§.Kompyuter tarmoqlarining sinflarga boʻlinishi




Download 2,49 Mb.
bet5/45
Sana10.02.2024
Hajmi2,49 Mb.
#154066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

1.4.§.Kompyuter tarmoqlarining sinflarga boʻlinishi
Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi, Kompyuter tarmoqlari Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuter (ing. computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyu­terlar va axborot ashyolariga bog'liq
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Dastur –
1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi;
2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni;
3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi;
4) teatr, konsertlar.
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARDA ISHLASH ASOSLARI Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter­larni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tamog‘i dir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo'ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tamog‘i da mavjud bo'lgan barcha elektron hujjatlar va ma'lumotlar omborini giperbog'lanishlar yordamida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi. Tarmoqlarning texnik vositalari Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o'tamiz.
Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishla­tiladi).
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko'rini­shiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows — 1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo'lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi. Internet haqida tushuncha Internet— bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqla-rini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tamog‘i r
Internetning paydo bo'lish tarixiga qisqacha to'xtalib o'tayliky 1969-yilda AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Advenced Research Projects Agency, ARPA)ga mamlakatdagi barcha harbiy (ilmiy tadqiqot va o'quv) muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPA Net) harbiy mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko'rsatishga mo'ljallangan edi."
Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foyda­lanish), fayl va xabarlarni elektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga ishonchli, ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishdan chiqqanda ham o'z ish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o'ta chidamli» tarmoq­ni yaratish masalasi qo'yilgan edi. ARPA Net tamog‘i ning rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o'zaro bog'lash, ya'ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. - Bunday standart 1974-yildayaratildi. 1983-yilda esa AQSH Mudofaa vazirligining ARPA Net shoxobchalaridagi barcha mashinalarida ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish haqida buyruq chiqarildi. Bu standartlarni ishlatish uchun esa o'sha paytlarda keng tarqalgan operatsion tizim UNIX operatsion tizimi ishlatildi.
1986-yilga kelib, AQSH Milliy fanlar fondi (National Science Foundation — NSF) tomonidan o'zining oltita superkompyuterli markazini birlashtirish uchun tayanch tarmoq yaratildi. Bu tarmoq juda quvvatli va yuqori sifatli qurilmalar va AQSH Mudo­faa vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga asoslangan edi.
-LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
-CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o‘n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (halqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo‘yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo‘la oladi. Unchalik katta bo‘lmagan alohida tarmoqlar kampus tamog‘i uchun tugun bo‘ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko‘ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo‘lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi bo‘lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tamog‘i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo‘yicha (tarmoq OS):
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tamog‘i);
geterogenli - bir vaqtning o‘zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).Tarmoq servisi
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo‘lishi mumkin. Kompyuter tamog‘i o‘z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo‘lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
-fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
- print - server umumiy holda ko‘pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
-faks – server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Bu go‘yo axborot chiqarishga o‘xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
-elektron pochta (E-mail) - mijozlar o‘rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon huddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o‘z adresiga ega. Uni jo‘natuvchi desak, qabul qiluvchi ham o‘z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo‘ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. Bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o‘zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo‘llaganda, videokonferentsiyalar o‘tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o‘tkazish qobiliyati kuchli bo‘lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish mumkin. Dastlabki EHMlarning yaratilishi davrida, mashhur matematik Jon fon Neyman 1945 yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda universal va maqbul bo‘lishi kerakligini aytib o‘tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman printsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur printsip asosida ishlaydi. Fon Neyman printsipiga ko‘ra kompyuter quydagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi lozim: Boshqarish qurilmasi
Arifmetik- mantiiqiy qurilma. Arifmetik- mantiiqiy qurilma –arifmetik va mantiiqiy amalllarni bajaradi.
Boshqarish qurilmasi-dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha boshqaruv vazifalarini bajaradi.
Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma’lumot yoki dasturlarni o‘zida saqlaydi.
* Tashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi.
Hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkonyatalri hozirgi kunda behisob desak adashmaymiz. Shunday imkonyatlarga Pentium kompyuterlari ham egadir. Bu kompyuter mashxur Inernational Business Mashines Corporation korxonasining mahsulidir. Shaxsiy kompyuterlarning ommalashishida mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi intel va MS DOS, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, XP, MS Word, MS Excel va boshqa amaliy dasturlarni yaratgan, hamda rivojlanayotgan Microsoft firmasining munosib ulushi bor.
Zamonaviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari
Katta kompyuterlar sinifi
Elektron hisoblash mashinalarning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak biz bilamizki EHMlarni yaratilishi va elementli asoslariga ko‘ra kuydagi avlodlarga bo‘linadi:
1-avlod, 1950 -yil: elektron vakuum lampalarda ishlovchi EHM;
2-avlod, 1960 -yil: yarim utkazgachli asboblarda (tranzistorlarda) ishlovchi EHM;
3-avlod, 1970 -yil: kichik va juda yuqori darajali integratsiyasi bo‘lgan yarim utkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHM;
4-avlod, 1980 -yil: katta va o‘ta katta integral sxemalarda ishlovchi EHM;
5-avlod, 1990 -yil: bilimlarni qayta ishlaning samarali tizimlarini qurishga imkon beruvchi, bir qancha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari bo‘lgan EHM; bir paytda o‘nlab izchil buyruqlarni bajaruvchi, paralel-vektorli tuzilmasi bo‘lgan o‘ta murakkab mikroprotsessorlarda ishlovchi EHM;
6- va undan keyingi avlodlar: ommaviy parallelizm va neytron tuzilmali- neytron biologik tizmlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlar ko‘p sonli taqsimlash tamog‘i bo‘lgan optoelektronli EHMlardir.
EHMlarning har bir avlodi oldingisiga qaraganda juda ko‘p muhim xususyatlarga ega jumladan, EHMning ish samaradoligi va barcha yodda tutivchi moslamalr sigimi odatda ortik bo‘ladi.
Vazifasiga ko‘ra EHMlar uch guruhga bo‘linadi: universal, muammoli-yo‘naltiilgan va ixtisoslashgan EHM.
Universal EHMlar turli muhandislik-texnik vazifalar: iqtisodiy, matematik, axboot va boshqa, algoritmlar murakkabligi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash hajmlarining kattaligi bilan ajralib turuvchi vazifalarni hal etish mo‘ljallangan. Ular ommaviy foydalaniladigan hisoblash markazlari va boshqa qudratli hisoblash komplekslarida foydalaniladi. Muammoli-yo‘naltirilgan EHM odatda tenologik ob’yektlarni boshqarish; nisbatan uncha katta bo‘lmagan ma’lumotlar hajmlarini ruyxatdan utkazish, tuplash qayta ishlash nisbatan uncha katta bo‘lmagan algoritmlar hisob-kitobini bajarish bilan bog’liq ancha tor doiradagi vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi; ular universal EHMga nisbatan cheklangan apparat va dasturiy resurslarga ega bo‘ladi. Muammoli-yo‘naltirilgan EHMlar turli-tuman boshqaruv hisoblash komplekslarini misol qilib keltirish mumkin. Ixtisoslashgan EHM tor doiradagi vazifalarni hal etish yoki qat’iy belgilangan guruhdagi vazifalarni amalga oshirishda foydalaniladi. EHMning bunday tor doirada yo‘naltirilishi ular tuzilmasini aniq ixtisoslashtirish, ish faoliyatining yuqori samadorligi va ishonchliligini saqlagan holda ularning murakkabligi va tan narxini ancha kamaytirishga imkon beradi. Ixtisoslashgan EHMlarga, masalan, maxsus vazifali mikroprotsessorlar; ayrim nomurakkab texnik qurilmalr, agregatlar va jarayonlarni boshqarish sohasida mantiqiy vazifalarni bajaruvchi adapter va kontrollerlarni misol qilib keltirish mumkin. EHMlarni hajmi va funktsional imkonyatlariga ko‘ra o‘ta katta (superEHM), katta, kichik, o‘ta kichik (mikro)- EHMlarga bo‘linadi. Dastlab katta EHM paydo bo‘ldi, uning elementli bazasi elektron lampalardan toki juda yuksak integratsiya darajasidagi integral sxemalargacha bo‘lgan yo‘lni bosib utdi.
Katta EHMlar xorijda ko‘pincha meynfermlar (mainframe) deb atashadi kuydagi xususyatga ega bo‘lishi lozim:
ishlab chiqarish samaradorligi 10 MIPS( sekundiga million operatsiya) dan katta bo‘lmagan;
asosiy xotira sigimi 64 dan 10000 Mbaytgacha bo‘lgan;
tashqi xotira hajmi 50 Gbaytdan kam bo‘lmagan;
ko‘p(kishi) foydalanadigan ish rejimi (bir paytning o‘zida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchigv xizmat qiladi).
