MUNDARIJA
Kirish
1-bob.Fonetika bo’limini o’rganishning ahamiyati
1-fasl.Maktabda fonetika bo’limini o’qitishning maqsad va
vazifalari
2-fasl.Fonetikani o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish
2-bob.
Kirish
Bugungi kunda yurtimizda tilni asrash, uni takomillashtirish va o’qitish masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. Shu bilan birga til ta’limiga doir turli interfaol usullar amaliyotda keng qo’llanilyapti va yangilari yaratilmoqda. Har qanday tilning asosini uning tovushlar tizimi ya’ni fonetikasi tashkil qiladi. Xorijiy tillarni o’qitishga doir ilmiy adabiyotlarda fonetikaga, xususan, talaffuzga alohida e’tibor beriladi va ta’lim jarayonida fonetikaga oid mashqlardan unumli foydalaniladi.Darsliklardagi mashq turlari o’quvchida to’g’ri talaffuz ko’nikmalarining rivojlanishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarning til o‘qitish metodikasida gapirish (speaking), yozish (writing) kabi mashg‘ulotlar, asosan, mashqqa tayanadi, mashq va topshiriq aniq farqlanadi, o‘z o‘rnida ishlatiladi. Su sababli ularning til o‘rganish kompetentligi yuqoridir. Shuningdek, PISA, PIRLS kabi xalqaro baholash tizimlari orqali dunyoning ko‘plab davlatlarida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi aniqlanmoqda. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga turli pedagogik texnologiyalar tatbiq qilinmoqda. Biroq ona tili ta’limida shunday mavzular bo’ladiki, ularni o’qitishda didaktik o’yinlardan ko’ra amaliy ishlash orqali kerakli natijalarga erishish mumkin. Aytish joizki, talaffuzning imloga va aksincha yozuvning og’zaki nutqqa ta’siri bo’lishi tabiiy. XXI asrda texnika qanchalik rivojlanishiga qaramasdan, baribir, yozma nutq o’z o’rnini yo’qotgani yo’q. Shu o’rinda tan olishimiz kerak, o’quvchilar nutqida imloviy xatolar ko’plab uchrab kelmoqda va bu albatta fonetikaning o’qitilishi va talaffuzi bilan bogliq.
Ona tili ta’limiga qo‘yilgan muhim talablardan biri o‘quvchilarni o‘z fikrlarini bayon qilish faoliyatiga tayyorlashdir. Fikr esa faqat til yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun har bir kishi undan foydalanishni bilishi zarur. Ona tili o‘qitishni foydali maqsadlarga bo‘ysundirish, har bir o‘rganiladigan grammatik tushuncha, ma’lumot, ta’rif va qoidalarning og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishga yordamini nazarda tutishni, amaliy tilshunoslikka e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan yana bir muhim talab o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdir. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, til sathlarini o‘qitishda duch kelinadigan asosiy muammolar: to‘g‘ri talaffuz, imloviy savodxonlik, zarur so‘z boyligi, til vositalaridan unumli foydalanish malakasi va albatta, mustaqil yoki ijodiy fikrlash ko‘nikmalaridir. Sanab o‘tilganlarning deyarli hammasi bilan o‘quvchilarni qurollantirish, asosan, tilning fonetika bo‘limi zimmasidadir. Dastlabki kuzatishlar mazkur bo‘limning o‘rta maktablarda o‘qitilishi kutilgan natijalarni bermayotganligini ko‘rsatmoqda. Buning sababi bilan qiziqqanimizda biri o‘qituvchi, ikkinchisi fan bo‘yicha darsliklardan o‘rin olgan ayrim o‘quv materiallari bo‘lib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, boshqa bo‘limlarga qaraganda fonetika bo‘limi o‘quvchilarda zerikish uyg‘otmoqda. Buni o‘qituvchilar bilan bo‘lgan suhbatlar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov-anketalar tasdiqlaydi. Umumta’lim maktablarida dars berayotgan aksariyat ona tili o‘qituvchilari, afsuski, bugungi ona tili ta’limi maqsadi nimaligini, xususan, fonetika o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad nima ekanligini, davlat va jamiyatning ona tili ta’limi oldiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi nima ekanligi haqida aniq tasavvurga ega emasligi muammoning manbasini ko‘rsatib turibdi. Tan olish kerakki, tadrisan va mazmunan yangi, zamon ruhiga mos darslik, qo‘llanmalar chop etilib, amaliyotda o‘z samarasini bermoqda. Biroq yagona darslik bilan muammoni hal qilib bo‘lmaydi. Ba’zan darsliklarda uchraydigan kamchiliklarni to‘ldirishga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Aynan fonetika mavzusini o‘qitishda darslikda berilgan o‘quv materiallari zarur ko‘nikma va malakalarni o‘quvchiga berishda yetarli bo‘lmayotgani kuzatishlar jarayonida ma’lum bo‘ldi. Birgina talaffuz masalasini oldigan bo‘lsak, Respublikamizning turli hududlari bilan bog‘liq turli tovushlarning talaffuzida muammolar uchraydiki, uni bartaraf qilish uchun darslikdagi ikkita yoki uchta mashq kamlik qiladi. Bu borada davlatimiz Prezidenti til madaniyatini oshirish borasida hali ko‘p ishlar qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarurligini, ayniqsa, ba’zi rasmiy muoqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishini, bu masalaning hali-hanuz dolzarb bo‘lib qolayotganligini qat’iy ta’kidlaydilar. Mazkur masalaning yechimi ham albatta, maktab bilan, ona tili, xususan fonetika o‘qitish bilan bevosita bog‘liqdir. Fonetika o‘qitishni davlat va jamiyat, qolaversa, zamon talabi darajasiga ko‘tarish uchun, avvalo, darslik va qo‘llanmalarning mazmun mundarijasini, ulardagi o‘quv materiallarini tahlil qilib, bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirib, ona tili 4 darsliklari tarixini o‘rganish asnosida to‘plangan boy tajribalarga asoslanib, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etgan asl darsliklar avlodini yaratish zarur. Fanning maqsad va vazifalari Demokratik jamiyat qurishning eng muhim masalalaridan biri insonn
Fonetika tilshunoslikning bir bo’limi bolib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bolishi, turlari, o’zgarishi, urg’u, bo’g’in, ohang kabilar o’rganiladi.
Fonologiya so’zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). Bu bo’limda tovushlarning so’z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo’limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo’lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o’rganiladi.
Tovush va fonema
Tovush bilan fonemani o’zaro farqlash zarur.
Tovush nutqning fonetik jihatdan bo’linmaydigan eng kichik birligidir, u ma’no ifodalamaydi, lekin har qanday so’z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma’lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma’nodagi so’zlar hosil qilinadi. So’zlar tovush tarkibiga ko’ra turlicha bo’ladi.
1. Bir tovush bilan farq qiladigan so’zlar: ot – ol, ol – oq, oq - osh, osh – ov, ov – oz, oz – on, on – or, or – os, os – och, och – og, og - ox; oz – oz, oz – iz, iz – uz, uz – ez, davlat – savlat, adip – adib kabi.
2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko’ra farq qiladigan so’zlar. Masalan: qoy – yoq (birinchi soz tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so’zning oxirida qo’llanadi.)
3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so’zlar: o’lka – yo’lka, et-bet, sava – savat, tana – tashna, taxt – taxta, o’roq – so’roq kabi.
Demak, so’zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to’rt va hokazo miqdordagi tovushlarning tartiblashishidan hosil bo’ladi.
Fonema so’z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turidir. Masalan: bal - bel –bil –bol – bo’l so’zlari tarkibidagi a, e(e), i, o, o tovushlari so’z ma’nolarini belgilash (ajratish)ga xizmat qiluvchi fonemalardir: bor, dor, zor, kor, nor, tor, xor, chor, qor so`zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch, q) ham shunday vazifa bajargan.
