§. Kompyuter tarmoqlarining maqsadi




Download 2,49 Mb.
bet4/45
Sana10.02.2024
Hajmi2,49 Mb.
#154066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

1.3.§. Kompyuter tarmoqlarining maqsadi
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidan ma'lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi. XX asrning 90yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasawur qilish qiyin. Hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug'ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko‘radi va pirovardida o‘zida avtomatlashtirish uchun kerak bo‘ladigan texnik jihozlarni harid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o‘rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildanyilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi. XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning har bir a'zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, axborotlashti­rish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta'lim to‘g'risida»gi Qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so‘nggi 5—6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzuniyatga aylanganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar desak mubolag'a bo‘lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko‘ramiz. Ya'ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashqil etadi. Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma'lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog'liq faoliyat sohalari tashqil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko‘proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalarigachiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisobkitoblari tizimlari misol bo‘ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat.Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashti­rish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo‘ladi. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fantexnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish — inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog'liq obyektiv jarayon hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz halqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o‘sishi hamda fantexnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin:
1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.
3. Tashqiliy jqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
4. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish.
5. Ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Har qanday fan borliqning ba'zi tushunchalarini umumlashgan, birbiriga bog'langan holda o‘rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shartsharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o‘rganadi. Fizikani o‘qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o‘zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashqil etadi. Nag ikkala holda ham materialni o‘zlashtirishda malum darajadagi axborotlar majmui o‘quvchilar ongiga yetkaziladi. Bilim olishda, ya'ni ma'lum turdagi axborotlarni o‘zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko‘rinishda ifodalanishidan qat'i nazar, uni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o‘qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an'anaviy) tizimga nisbatan o‘quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o‘stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani o‘quv jarayonining subyektiga aylantiradi.Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta'limtarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo‘ladi:
muayyan predmetlarni o‘qitishda kompyuter darslari;
kompyuter darslari — ko‘rgazmali material sifatida;
talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashqillashtirishda;
talabalarning ilmiy izlanishlarini tashqillashtirishda;
•talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g'ri tashqil qilish masalalarini hal etishda.
Ma'lumotlar resurslaridan umumiy foydalanish.
Elektron kutubxonaning milliy resurslari, axborot-kutubxona resurslari, shuningdek, jahon axborot resurslari asosida shakllantirishning eng samarali yollaridan biri bu AKMlarning korporativ hamkorligi hisoblanadi. Kompyuterlashgan kutubxonadan virtual kutubxonagacha bolgan turli xil turdagi, turli darajadagi kutubxonalar ortasida operativ ravishda malumotlar almashishni yolga qoyish murakkab jarayonlardan biridir. Bu axborot va dasturiy moslashgan, avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarini intensiv joriy qilish, elektron-kutubxonalarni shakllantirish AKMlarning korporativ tamog‘i ni rivojlantishga asos boladi. Axborot-kutubxona muassasalarining korporativ tamog‘i bu boshqaruv-iqtisodiy nuqtayi nazardan mustaqil bolgan AKMlarining foydalanuvchilarga axborot kutubxona xizmati korsatishda sifat va son jihatdan yangi xizmat turlarini joriy etishdagi birlashuvidir.Korporativ tarmoq ilmiy-talimiy va ilmiytexnik axborotlarni tarmoqlarda, jumladan, axborot-kutubxona muassasalari tamog‘i da shakllantirish, moddiy va insoniy resurslarni iqtisod qilishda muhim hisoblanadi. AKMlarni korporativ tamog‘i ni birlashuvida korporativ kataloglashtirish tizimini yaratish muhim omillaridan biridir. Korporativ kataloglashtirish – bu bir qancha tashkilotlarga (kutubxona, ARM, AKM) kelayotgan yangi hujjatlarning elektron kataloglarini shakllantirish va ulardan foydalanishni amalga oshirishdagi tashkilotlarning birga olib borayotgan ish faoliyatidir. Korporativ kataloglashtirishning quyidagi asosiy qonun-qoidalarini korsatish mumkin:
1 Dasturiy axborot mosligi
2 O‘z xohishiga kora a`zo bo‘lish
3 Texnik tayyorliki
4 Tashkiliy tayyorliki
5 Kadrlar tayyorgarligi
Dasturiy axborot mosligi shuni angalatadiki, korporativ kataloglashtirish ishtirokchilari bibliografik axborotni taqdim etishning formatlariga (MARC kelisha oladigan) mos holda yagona dasturiy axborot asosga ega bolish lozimligini anglatadi. O‘z xohishiga ko‘ra azo bolish prinsipi, shuni taqozo etadiki, korporativ kataloglashtirish ishtirokchilari mazkur loyihaga ixtiyoriy kutubxonalar va foydalanuvchilar uchun hamkorlikning afzalliklarini tushungan holda kirishlari nazarda tutiladi. Texnik tayyorligi - bu barcha ishtirokchilar lokal hamda kommunikativ vazifalarni bajarish uchun zarur bolgan texnikaga ega bolishi. Korporativ katalogizatsiya tizimida yagona ikki darajali tarmoq texnologiyalari axborot resurslarini taqdim etish va tashqi resurslardan foydalanishga imkon yaratishi lozim.
Tashkiliy tayyorligi. AKM va ARMlarning tashkiliy tuzilishi malumotlar bazasini shakllantirish borasidagi barcha vazifalarni hal etishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, mazkur loyihani amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi bolimlar (masalan, kataloglashtirish, avtomatlashtirish va boshqalar) tayyor holatga keltirilishi lozim.
Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya’ni bir bit axborot uzatilgandan so‘nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‘ladigandek ko‘rinadi, aslida juda ko‘p sarf bo‘ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi masofa katta bo‘lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 8, 16 yoki 32 ta kabellarni o‘tkazishga qaraganda, bir dona kabelni o‘tkazish ancha oson. Ta’mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat’i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar soniga teng bo‘ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‘p bo‘lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda ko‘pincha axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi. Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga mo‘ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo‘lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o‘tayotgan signallar o‘rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo‘yicha siljish hosil bo‘ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo‘lganda vaqt bo‘yicha siljish 5-10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunlikdagi farqi 1-2 metr bo‘lganda hosil bo‘ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo‘lganda esa, bu kattalik 0,1 - 0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba’zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2 - 4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzoif kabel ishlatish mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin. Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‘lish mumkin:
o‘ralgan juft simli kabel (витая пара—twisted pair), ular himoyalangan, ya’ni ekranlashtiriladi (экранированные -shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya’ni ekranlashtirilmagan (неэкранированные , unshielded twisted pair, UTP);
koaksial kabellar (coaxial cable);
shisha tolali kabellar (оптолоконные кабели – fiber optic).
Kabelning har bir turi o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bo‘lgan barcha korxona standartlarining o‘rniga, 1995-yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.

Download 2,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 2,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Kompyuter tarmoqlarining maqsadi

Download 2,49 Mb.