• 4.Eksperimental (instrumental) fonetika
  • 1-bob. Fonetika bo’limini o’rganishning ahamiyati 1-fasl. Maktabda fonetika bo’limini o’qitishning maqsad va




    Download 56,27 Kb.
    bet5/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi56,27 Kb.
    #235304
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Nafosat kurs ishi

    3.Qiyosiy fonetika. Fonetikaning bu turi qardosh tillarning (masalan, o`zbek, qozoq, qirg`iz, turkman va boshqa turkiy tillarning) fonetik tizimidagi umumiy va xususiy jihatlarni aniqlash imkonini beradi.
    O`zbek va rus tillari fonetikasini qiyosan o`rganish rus maktablarida o`zbek tilini, o`zbek maktablarida esa rus tilini o`qitish uslubiyatini takomillashtirish nuqtai nazaridan, shuningdek, o`zbek-rus bilingvizmi (ikki tilliligi) masalalarini, bunday bilingvizmning har ikkala til strukturasi va sistemasiga ta’sirini aniqlash pozitsiyasidan foydalidir.
    4.Eksperimental (instrumental) fonetika. Fonetikaning bu turida nutq tovushlarining fizik-akustik va artikulyatsion jihatlari maxsus asboblar (pnevmograf, ossilograf, fonograf, spektrograf va boshqalar) yordamida tadqiq qilinadi, shu asosda tovushlarning sifat va miqdor belgilari (balandligi, kuchi, tembri, spektri, cho`ziqlik darajasi), ularning artikulyatsiyasi (hosil bo`lish o`rni, usuli) aniqlanadi. Bunday tadqiqot natijalaridan fonetik birliklarning fonologik jihatlarini tavsiflashda foydalaniladi.
    1. Fonetika tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib yunoncha so’zdan olingan fone- tovush, tika- quti yani tovushlar qutisi ma’nisini ifodalaydi. 2. Og’zaki nutqning tovushlar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga fonetika deyiladi. 3. Bu bo’limda nutq tovushlari ularning tasnifi, bo’g’in, urg’u, fonetik hodisalar va ularning turlari o’rganiladi.

    NUTQ TOVUSHLARI HAQIDA MA’LUMOT


    1. Ma’lumki tovushlar 2 xil bo’ladi: a) tabiiy tovushlari b) inson nutq tovushlari


    2. Tabiatdagi insondan tashqari paydo bo’lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar deyiladi.
    3. Inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda talaffuz qilingan tovushlar esa nutq tovushlari deyiladi.
    4. Og’zaki nutqning eng kichik boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan qismiga nutq tovushlari deyiladi.
    5. Nutq tovushlarining 3 tomoni mavjud. a) Akustik tomoni- bunda tovushning balandligi, tezligi, miqdori, kuchi, tembri tushuniladiFizika fani bilan bog’liq b) Talaffuz tomoni- bu Fiziologiya bilan bog’liq c) Vazifaviy tomoni- bu Tilshunoslik bilan aloqador. Shuning uchun lingvistik belgi deb ham nomlanadi.
    6. Nutq tovushining asosiy vazifasi so’z ma’nolarini farqlashdir. M-n: qarz-qars - bunda ma’no farqlash uchun jarangli va jarangsiz undoshlar xizmat qilyapti
    7. Nutq tovushlari o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida ma’lum bir to’siqqa uchrash uchramasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi. a) unli tovushlar b) undosh tovushlar Unli va Undosh tovushlarga xos xususiyat. 1. Unli tovushlar talaffuz qilinganda o’pkadan chiqayotgan havo hech qanday to’siqqa uchramaydi. Undosh tovushlarni talaffuz qilganda esa havo og’iz bo’shlig’ida yoki bo’g’izda ma’lum bir to’siqqa uchraydi. 2. Unli tovushlarni talaffuz qilganda tovush(un) paychalari ishtirok etadi ya’ni taranglashadi, tebranadi. Undosh tovushlarda tovush paychalari ishtirok etishi ham, etmasligi ham mumkin. 3. Unli tovushlar sof un ya’ni ovozdan iborat bo’ladi, ularda shovqin bo’lmaydi. Undosh tovushlarda esa ovoz va shovqindan yoki faqat shovqindan iborat bo’ladi. 4. Unli tovushlar urg’u qabul qilish xususiyatiga ega. Undosh tovushlar urg’u qabul qilmaydi. 5. Unli tovushlar bog’in hosil qilishda asosiy rol o’ynaydi. Undosh tovushlar bo’g’in hosil qilishda asosiy rol o’ynamaydi, faqat ishtirok etadi xolos.6. Unli tovushlar cho’zuluvchanlik va musiqaviylik xususiyatiga ega. Undosh tovushlar ega emas.
    1. Hozirgi o’zbek tilida unli tovushlar 6 ta ya’ni: a, o, e, o’, i, u
    2. Alifbomizda unlilarni ifodalash uchun 6 ta unli harf mavjud.
    3. Unli tovushlar tilshunoslikda 3 tomonlama tasnif qilinadi. a) tilning gorizontal holatiga ko’ra b) tilning verikal holatiga ko’ra c) lablarning ishtirokiga ko’ra I. TILNING GORIZONTAL(YOTIQ) HOLATIGA KO’RA UNLILAR TASNIFI
    1. Unli tovushlar tilning gorizontal holatiga ko’ra 2 xil bo’ladi a) til oldi b) til orqa 2. Til oldi unlilarini talaffuz qilganda tilning old qismi ko’proq harakatda bo’ladi.Til tishlarga yaqinlashadi.- i, e, a
    3. Til orqa unlilari talaffuz qilganda esa aksincha til tishdan uzoqlashib nisbatan orqaga tortiladi.-u, o’, o
    II. TILNING VERTIKAL(TIK) HARAKATIGA KO’RA UNLILAR TASNIFI
    1. Unli tovushlar tilning vertical ya’ni tik harakatiga ko’ra yoki og’izning ochilish darajasiga ko’ra 3 ga bo’linadi: a) yuqori ko’tarilish yoki tor unlilar- i, u b) o’rta ko’tarilish yoki o’rta keng unlilar- e, o’ c) quyi ko’tarilish yoki keng unlilar- a, o
    2. Tor unlilarni talaffuz qilganda til yuqoriga ko’tarilib tanglayga yaqinlashadi og’iz tor ochiladi.
    3. Keng unlilarni talaffuz qilganda esa aksincha til tanglaydan uzoqlashib pastga tushadi, og’iz keng ochiladi.
    III. LABLARNING ISHTIROKIGA KO’RA UNLILAR TASNIFI
    1. Unli tovushlar lablarning ishtirkiga ko’ra 2 ga bo’linadi. a) lablangan- u, o’, (o) b) lablanmagan- i, e, a
    2. Bu jihatdan o unlisi oraliq holatda qoladi.
    3. Lablangan unlilarni talaffuz qilganda lablar oldinga cho’ziladi, chochayadi, doira shakliga kiradi.
    4. Lablanmagan unlilarni talaffuz qilganda esa bunday holat yuzbermaydi. Unli tovushlarga tasnif i- til oldi, yuqori tor, lablanmagan e- til oldi, o’rta keng, lablanmagan a- til oldi, quyi keng, lablanmagan u- til orqa, yuqori tor, lablangan o'- til orqa, o’rta keng, lablangan o - til orqa, quyi keng, lablangan I U Yuqori-tor unlilar E O’ O’rta- o’rta keng unlilar A (O) Quyi-keng unlilar lablanmagan , til oldi lablangan, til orqa.
    UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI

    1. Hozirgi o’zbek adabiy tilida undosh tovushlar soni 23 ta deb ko’rsatiladi. (ammo bunda portlovchi j va sirg’aluvchi j(dj) tovushlarining alohida-alohida ekanligi inobatga olinmagan


    2. Alifbomizda undosh tovushlarni ifodalash uchun 23 ta harf mavjud.
    3. Undosh tovushlar tilshunoslikda quyidagicha tasnif qilinadi. a) paydo bo’lish o’rniga ko’ra b) paydo bo’lish usuliga ko’ra c) tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra d) ovozning miqdoriga ko’ra
    I. Paydo bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar tasnifi
    1. Undosh tovushlar paydo bo’lish o’rniga ko’ra 3 ga bo’linadi a) lab undoshlari-b,m,p,v,f b) til undoshlari-d,t,z,s,j,sh,dj,ch,n,l,r -y- g,k,ng- q,g’,x c) bog’iz undoshlari-h
    2. Talaffuzda lab ishtirok etgan undoshlarga lab undoshlari deyiladi.
    3. Lab undoshlari o’z ichida 2 ga bo’linadi. a) lab-lab undoshlari- b,m,p b) lab tish undoshlari- v,f
    4. v undoshi asosan lab-tish tovush hisoblanadi – voqea, vaqt avtobus, passiv, aktiv Ayrim so’zlarda esa lab-lab talaffuz qilinishi mumkin- ov, haydov, saylov, o’quvchi, ravshan
    5. f undoshi olinma(o’zlashma) so’zlarda uchraydi va lab- tish talaffuz qilinadi.- tafakkur, farq, furqat, fil. Sanoqli o’zbekcha so’zlarda lab-lab talaffuz qilinadi- uf, tuf, puf, ufla, pufla
    6. Tilning tish yoki tanglayga tegishidan hosil bo’lgan tovushlar til undoshlari deyiladi
    7. Til undoshlari tilning qaysi qismi harakatiga ko’ra o’z ichida 4 ga bo’linadi. a) til oldi undoshlari-d,t,z,s,j,sh,dj,ch,n,l,r b) til o’rta undoshlari – y c) til orqa ( sayoz til orqa)- g,k,ng d) chuqur til orqa undoshlari- q, g’, x
    8. O’pkadan chiqayotgan havoning bo’g’izda qisilishidan hosil bo’lgan tovushga bo’g’iz undoshi deyiladi.- h
    9. Undosh tovushlarning ushbu tasnifini qaysi nutq a’zolari ishtirok etishiga ko’ra deb ham berilishi mumkin.

