|
Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalyutsiyasi. Kompyuter tarmoqlarining asosiy protokollari
|
bet | 1/37 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #144960 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlari” fanidan Mustaqil Ish-1-fayllar.org
Mavzu
Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalyutsiyasi.
|
Kompyuter tarmoqlarining asosiy protokollari.
|
Tarmoq ilova va texnologiyalarining umumiy tushunchalari.
|
Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari.
|
Tarmoq arxitekturalari.
|
Kompyuter tarmoqlarning asosiy elementlari.
|
Pog’onali arxitektura tushunchasi, pog’onali arxitektura protokollari.
|
OSI modeli.
|
OSI pog’onasi, vazifalari, asosiy protokollari.
|
OSI pog’onalarning o’zaro ishlashi jarayonlari va xizmatlari.
|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalutsiyasi
Reja:
Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha
Tarmoqlarning texnik vositalari
Kompyuter tarmoqlarining sinflari
Kompyuter tarmoqlari tarixi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarsiz tasavvur qilib bulmaydi. Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir, Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional mintaqa tarmoqlar.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan,
shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
|
| |