Fonemalarning uch belgisi bor:
1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artikulyatsiyasi (aytilishi yoki talaffuzi). 3. Ma’no farqlashi (ba’zi darsliklarda “lingvistik tomoni” deyiladi).
Bular ichida fonemaning ma’no ajratish belgisi muhim hisoblanadi. Aks holda tovush fonema sanalmaydi.
Fonetik akustika
Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo
oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o’pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo’ladigan ovoz va nutq organlarida hosil bo’ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari akustikasida quyidagilar farqlanadi:
1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko’ra har xil chiqishidir: un paychalari ko’p tebransa, tovush baland bo’1ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o’tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) 1 sm 2 maydondan 1 sekundda o’tadigan energiya miqdoridir”. Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog’liq: tebranish kengligi katta bo’lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo’lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo’ladi. Tovushlarning tembri og’iz bo’shlig’i va burun bo’shlig’ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bolishiga bog’liq.
4. Tovushning cho’ziqlik darajasi uchun paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o’lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho’ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo’ladi.
Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi.
Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi:
1. Nafas apparati: o’pka, bronxlar (bir juft), nafas yo’li (traxeya).
2. Bo’g’iz bo’shlig’ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog’aylar hamda un paychalari joylashgan.
3. Og’iz bo’shlig’ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan.
4. Burun bo’shlig’i.
5. Markaziy nerv sistemasi.
Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a’zosining vazifasi xususida to’xtalib o’tamiz.
O’pka inson organizmini kislorod bilan ta’minlovchi a’zo ekanligi hammaga ma’lum. Nutq a’zosi sifatida esa o’pka nutq tovushlarining hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan havo oqimini yetkazib beradi, ya’ni inson nafas olganida o’pka va undagi bronxlar havoga to’ladi va bu havo oqimi tashqariga qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi. Havo oqimi nafas yo’li orqali bo’g’izga tomon harakatlanadi. Bo’g’izdagi cho’michsimon, uzuksimon, shoxsimon, halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog’aylar un paychalarini ushlab turuvchi a’zolardir. Un paychalari esa ovoz manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o’xshab havo urilishi natijasida ovoz chiqaradi (simyog’ochga tortilgan simlarning shamol kelib urilishi natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko’z oldingizga keltiring). Og’iz bo’shlig’i tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a’zodir. Til juda ko’p tovushlarni hosil qilishda ishtirok etadigan a’zodir. Tilning turlicha harakati va holati natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo’ladi. Kichik til ham ayrim tovushlarning (q, g, x) hosil bo’lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi, cho’chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida turli tovushlar hosil bo’ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan sirg’alib chiqishi natijasida hosil bo’ladi. M, n, ng tovushlari hosil bo’lishida havo oqimining bir qismi burun bo’shligi orqali o’tib, tashqariga chiqadi. Markaziy nerv sistemasi nutq a’zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita boshqarib turadi.
Ana shu tariqa har bir nutq a’zosining tovushlarni hosil qilishda o’z vazifasi bor.
O’zbek tilining fonetik vositalari
So’z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg’u, ohang (intonatsiya) kiradi. So’z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida fikr yuritildi. Lug’at tarkibidagi barcha so’zlar, grammatik shakllar ana shu fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. Ayrim hollarda o’xshash bo’lgan (omonim) so’zlarning ma’no va grammatik shakllarini farqlashda urg’u (leksik urg’u) fonetik vosita bo’lishi mumkin. Masalan: olma (predmet, mevaning bir turi), olma (harakat, olmoq fe’lining bo’lishsiz shakli, -ma qo’shimchasini ajratish mumkin); akademik (predmet, ot), akademik (belgi, sifat); gullar (ot, “ko’p gul” ma’nosida), gullar ( fe’l, “gullamoq”).
Gapning maqsadga ko’ra turini ajratishda esa intonatsiya (ohang) fonetik vosita bo’lishi mumkin. Masalan:Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so`roq gap).
|