    II. Paydo bo’lish usuliga ko’ra undoshlar tasnifi


    1. Undoshlar paydo bo’lish( aytilish) usuliga ko’ra 2 ga bo’linadi. a) portlovchi undoshlar b) sirg’aluvchi undoshlar


    2. Portlovchi undoshlarni talaffuz qilganda nutq a’zolari bir-biriga jipslashadi va havo oqimi ularning orasidan portlab o’tadi.-b,m,p---d,t,j,ch,n---g,k,ng---q
    3. Sirg’aluvchi undoshlarni talaffuz qilganda nutq a’zolari bir-biriga yaqinlashadi va havo oqimi ular orasidan sirg’alib o’tadi.-v,f---z,s,dj,sh,l,r,y---g’,x
    4. ayrim undosh tovushlar paydo bo’lish usuliga ko’ra alohida xususiyatga ega bo’ladi. -m,n,ng- burun tovushlari bo’lib bularni talaffuz qilganda havo oqimining bir qismi burun bo’shlig’I orqali o’tadi. l- yon tovush bo’lib uni talaffuz qilganda havo oqimi tilning ikki yonidan baravar siqg’alib o’tadi. -r- titroq tovushi bo’lib uni talaffuz qilganda havo oqimi tasirida tilning uchi titraydi. -j, ch-qorishiq portlovchilar yoki afrikatlar bo’lib bular asli ikki tovushning qo’shilishidan hosil bo’lgan ya’ni d+j=j , t+sh=ch

    III. Tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra undoshlar tasnifi





    1. Undosh tovushlar tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi Tasnif 1 2 3 4 5 6 7 8 Jufti yo’qlari a) jarangli ovoz+shovqin b v g d dj j z g’ m, n, ng, l, r,y- jarangsiz jufti yo’q b) jarangsiz shovqin+0 p f k t sh ch s x(q) q(x),h- jarangli jufti yo’q.

    IV. Ovozning miqdoriga ko’ra undoshlar tasnifi


    1. Undosh tovushlar ovozning miqdoriga ko’ra(ovoz ishtirokiga ko’ra) 2 ga bo’linadi. a) sonorlar – m,n,ng,l,r -ovoz > shovqin b) shovqinlilar-b,p,v,f d,t,z,s,j,sh,dj,ch, -y- g,k- q,g’,x h ovoz < shovqin


    2. Shovqinlilar o’z ichida 2 ga bo’linadi a) jarangli shovqinlilar-b,v,g,d,dj,j,z,g’,y b) jarangsiz shovqinlilar-f,p,k,t,sh,ch,s,q,h,x
    3. jarangli shovqinlilarda shovqin ovozdan ustun bo’ladi.
    4. jarangsiz shovqinlilar faqat shovqindan iborat bo’ladi.

