• Kurs ishi Reja: Boshlang‘ich sinflarda "Fe’l" so‘z turkumini o‘rgatishda ahamiyatli jihatlarini o‘rganish.
  • Boshlang‘ich talim
  • Boshlang‘ich sinflarda "Fe’l" so‘z turkumini o‘rgatishda ahamiyatli jihatlarini o‘rganish




    Download 6,83 Mb.
    bet1/3
    Sana30.05.2024
    Hajmi6,83 Mb.
    #257430
      1   2   3
    Bog'liq
    Atom kurs ishi slayd


    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim, Fan va innovatsialar vazirligi
    Ajiniyoz nomidagi NDPIning Ellikqal’a pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Rozmamatova Mexrinisoning Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan “ 1-2-sinflarda "Fe’l " so‘z turkumini o‘rganish” mavzusida tayyorlagan
    Kurs ishi
    Reja:
    Boshlang‘ich sinflarda "Fe’l" so‘z turkumini o‘rgatishda ahamiyatli jihatlarini o‘rganish.
    1
    Boshlang‘ich sinflarda “Fe’l” so‘z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslari
    2
    Boshlang‘ich sinflarda "Fe’l " so‘z turkumini o‘rgatish metodikasini 1-2-sinflar kesimida o‘rganish.
    3
    Tanlangan mavzuning dolzarbligi– Ushbu kurs ishida Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanidan "Mustaqil so‘zlar" turkumiga kiruvchi, eng asosiy turkum hisoblangan "Fe'l" so‘z turkumini o‘rgatish metodikasi hamda "Fe'l" so'z turkumini 1,2-sinflarda qanday o‘rgatish kabi bir qator muhim jihatlarga e'tibor qaratilgan. Undan tashqari, ushbu mavzu doirasida muammoli ta’limni qo’llash tajribalari ham atroflicha yoritilib o‘tiladi. Hozirgi zamonda ta'limni rivojlantirish davr talabi hisoblanadi. Bu haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining nutqida shunday degan:" “Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”
    Boshlang‘ich ta'lim
    Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda
    kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
    Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
    1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
    2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
    1-2 sinflarda fe’l turkumini o‘rganish. Fe’l ustida izchillik bilimlar orasidagi bog‘lanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda o‘rganish usullari va vositalari shu so‘z turkumini o‘rganish vazifasi. Uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. «Fe’l» mavzusini o‘rganishda asosiy vazifalar: so‘z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish , o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og‘zaki va yozma nutqda fe’ldan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish, o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim orfografik qoidalarni o‘zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bog‘liq holda hal etiladi.
    添加标题
    Quyidagi 1-sinf yangi darsligida Fe'l so‘z turkumini aniq va sodda uslubda tushuntirish uchun qiziqarli mashq berilgan. Mashqda o‘quvchilar nuqtalar o‘rniga mos Fe'llarni qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Bu mashq bolalar uchun ham qiziqarli ham tushunarli mashg‘ulot hisoblanadi.
    Mashqni bajaring!
    2-sinfda fe’l ustida ishlash; Bu bosqichning asosiy vazifasi «fe’l - so‘z turkumi» degan tushunchani shakllantirish, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarning ma’nosi va farqlash ko‘niqmasini xosil qilish, bo‘lishsizlik qo‘shimchasining talaffuzi va imlosini o‘rgatish hisoblanadi. Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o‘quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o‘qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlavchi, ya’ni bolalarning o‘zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishi so‘raydi, suhbat o‘tkazadi. Suhbatda «o‘qituvchi nima o‘qidi? o‘quvchilar nima qildilar? Hozir o‘qituvchi nima qilyapti? o‘quvchilar nima qilyaptilar? Endi o‘quvchilar nima qiladilar? o‘qituvchi nima qiladi?» kabi savollardan ham foydalanadi.

    Download 6,83 Mb.
      1   2   3




    Download 6,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich sinflarda "Fe’l" so‘z turkumini o‘rgatishda ahamiyatli jihatlarini o‘rganish

    Download 6,83 Mb.