1970-yillarda kichik EHMlarning paydo bo‘lishiga bir tomondan, elektron element bazasi sohasidagi taraqqiyot, boshqa tamondan katta EHM reurslarining takchilligi tufayli shart-sharoit yaratildi. 1969 yilda kashf etilgan mikroprotsessor(MP) 70-yillarda EHMning yana bir sinfi mikroEHM paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda mikroprotsessorlardan EHM barcha sinflarida foydalanilmokda.
SERVERLAR. EHMlarnig aloxida jadal rivojlanayotgan guruhini hisoblash tarmoqlarida ko‘p foydalanuvchi tomonidan foydalanadigan kompyuterlar serverlar xosil qiladi. Server (Server) - Bu tarmoqning barcha ishchi stantsiyalar surovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan surovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko‘p foydalanuvchili kompyuter bo‘lib, u bu stantsiyalarga umumiy tizim resurslariga (Hisoblash quvvatlariga, ma’lumotlar bazasiga, dasturlar kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va boshqalarga) murojat etish imkonini beradi va Bu resurslarni taqsimlaydi. Server o‘zining tarmoqli operatsion tizimiga ega bulib, tarmoq barcha buginlarining ishi uning boshqaruvi ostida o‘tadi. Serverga qo‘yiladigan eng muhim talablar ichida yuqori ish unumdorligini va ishonchligini ajratib utish lozim.
Ishchi stantsiyalarga tarmoq resurslarini taqdim etishdan tashqari, serverning uzi ham mijozlarning surovlari bo‘yicha ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlashni bajarish mumkin-bunday serverni ko‘pincha qo‘shimcha(ilovali) server deb atashadi. Server tarmoqda ko‘pincha ixtisosslashtiriladi. Ixtiso‘slashgan serverlar ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar arxivini yaratish va boshqarish, ko‘p adresli faksimal aloqa va elektron pochtani qo‘llash, ko‘p foydalanuvchili terminlarni (printerlar, plotterlarni va boshqalar) boshqarish bo‘yicha tarmoq ishidagi eng zaif joylarni bartaraf etish uchun ishlatiladi.-Superkompyuterlar. Superkompyuterlar (EHM) sekundiga 100 milliondan 10 millardgacha operatsiyani tezkor bajaruvchi qudratli ko‘p protsessorli hisoblash mashinasidir. Superkompyuterning 2000 yildagi namunaviy modeli, ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagii xusuyatlarga ega buishi lozim:
Taxminan 100000 MSLOPS (erkin vergul ustida sekundiga million operatsiya) tezlikda ishlovchi yuqori paralel ko‘p protsessorli hisoblash tizimi;
Sigimi: operativ xotira 10 Gbayt, diskli xotira 1-10 Tbayt (1Tbayt-1000 Gbayt);
Razryadlik 64; 128 bit.
Hozir dunyoda bir necha ming superEHM mavjud. Ular orasida oddiy ofisli Cray EL dan to qudratli Cray 3,4,5, Fujistsu(yaponiya) firmasining VP- 2000, Simenis(Germaniya) firmasisining VPP-500 va boshqa ko‘plab superEHMlari bor
Kichik kompyuterlar sinifi Shaxsiy kompyuterlar (ShK)- hammaboplik va qo‘llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi bir kishi foydalanadigan mikroEHMlardir.
Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universal qo‘llash talablarini kondirish uchun quyidagii xususyatlarga ega bo‘lishi lozim:
indivudal haridor uchun mos keladigan narxlarda;
atrof muxit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;
tuzilishi boshqarirish,fan, ta’lim, turmush sohalarida kullanishlarga moslashuvchanligi;
foydalinuvchilarning maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi operattsion tizmlar va boshqa dasturiy ta’minotlar dustligi;
Ishlashning yuqori darajada ishonchligi ( 5000 soatdan ortik buzilmasdan ishlashi);
Shaxsiy kompyuterlarni bir kator belgilariga karab tavsiflanishi mumkin. Avlodlarga karab ShK kuydagilarga bo‘linadi:
1-avlod ShK-8 bitli mikroprotsessorlardan foydalaniladi;
2-avlod ShK-16 bitli mikroprotsessorlardan foydalaniladi;
3-avlod ShK-32 bitli mikroprotsessorlardan foydalaniladi;
4-avlod ShK-86 bitli mikroprotsessorlardan foydalaniladi;
Protativ kompyuterlar
Protativ kompyuterlar eng qudratli va yirik qo‘shma shaxsiy kompyuterlardir. Ular ko‘pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va ogzaki tilda qo‘shmanchi deb ataladi. Ularning xusuyatlari qo‘shmas ShKlar ishchi stantsiyalar xususiyatiga uxshashdir: kuchli mikroprotsessorli, ko‘pincha RISC turidagi, 300 MGts.gacha bo‘lgan taktli chastotali, 64 Mbaytgacha sigimdagi operativ xotirali, gigabaytli diskli jamgaruvchilarga ega, 4 Mbayt kadar videoxotirali tez harakatlanuvchi interfeys va qudratli videoadapterlari bo‘lgan kompyuterlardir.