    BO’G’IN



    1. Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi.
    2. Bo’g’in adabiyotshunoslikda hijo deb ataladi.
    3. Bazan sheriyatda bo’g’in va hijo bir-biriga teng kelmasligi mumkin. Aziz asrimizning aziz onlari- 11 ta bo’g’in 11 ta hijo Aziz odamlardan so’raydi qadrin- 11 ta bo’g’in 11 ta hijo Fursat g’animatdir shox satrlarla- 10 ta bo’g’in 11 ta hijo Bezamoq chog’idir umrdaftarin-10 ta bo’g’in 11 ta hijo Bunda satr va umr so’zlari bittadan bo’g’in ammo 2 ta hijo sataladi.
    4. Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat a) Yozuvda bir satrda sig’may qolgan so’zlar keying satrga bo’g’in asosida ko’chiriladi. b) Boshlang’ich sinflarda savod o’rgatish bo’g’in asosida bo’ladi. c) Adabiyotshunoslikda vaznlarni o’rganish uchun ham bo’g’inni bilish kerak.
    5. O’zbek tilida so’zlar bir bo’g’inli yoki ko’p bo’g’inli bo’lishi mumkin.
    -bor, kel, - bir bo’g’inli, ishla, o’qi-2 bo’g’inli -aytolmaganliklaringizdandirda-11 ta bo’g’in
    6. Bo’g’inga ajratish va bo’gin ko’chirish tushunchalarini farqlashimiz kerak.
    7. Bo’g’in va uning turlari fonetika bo’limida o’rganiladi. Bo’g’in ko’chirish qoidalari esa orfografiya bo’limida o’rganiladi.
    8. Bo’g’inga ajratiladigan ayrim so’zlar bo’g’in ko’chirilmasligi mumkin. M-n: a-ka, u-ka, qal-a kabi so’zlar bo’g’inga ajratiladi ammo satrdan satrgako’chirilmaydi. 9. So’zning bo’g’inlarga ajratilishi bilan o;zak va qo’shimchalarga ajratilishi boshqa-boshqa hodisalardir. M-n: go’shtni, bargga kabi so’zlarga bo’g’inga ajratish bilan o’zak va qo’shimchalarga ajratish teng keladi. Ammo go’shti va bargi kabi so’zlarda esa bo’g’inga ajratish bilan o’zak va qo’shimchalarga ajratish teng emas. Bo’gimning tasnifi I. Qanday tovush bilan tugashiga ko’ra bo’g’in 2 ga bo’linadi. a) ochiq bo’g’in- unli tovush bilan tugagan bo’g’in o-i-la, ko’-cha-da, i-bo-ra b) yopiq bo’g’in- undosh tovush bilan bilan tugagan bo’g’in mak-tab, o’t-kir, qop-chiq 1. Shuningdek so’zlarda ochiq va yopiq bo’g’inlar aralash holatda qo’llanishi mumkin. Paxta, sar-ta-rosh-xo-na, tax-ta 2. Bo’g’in oxirida tutuq belgisining qo’llanishi axamiyatga ega emas, undan oldingi tovushga qarab bo’g’inning ochiq yoki yopiq ekanligi aniqlanadi. Sa’va, ma’no, a’lo-ochiq bo’g’in; sur’at, juz’iy, tal’at-yopiq bo’g’in II. Tarkibiga ko’ra bo’g’in asosan 5 turga bo’linadi. a) bir unlidan iborat bo’g’in- a-ka, o-i-la b) bir unli va bir undoshdan iborat bo’g’in- bu, ma-na, ol c) bir unli va ikki undoshdan iborat bo’g’in- men, mak-tab, bug’-doy, ost d) bir unli va uch undoshdan iborat bo’g’in- to’rt, stol, do’st e) bir unli va to’rt undoshdan iborat bo’g’in- sport, grand, spirt(faqat ruscha so’zlarda) Ba’zan yuqoridagilardan tashqari istisno holatlar ham bo’lishi mumkin-sprayt III. Urg’uga munosabatiga ko’ra bo’g’in 2 ga bo’linadi. a) urg’uli bo’g’in b) urg’usiz bo’g’in - res-pub-li-ka- 2- bo’g’in urg’uli qolgani urg’usiz bo’g’in Eslatma: Ayrim darsliklarda qanday tovush bilan boshlanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi. a) berkitilmagan bo’g’in- unli tovush bilan boshlanuvchi bo’g’in b) berkitilgan bo’g’in- undosh tovush bilan boshlanuvchi bo’g’in o-i-la-miz- bunda 1,2-bo’g’in berkitilmagan; 3,4-bo’g’in berkitilgan URG’U 1. So’zdagi bo’g’inlardan birining yoki gapdagi so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishi urg’u deyiladi. 2. Urg’uning 2 asosiy ko’rinishi bor a) so’z urg’usi “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich b) gap urg’usi 3. So’z urg’usi so’zdagi bo’g’inlardan biriga tushadi, leksik urg’u deb ham nomlanadi, va fonetika bo’limida o’rganiladi. 4. Gap urg’usi gapdagi so’zlardan biriga tushadi, gap urg’usi-ma’no urg’usi, mantiqiy urg’u, logic urg’u,frazaviy urg’u deb ham nomlanadi, va sintaksisda o’rganiladi. 5. Yozma nutqda gap urg’usini olgan so’z odatda kesmdan oldin joylashadi. 6. Urg’u yordamida nutq ko’rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo’ladi uni zeriktirmaydi 7. O’zbek tilida urg’u so’zning tarkibida boshqa so’zlardan ajratish hamda so’zning fonetik tarkibini ayushturish vazifasini bajaradi. So’z urg’usi haqida ma’lumot 1. So’zdagi bo’g’inlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishiga so’z urg’usi, leksik urg’u deyiladi. 2. Leksik urg’uning shartli belgisi- (‘) 3. Leksik urg’u o’z tabiatiga ko’ra 2 xil bo’ladi. a) erkin urg’u b) turg’un urg’u(bog’liq urg’u) 4. Erkin urg’u so’zning ma’lum bir bo’g’ini bilan bog’liq bo’lmaydi har xil bo’g’inga tushadi. Rus tillidagi urg’u erkin urg’u sanaladi.