|
I-bob. Tarmoq arxitekturasi
|
bet | 1/45 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 2,49 Mb. | | #154066 |
Bog'liq 1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar
I-BOB. TARMOQ ARXITEKTURASI
1.1.§.Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar
Asosiy tushunchalar Kompyuter tamog‘i (Computer Net. Work, net–tarmoq, va work– ish) – bu kompyuterlar o‘rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir. Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tamog‘i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir. Kompyuter (hisoblash) tamog‘i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to‘plami bo‘lib, u ko‘p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tamog‘i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob’yektdir. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob’yektdir. Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo‘lishlari mumkin va har bir abonent stansiyaga ulanadi. Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo‘lishi kerak. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o‘rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tamog‘ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmoq yig'indisi sifatida ko‘rish imkonini beradi.
Tarmoq arxitekturasi deganda - bu kompyuter tamog‘ini loyihalash va ishlab chiqish jarayoni tushunialadi. Arxitektura tushunchasi tarmoqning fizik tarkibiy qismlarini, ularning funktsional ob’yektlari, konfiguratsiyasini, printsiplari va ishlash tartiblarini va foydalaniladigan aloqa protokollarini aniqlashni ifodalaydi. Shuningdek, tarmoq arxitekturasi aloqa tamog‘i orqali taqdim etiladigan xizmatlar va ularning batafsil tavsiflarini, taqdim etiladigan xizmatlarni hisob-kitob qilish va hisob-kitob tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi deganda kompyuterlarni o‘zaro bog’lanishi, bog’lanish jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar, ularning xususiyalatlari, standartlari, kompyuterlar o‘rtasida vazifalar qanday taqsimlanganligi va boshqa ko‘plab jarayonlar tushuniladi. Tarmoq arxitekturasining eng ko‘p ishlatiladigan ikki turi mavjud: peer-to-peer va mijoz-server. Global miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining o‘zaro bog’lanishi natijasida Internet tamog‘i tashkil topadi. Internet tamog‘ining arxitekturasi, avvalambor, tarmoqdagi tugunlarni yoki tugunlarni ulash uchun ma'lum bir modelda yoki apparat ulanishlarining ma'lum turlarida foydalanishda emas, balki Internet protokollari (TCP/IP) arxitekturasidan foydalanishni ifodalaydi. Shunday qilib har bir texnologiya orqali loyihalashtiriladigan tarmoq o‘zining arxitekturasiga ega bo‘ladi, masalan, OSI, TCP/IP, umumfoydalanish telefon tamog‘i, mobil aloqa tarmoqlari va boshqalari. Ushbu ma’ruzada kompyuter tarmoqlarining arxitekturalari muhokama etiladi.
Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
Tarmoq so‘zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o‘zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o‘zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o‘zaro bog’lanish emas, balki o‘zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart. Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko‘plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o‘sha tizim ichidagi qurilmalar o‘zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsa, turli xil tarmoq arxitekturalari ko‘plab standartlar asosida ishlab chiqiladi, masalan, matnni formati, matni raqamli ko‘rinishga o‘zgartirish, raqamli matnni signal ko‘rinishiga o‘zgartirish yoki aksincha, signalli axborotlarni simsiz muhitda uzatish, qabul qilish jarayonlari ma’lum standartlar asosida ishlab chiqiladi. Tasavvur qiling ikki standart asosida ishlab chiqilgan tizim orasida ma’lumot almashish qanchalar murakkab bo‘ladi. Shuning uchun ham global tarmoqlarni loyihalash va qurish uchun yagona standartdan foydalanish har doim afzal hisoblanadi. Bu huddi ko‘plab millatlarni bitta zalda ingliz tilida gaplashishi qanchalik osonligini ko‘rsatadi. Agar har bir millat o‘zining tilada gaplashsa, ularni tushunish uchun qancha tarjimon kerak bo‘ladi yoki ba’zi tillar uchun tarjimon topilmasligi ham mumki. Shuning uchun ham tarmoqlarni qurishda yagona arxitekturaga asoslanish tarmoqni sodda va kam harajatlar asosida qurish imkoniyatini beradi. Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.
Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.
Kompyuter tarmoqlarida tarmoq elementi - bu bir yoki bir nechta fizik qurilmalarni birlashtirgan holda boshqadigan ob’yekt hisoblanadi. Bu tarqatilgan qurilmalarni bitta boshqaruv tizimidan foydalangan holda yagona usulda boshqarishga imkon beradi. Quyidagi rasmda keltirilgan har bir qurilma tarmoq elementi bo‘ladi oladi. 1996 yildagi Telekommunikatsiyalar to‘g'risidagi qonunga binoan "tarmoq elementi" atamasi telekommunikatsiya xizmatini ko‘rsatishda foydalaniladigan ob’yekt yoki uskunani anglatadi. Bunday atama shuningdek, ushbu ob’yekt yoki uskunalar orqali taqdim etiladigan xususiyatlar, funktsiyalar va imkoniyatlarni, shu jumladan abonent raqamlari, ma'lumotlar bazalari, signalizatsiya tizimlari va hisob-kitob qilish va yig'ish uchun etarli bo‘lgan ma'lumotlarni uzatish, marshrutlash yoki boshqa ta'minotni o‘z ichiga oladi. Tarmoq elementlarning standartlari, ishlash ko‘lami, imkoniyati, tarmoqda foydalaniladigan nuqtasi va boshqa jihatlariga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlarga ajratish va ularni boshqari jarayoni pog’onali arxitekturada amalga oshiriladi. Misol uchun foydalanuvchi yashash manzili qismida foydalaniladigan tarmoq elementlari, magistral linyalarda yoki operator binoasida foylashtiriladigan tarmoq elementlari. Pog’onali arxitektura tushunchasi ham - bu boshqaruv tizimining bir shakli tarmoqning elementlari, protokollari, interfeyslar, qurilmalari ma’lumot bir pog’onaga mantiqan tegishli bo‘ladi Pog’onali daraxtga joylashtirilgan qurilmalar va boshqaruvchi dasturlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Misol uchun harbiy sohada ham bunday struktura ishlatiladi, ya’ni askar va uni boshqaruvi, serjand va uni boshqaruvi, batalyon boshlig’i va uni boshqaruvi va h.k. Har bir boshqaruvda boshqariluvchi va boshqaruvchi bo‘lib, ular ma’lumot vazifalarni bajaradi, shunday qilib tarmoq elementlarini ham o‘zining mantiqiy hududida ma’lum vazifalarni amalga oshiradi.
|
| |