Mohiyatiga ko‘ra ular tarmoqdan ta’minlovchi oddiy ishchi stantsiyalar, biroq tashqi qobig’i (korpusi) ko‘tarib yurish uchun kulay qilib tayyorlangan va boshqa qo‘shma ShKlar kabi VGA sinflaridan yuqori bo‘lmagan yassi suyuk kristalli videomonitoriga ega. Ular odatada modemlarga ega va hisoblash tamog‘i da ishlash uchun aloqa kanallarga tezkor ulanishi mumkin.
Bir xil qo‘shma kompyuterlar ayniksa multemidia vositalari mavjud bo‘lganda joylarda borib foydalanish samarali, biroq qo‘shmas variantini ish stolini tejab, muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin.
"Lap Top"tipidagi protativ(tizmaband) kompyuterlar "diplomat" hajmdagi kichik chemodonlar kurinishida tayyorlanadi, ularning ogirligi odatda 5-10 kg atrofida bo‘ladi.
Kompyuter tarmoqlarining turlari: mahalliy, mintaqaviy, global.
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo‘ladi. Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tamog‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.Kompyuter tamog‘i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir. Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:
1. Global tarmoqlar.
2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit'alarda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo‘ladi. Misol: biror korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin.Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.Shuning uchun, bittadan ko‘p kompyuterga ega bo‘lgan firmalar o‘z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim bo‘ladi.Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo‘lini aniqlash jarayonidir.Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli bo‘yicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat kiladi.
Ma'muriyat tizimlari—tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommo‘tatsiya kilish vazifasini bajaradi.
Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko‘p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tamog‘idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini o‘zi "tarmoqlar orasida" ma'nosini bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Kompyuterning mahalliy tarmoqqa ulashning 3 turi mavjud.
1. Halqasimon.
2. Shinali.
3. Yo‘lduzsimon.
Halqasimon bog'lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo‘yicha bog'langan bo‘ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo‘ladi. Axborot halqa bo‘yicha kompyuterdan kompyuterga o‘tadi.
Shinali bog'lanishda esa ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo‘yicha har ikki tomonga uzatiladi.
Yo‘lduzsimon bog'lanishda markaziy kompyuter mavjud bo‘lib, unga qolgan barcha kompyuterlar bog'langan bo‘ladi.
Axborot texnologiyasi shu jumladan kompyuterlar keng qo‘llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko‘rib chiqamiz.
1. Biznes sohasi - biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
• mijoz haqida ma'lumotlar ro‘yxatini saqlash va u bilanishlashda.
2. Bank sohasi-yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma'lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to‘lash imkoniyatini yaratish.
• mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish;
• kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo‘lga qo‘yish.
3. Robototexnika sohasida. Kompyuter asri boshlanishi bilan inson og'ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo‘ldi. Ular odam qiyofasida bo‘lmasa ham ko‘plab funktsiyalarni bajara oladilar. Misol: UZDAEWOO avto O‘zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo‘llanilmoqda.
4. Marketing sohasi. Marketingda eng asosiy bozorni haridorlar talab ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o‘rganish va ishlab chiqarishni shuning asosida qurish, ikkinchi tomondan esa mavjud talab va ehtiyojga faol ta'sir ko‘rsatish haridorlarni muayyan omillarga bo‘lgan talablarni shakllantirishdan iborat.
5. Ishlab chiqarish sohasida. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo‘llanilib kelinmoqda. Kompyuterlar ko‘pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib omborlarga jo‘natiladi.

Download 2,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 2,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§.Kompyuter tarmoqlarining sinflarga boʻlinishi

Download 2,49 Mb.