- a’tom, brashu’ra, vodoprovo’d, propaga’nda 5. Turg’un urg’u so’zning ma’lum bir bo’g’ini bilan bog’liq bo’ladi.-o’zbek tilidagi urg’u turg’un urg’u sanaladi chunki asosan so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’z urg’usiga xos xususiyatlar 1.O’zbek tilida leksik urg’uga xos bo’lgan asosiy xuxusiyatlardan biri shundaki urg’u ko’pincha so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. M: Kelajak, o’quvchi, yumaloq Ammo urg’u hamma vaqt ham oxirgi bo’g’inga tushavermaydi, M: oppoq, barcha, allakim 2.O’zbek tilida leksik urg’uga xos bo’lgan yana bir xususiyat urg’uning ko’chuvchanligidir, ya’ni so’zga qo’shimcha qo’shilishi bilan urg’u ham keying bo’g’inga ko’chadi. M: Paxta`, paxtako`r, paxtakorlarmi` Ammo urg’uning ko’chuvchanlik xususiyati hamma vaqt ham saqlanavermaydi, chunki tilimizda urg’u qabul qilmaydigan qo’shimchalar ham mavjud. M: Yigirma`, yigirma`ta, yigirma`tacha 3.O’zbek tilida leksik urg’u ba’zan ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. M: Fi`zik (shaxs oti) - fizi`k (sifat, frazeologik) Atla`s (mato) – a`tlas (xarita) Ho`zir (payt ravishi) – hozi`r (tayyor, shay) To`rtma (fe’l) – tortma` (ot) Yangi` (sifat) – ya`ngi (payt ravishi) Toza` (sifat) – to`za (daraja miqdor ravishi) Eti`k (ot, oyoq kiyim) – e`tik (sifat) Banda` (inson) – ba `nda (to’da guruh) “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich a)bularning omonim so’zlar yoki omograflar (ya’ni yozolishi bir xil aytilishi farq qiladigan so’zlar deb nomlash mumkin) b)ba’zan paronim so’zlarda ham ma’no farqlash uchun xizmat qilishi mumkin. M: A`mir (farmon) – ami`r (hukumdor), A`zm (qaror) – Azi`m (katta), a`hl (aholi) – ahi`l (inoq), A`dl (adolat) - Adi`l (tik) AYRIM SO’ZLARNING URG’USIGA XOS XUSUSIYATLAR 1.Bir bo’ginli so’zlarda urg’u odatda bo’lmaydi, chunki urg’u bo’lishi uchun bir bo’g’in boshqalarga nisbattan kuchliroq ohang bilan aytilish kerak, ammo qator undosh bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlarda urg’u bo’ladi. M: A`sr – asi`r, A`zm – Azi`m kabi so’zlarda urg’u boladi, chunki talaffuzda qator undoshlar orasida qisqa unli orttirilishi mumkin. 2.Fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi. M: Qizi`l – qi`p-qizil, yumalo`q – yu`m-yumaloq 3.Alla, har, hech elementlari bilan hosil bo’lgan olmosh va ravishlarda ham urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi. M: a`llakim, a`llamahal, he`ch vaqt, he`ch kim, ha`r qachon, ha`r vaqt 4.Qo’shma so’zlar odatda bitta bosh urg’uga ega bo’ladi. M: Kattaqo’rg’o`n, kungaboqa`r, ertapisha`r 5.Juft va takroriy so’zlarda esa har bir component o’zining alohida urg’usiga ega bo’ladi. M: qozo`n-tovo`q, qovu`n-tarvu`z, bala`nd-bala`nd URG’U QABUL QILMAYDIGAN QO’SHIMCHALAR 1.-ma bo’lishsizlik qo’shimchasi urgu qabul qilmaydi. M: bo`rma, ishla`ma, o’qi`ma 2.Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi –ta, -tacha qo’shimchalari urg’u olmaydi. M: o’`nta, be`shtacha 3.O’xshatish ma’nosini bildiruvchi -dek, -day, -cha qo’shimchalari ham urg’u qabul qilmaydi. M: shamo`ldek, se`nday, yigi`tcha 4.-man, -san, -miz, -siz, (-dir) – shaxs son qo’shimchalari va bog’lamalar ham urg’u qabul qilmaydi. M: o’qi`yman, o’quvchi`man, o’qi`ysan, o’quvchi`san, boyli`kdir. Shaxs son qo’shimchalari fe’lning munosobat shakllari, chunki fe’l asosiga qo’shilyapti. Affiks bog’lamalar ismlarni kesmga xoslovchi shakllar, ismlarning munosabat shakllari hisoblanadi, chunki ism asosiga qo’shilyapti. 5. Afiks yuklamalari ya’ni –ma, -chi, -oq,-yoq,-a, -ya –u, -yu, -ku,-da, -gina, -dir kabilar ham urg’u olmaydi. M: o’qidi`ngmi, se`n-chi, o’qiga`n-ku 6. Rus tili ta’sirida tilimizga kirib kelgan. –ov,-ova, -yev,-yeva, -ovna, -vich kabi shakllar ham urg’u qabul qilmaydi. Raxi`mov, Raxi`mova, Raxi`movna 7. Sof ko’makchilar ham urg’u qabul qilmaydi. M: se`n bilan, opa`m uchun, me`n kabi bunda urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Se’n-la,se’nila ESLATMA: “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich - larcha qo’shimchasi so’z yasovchi va sonning lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalari hisoblanadi. Bu qo’shimcha urg’u qabul qiladi ammo urg’u qo’shimchaning birinchi bo’g’inida bo’ladi. M: qahramonla`rcha, o’rtoqla`rcha-so’z yasovchilar, yuzla`rcha, mingla`rcha-lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha OMONIM QO’SHIMCHALAR VA URG’U Ma’lumki shakli aytilishi va yozilishi bir xil ammo ma’nolari har xil bo’lgan birliklar omonimlar sanaladi. Tilimizda shunday omonim qo’shimchalar borki ular urg’u olish olmaslik xususiyati bilan farqlanadi. Jumladan: 1. – ma: a) felning bo’lishsizlik shaklini hosil qilganda urg’u qabul qilmaydi- kitob varaqlarini qatla`ma b) ot yasovchi yoki sifat yasovchi qo’shimcha bo’lganda urg’u qabul qiladi- oq undan qatlama` 2. – cha: a) o’xshatish ma’nosini ifodalaganda va daraja miqdor ravishlarini hosil qilganda urg’u qabul qilmaydi.