xabarlarini tayyorlash asosiy xizmat vazifalarini ifodalovchi axborotlarni yig‘ish tizimidan jo‘natilgan xabarlarni qabul qiladi.
Qoidaga asosan, bu tizimning birinchi amalga oshiriladigan qismi, bu operatorlar yordamida xabarlarni tayyorlashdagi asosiy hizmat funksiyalarini ta’minlovchi operatorlar ishchi o‘rinlarining lokal tarmog‘idir. U telefon liniyalariga oddiy qo‘ng‘iroqlar tarzida kelib tushuvchi xabarlarni qabul qilish va ularni abonentlarga uzatish uchun peydjing tizimiga kiritishga mo‘ljallangan. Axborotlarni yig‘ish tizimining bu qismi lokal tarmoqqa qo‘shilgan, peydjing serveriga ulangan, dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan peydjing stansiyasi operatorlari ishlaydigan bir nechta shaxsiy kompyuterlar asosida quriladi.
Operatorlar ish joylari qurilmasi unda ishlaydigan dasturiy ta’minot orqali operatorlar yordamida xabarlarni tayyorlash xizmati funksiyasini bajaradi.
Axborotlarni yig‘ish tizimining keyingi qismi operatorlarning ajratib chiqarilgan o‘rinlarlari hisoblanadi. U uzoqlashtirilgan operatorlarga asosiy tizimga kirish imkonini beradi. Ajratib chiqarilgan operator joylari uzoqlashtirilgan kirish dasturiy ta’minoti boshqaruvi bilan ishlaydigan va asosiy tizimga telefon yoki boshqa aloqa kanali orqali ulangan modemli shaxsiy kompyuter asosida tashkil qilinadi. Qoidaga binoan, alohida uzoqlashtirilgan operator joylari asosida tizim bilan oddiy telefon liniyasi orqali modem yordamida ulanadi, u bo‘lmagan holatda esa radiomodemni qo‘llagan holda radiokanal orqali ulanadi.
Ba’zan ajratib chiqarilgan operator joylarining lokal tarmog‘ini yaratishga talab hosil bo‘ladi. Bunday holatda bu tarmoq asosini tizim bilan yuqori tezlikli modemdan foylalangan holda ajratilgan aloqa kanali orqali ulanadi. Shuningdek, ta’kidlash lozimki, ajratib chiqarilgan operator joylari asosiy tizim bilan (danniy) uzatuvchi kompyuter tarmog‘i bilan birgalikda ishlashi mumkin.
Axborotlarni to‘plash tizimida kommunikatsiyali server muhim o‘rin tutadi. U ajratib chiqarilgan operator joylari boshqa peydjing tizimlari va ma’lumotlarini uzatish kompyuter tarmoqlari bilan birgalikda ishlash uchun mo‘ljallangan. Kommunikasion server, bu maxsus kommunikasion dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan yuqori darajadagi aniq shaxsiy ma’lumotni uzatish uchun tayinlangan peydjing serveri bilan birga ishlaydigan qurilmadir.
Peydjing tizimining kommunikasion serveri uzoqlashtirilgan kirish (dostup) xizmat funksiyalarini ta’minlash bo‘yicha mas’uldir. U uzoqlashtirilgan operator joylari qurilmasi bilan birgalikda ajralib chiqarilgan operator joylarining xizmat funksiyasini, ma’lumotlarini uzatish kompyuter tarmog‘i qurilmasi bilan birgalikda esa xabarlarni kompyuterda jo‘natish xizmati funksiyasini ta’minlaydi.
Kommunikatsiyali server aloqa kanallari orqali boshqa peydjing tizimlari bilan birga ishlagan holda rouming xizmat (xabarlarni jo‘natish) funksiyasi ta’minlanadi.
Nihoyat, axboratlarni yig‘ish tizimining yana bir qismi (bo‘lagi) qo‘shimcha servis serveridir. U ovozli pochta bilan birgalikda raqamli va matnli xabarlarni avtomatik jo‘natishga mo‘ljallangan. Qo‘shimcha servis serveri ovozli funksiyaga va maxsus dasturiy ta’minotga ega bulgan yoki bir nechta modemli shaxsiy kompyuterlardan iborat. Modemlarning ovozli funksiyalari uzatilaetgan xabarlarni odamlar uchun odatiy bulgan tovush formasida amalga oshirish uchun zarurdir.
Servis serveri qo‘shimcha qurilma bo‘lib maxsus dasturiy ta’minot yordamida peydjing tizimini tayyorlashda uchta xizmat funksiyani amalga oshiradi; rakamli xabarlarni avtomatik jo‘natish xizmati; formal xabarlarni avtomatik jo‘natish xizmati va ovozli pochta xizmati.
U xabarlarni efirga yoki boshqa peydjing tizimiga jo‘natish uchun peydjing va kommunikatsiya serveri bilan birgalikda ishlaydi.
Shunday kilib;
1. Tizimning peydjing serveri xabarlarni xizmat doirasida uzatishni ta’minlaydi.
2. Kommunikatsiyali server uning tashqi olam bilan, ya’ni boshqa tizimlar bilan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bilan aloqani amalga oshiradi.
3. Qo‘shimcha servis serveri foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun taqdim etiladi.
4. Peydjing tizimining bu uchta serveri barcha xizmatlarning normal ishlashini ta’minlash uchun bir biri bilan jips bog‘lanadi.

Download 1.22 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 1.22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Peydjing aloqa tarmog‘ining tuzilish sxemasi va tarkib

Download 1.22 Mb.