- bu odam eskicha fikrlaydi- holat ravishini yasayapti b) kichraytirish shakli va so’z yasovchi qo’shimcha bo’lganda urg’u qabul qiladi.-uni oqlash uchun tirnoqcha` asos yo’q.- daraja miqdor ravishi yasayapti yoki: qu`shcha-(qush kabi ma’nolarida kelganda –cha urg’usiz qo’shimcha sanaladi) qushcha`-(kichkina qush ma’nosida kelyapti) 3.-miz: a) afiks bog’lama hamda shaxs son qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qilmaydio’quvchi`miz, o’qiymiz, yozuvchi`miz b) egalik qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qiladi.- opami`z, onami`z, yozuvchimi`z 4.-siz: a) afiks bog’lama hamda shaxs son qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qilmaydio’quvchi`siz, o’qiysiz, yozuvchi`siz, - Siz dunyodagi eng mehribon insonsiz(afiks bog’lama) b) inkor shakli va sifat yasovchi qo’shimcha bo’lgandaurg’u qabul qiladi.-Insonsi`z jamiyat bo’lmaydi. 5.-chi,-oq,-a,-da,-gina: a) afiks yuklama bo’lganda urg’u qabul qilmaydi b) – chi, -oq,-a so’z yasovchi qo’shimcha bo’lganda- urg’u oladi - da o’rin payt kelishigi shakli bo’lganda-urg’u oladi-Onaning ko’ngli bolada`;Bola bola`- da - gina erkalash, kichraytirish shakli bo’lganda- urg’u oladi-Bolagina`, bola`-gina 6.-lar: a) ko’plik shaklini hosil qilganda urg’u qabul qiladi -ko’zla`r inson qalbining oynasidir.gul+la`r-ot b) -la fe’l yasovchi va +r safatdosh shakli bo’lganda urg’u qabul qilmaydi. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich -chin inson birovga yaxshilik ko’`zlar.gu`l+la+r-felning sifatdosh shakli 7. –laring: a) felning II shaxs ko’plik sondagi buyruq maylini hosil qilganda hurmatsizlik ma’nosi ifodalanadi va urg’u qabul qilmaydi. - qo’`ylaring b) Ot so’z turkumiga – lar ko’plik shakli + ing egalik shakli qo’shilganda esa urg’u qabul qiladi. -qo’ylari`ng ESLATMA: 1. Rus tili ta’sirida paydo bo’lgan so’zlar tarkibida -ik elementi uchraydi bunda: a) –ik bilan tugagan so’zlar sifat turkumiga mansub bo’lsa urg’u oxirgi bo’g’inda bo’ladi. - akademi`k soat, texni`k b) –ik ot so’z turkumiga mansub bo’lsa oxiridan oldingi bo’g’inga tushadi. –akade`mik Pavlov ta’limoti o’z ahamiyatini yo’qotgan, te`xnik 2. Ba’zan o’zak shaklidagi so’z bilan ma’lum bir qo’shimchalarni olgan so’z o’zaro omonim bo’lishi hamda urg’u olish olmasligi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin.-olma`-ot, o`lmafe’l FONETIK HODISALAR 1. Nutq jarayonida turli fonetik hodisalar(tovush o’zgarishalri) yuz berishi mumkin. 2. Fonetik hodisalar unli tovushlarga ham, undosh tovushlarga ham taluqlidir. 3. Fonetik hodisalar asosan talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli yuzaga keladi. -oq+gach = oqqach- bunda chuqur til orqa undoshi til orqa undoshiga o’tishi qiyinligi uchun ikkala undosh ham chuqur til orqa talaffuz qilinadi. Yoki stakan, stol kabi ruscha o’zlashma so’zlarda so’z boshida qator undosh kelyapti o’zbek tili uchun bunday holat xos emas shuning uchun talaffuda unli tovush ortiriladi. So’z oxirida go’sht,baxt, daraxt, barg kabi qator udosh qo’llangan so’zlar asosan fors-tojik tilidan o’zlashgan talaffuzda qator undoshlarning biri saqlanadi ikkinchisi tushib qoladi. 4. Fonetik hodisalar ko’proq og’zaki nutq talaffuz bilan bog’liq jarayon hisoblanadi. Yozuvda aks etmaydi. -ilm-----ilim: (tovush ortishi) -artist---arts: (tovush tushishi) -Tohir---Toyir ( tovush almashinishi)- bu kabi fonetik hodisalar yozuvda aks etmaydi. 5.Ba’zan so’zga qo’shimcha qo’shilganda ayrim tovush o’zgarishlari yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin. -u+ga= unga (tovush ortishi) -ko’ngil+im=ko’nglim(tovush tushishi) -eshik+ga= eshikka (tovush almashinishi) 6. Yozuvda aks etadigan bunday tovush o’zgarishlari adabiy mayor sanaladi. Past+ay=pasayAdabiy mayor “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 7. Fonetik hodisalar tovush almashinishi, tushishi, ortishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. I. TOVUSH ORTISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR 1. Tallaffuzda ayrim so’zlar tarkibida tovush ortish hodisasi yuz berishi mumkin. a) so’z boshida tovush ortishi m-n. rus-urus, stol-ustal, ro’za-o’raza, stakan-istakan b) so’z o’rtasida tovush ortishi m-n. rais-rayis, qoida-qoyida, aql-aqil, hukm-hukum c) so’z oxirida tovush ortishi m-n . tank-tanka, bank-banka, kiosk-kioska 2. Tovush ortishi bilan bog’liq yuqoridagi fonetik hodisalar yozuvda aks etmaydi faqat talaffuz og’zaki nutq bilan bog’liq hisoblanadi. 3. Bazan o’zakka qo’shimcha qo’shilganda tovush ortishi xodisasi yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin. u + ga = unga bu +da = bunda shu + day = shunday obro’+ im = obro’yim ye + ish =yeyish II. TOVUSH TUSHISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR 1. Tallaffuzda ayrim so’zlar tarkibida tovush tushishi hodisasi yuz berishi mumkin. a) so’z boshida tovush tushushi mumkin- -yiring-iring, yog’och-og’och, yirik-irik b) so’z o’rtasida tovush tushushi mumkin- kelsa-kesa, daraxtzor-daraxzor, dastyor-dasyor c) so’z oxirida tovush tushushi mumkin- go’sht-go’sh, g’isht-g’ish, musht-mush, do’st-do’s 2. Ba’zan ikki so’zning qo’shilishi natijasida ham tovush tushishi mumkin. M: -olib kel- obkel-opke, olib bor- obor 3. Ba’zan so’z tarkibida ikki unli yonma yon kelganda ularning biri kuchsizlashib sezilarsiz holga kelishi 2-si esa cho’ziqroq talaffuz qilinishi mumkin.- muallim-ma:lim,saodat-so:dat 4. Tovush tushishi bilan bog’liq yuqoridagi fonetik hodisalar yozuvda aks etmaydi faqat talaffuz og’zaki nutq bilan bog’liq hisoblanadi. 5. Ba’zan so’zga qo’shimcha qo’shilganda yoki 2 so’z qo’shilganda tovushtushish hodisasi yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin. -ulug’+ ay = ulg’ay, o’yin + a = o’yna, borar emish- borarmish, yoza olmadi-yozolmadi Bular adabiy mayor sanaladi. III. TOVUSH ALMASHINISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR 1. Tovush almashini yuqoridagilar kabi so’zning turli o’rinlarda bo’lishi mumkin. a) so’z boshida tovush almashinishi fabrika-pabrika, fartuk-partuk, faqat-paqat b) so’z o’rtasida tovush almashinishi ibrohim-ibroyim, sohib-soyib c) so’z oxirida tovush almashinishi kitob- kitop, obod-obot 2. Talaffuzda bazan j-li undosh o’zining jarangsiz jufti bilan almashinishi mumkin, bu hodisa “jarangsizlashish” deyiladi. Maktab-maktap, ozod-ozot, aktiv-aktif 3. Talaffuzda yonma-yon kelgan 2 undosh shunchaki o’rin almashtirishi ham mumkin bu hodisa “metateza” deyiladi. –tuproq-turpoq, daryo-dayro, o’xshaydi-o’shxaydi, tebratmoqterbatmoq. 4. Ayrim so’zlar borki ular hozirgi adabiy tilimizga metatezaga uchragan ko’rinishda qabul qilingan.- yomgir tarixan yog’mir shaklida ya’ni o’zagi yog’ bo’lgan metatezaga uchrab yomg’ir shaklini olgan. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 5.Tovush almashinishi tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ham yuz berishi mumkin, bunda assimiliyatsiya va dissimilyatsiya hodisalari yuzaga keladi. 1. Assimiliyatsiya 1. Assimiliyatsiya undosh tovushlarning bir-biriga moslashishi demakdir. 2. Bunda noo’xshash tovush o’xshash tovushga aylanadi. Ketd(t)i 3. Assimiliyatsiya o’rniga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) progressiv assimiliyatsiya - Bunda oldingi tovush keyingi tovushni o’ziga moslashtiradi ya’ni oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush o’zgaradi. otd(t)an, aytd(t)i, o’tg(k)an b) regressiv assimiliyatsiya - Bunda keyingi tovush oldingi tovushni o’ziga moslashtiradi ya’ni keyingi tovush ta’sirida oldingi tovush o’zgaradi.yoz(s)sin, maz(s)kur, yigit(ch)cha, boj(ch)xona 4. Assimiliyatsiya undosh tovushlarning moslashish darajasiga ko’ra 2 ga bo’linadi. a) to’liq-ikkalasi bir xil undoshga aylanadi.- yoz(s)sin, otd(t)an b) qisman- ikkalasi biron bir jihati bilan moslashadi- maz(s)kur, boj(ch)xona 5. Assimiliyatsiyada ko’pincha jarangsiz undosh jaranglini o’ziga moslashtirib keladi. - yoz(s)sin, maz(s)kur, yigit(ch)cha, boj(ch)xona 6. Shuningdek sirg’aluvchi undosh portlovchi undoshni o’ziga moslashtiradi. -to’q(x)san, oq(x)shom, maq(x)sad 7. Shuningdek bazan lab undoshi til undoshini o’ziga moslashtirib keladi. - o’n(m)besh, shan(m)ba, yon(m)bosh- n undoshi b va m undoshidan oldin kelsa m tarzida talaffuz qilinadi. 8. Yuqoridagi misollarda assimiliyatsiya hodisasi yozuvda aks etmaydi faqat og’zaki nutq uchun xos. Ba’zan o’zakka qo’shimcha qo’shilganda assimiliyatsiya hadisasi yuz berishi mumkin va yozuvda aks etadi. -eshik +ga= eshikka, chiq+gach=chiqqach, bir+ta=bitta, pastgi-pastki- Adabiy mayor sanaladi 2.Dissimiliyatsiya 1. Dissimulyatsiya assimilyatsiyaning aksi bo’lib bunda so’zdagi ikki o’xshash bir xil tovushlardan biri noo’xshash boshqa tovushga aylanadi. 2. Dissimilyatsiya ham o’rniga ko’ra ikki xil bo’ladi. a) progressive dissimilyatsiya- biror(n)ta, zarar(l), halol(r) Bunda oldingi tovush ta’sirida keying tovush o’zgaradi ya’ni noo’xshash tovushga aylanadi. b) regressive dissimilyatsiya-kar(l)idor, zar(l)ar Bunda keying tovush ta’sirida oldingi tovush o’zgaradi ya’ni noo’xshash tovushga aylanadi. 3. Demak assimilyatsiya va dissimilyatsiyaning o’xshash tomoni shundaki ikkalasida ham undosh tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida tovush almashinadi. Farqi shundaki assimilyatsiya bir xillikka intilish natijasida yuzaga keladi, dissimilyatsiya aksincha bir xillikdan qochish natijasida yuzaga keladi. 3.Singarmanizm “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 1. Singarmanizm hodisasi ohangdoshlik deb ham nomlanadi. 2. Singarmonizm unli tovushlarning o’zaro moslashishi demakdir. 3. Singarmonizm unli tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladi. 4. Singarmonizmning ko’rinishlaridan biri lab ohangdoshligidir. Bunda so’zning birinchi bo’g’inda kelgan lablangan unli keying bo’g’indagi lablanmagan unlini o’ziga moslashtirib lablangan unliga aylantiradi. M: muhim, mudir, ko’ngil, tushir kabi so’zlarda singarmonizm hodisasi yo’q bu so’zlar muhum, ko’ngul, mudur, tushur tarzida talaffuzqilinganda singarmonizm yuzaga keladi. 5. Lab singarmonizmi bazan yozuvda aks etishi mumkin. M: yut+iq= yutuq, yul+iq=yuluq, yum+iq=yumuq, un+im=unum, uy+im=uyum, tuz+im=tuzum 6. Demak singarmonizm bo’lishi uchun so’zdagi unlilar lablangan yoki lablanmaganligi jihatdan bir-biriga mos bo’lishi kerak. NUTQ A’ZOLARI HAQIDA MA’LUMOT 1. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson organlariga nutq a’zolari deyiladi. 2. Nutq a’zolariga: o’pka, nafas yo’li, kekkirdak, hiqildoq, bo’g’iz bo’shlig’I, tog’aylar, un paychalari, og’iz bo’shlig’I, kichik til va til, tanglay, tish, lablar, burun bo’shlig’I kiradi. 3. Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi roliga qarab 2 ga bo’linadi. a) aktiv(faol) nutq organlari- un paychalari, til, lablar(pastki jag’, kichik til, yumshoq tanglay) b) passiv(nofaol) nutq organlari-o’pka, nafas yo’li, kekkirdak, hiqildoq, bo’g’iz bo’shlig’i, tog’aylar, , og’iz bo’shlig’i, kichik til va , tanglay, tish, burun bo’shlig’i 4. Nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosilqilish jarayonidagi harakat va holatlari arikulatsiya deb ataladi. M: U unlisini talaffuz qilganda til tishlardan uzoqroqqa tortiladi yuqori ko’tarilib tanglayga yaqinlashadi og’iz tor ochiladi, lablar oldiga cho’zilib doira shaklini oladi ORFOGRAFIYA 1. Orfografiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib yunoncha so’zdan olingan orfo-to’g’ri, grafos-yozaman degan ma’noni ifodalaydi. 2. Bu bo’lim imlo deb ham nomlanadi. Bu bo’limda yozma nutq meyorlari to’g’ri yozish qoidalari o’rganiladi. 3. Orfografiya adabiy tilning faqat yozma shakli uchun xos. 4. So’zlarni noto’g’ri yozish so’zning yozilishida xatoga yo’l qoo’yish imloviy xato(orfagrafik xato) hisoblanadi. - Fikir muloxazalarimni qog’ozga tushurishga urindim.- ushbu so’zda 3 ta imloviy xato mavjud 5. Tilimizda mavjud bo’lgan so’zlarni to’g’ri yozilishi imlo lug’ati orqali o’rganiladi. Eng katta imlo lug’atida 65000 ta so’zning to’g’ri yozilishi ko’rsatilgan. ORFOGRAFIYA PRINSPLARI 1. Tilda mavjud bo’lgan so’zlarning yozilishi orfografiya prinsplari asosida belgilanadi. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 2. O’zbek orfografiyasi 3 ta prinsp bilan ish ko’radi. a) fonetik prinsp (yozuv tamoyili) b) morfologik prinsp (yozuv tamoyili) c) shakily prinsp (yozuv tamoyili) 1. Fonetik prinsp (yozuv) 1. Fonetik prinspga asosan o’zak va qo’shimchalar adabiy tilde qanday talaffuz qilinsa imloda ham shunday yoziladi. 2. Bu prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida har xillikka yo’l qo’yadi. 3. Bu prinsp imloni jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. 4. Fonetik prinsp asosida yozilgan so’zlar tarkibida ma’lum bir tovush o’zgarishlari yuz bergan bo’ladi. 5. Fonetik prinspda tovush o’zgarishlari asosan qo’shimcha qo’shilsa yuz beradi. - Shahar+im = shahrim-tovush tushishi - O’yin+a =o’yna- tovush tushishi - Eshik + i = eshigi- tovush almashinishi - Yosh + a = yasha- tovush almashinishi - Ong + la = angla- tovush almashinishi - Shu + day = shunday- tovush ortishi - U + dagi = undagi- tovush ortishi - isi + q =issiq – tovush ikkilanishi - achi+q =achchiq- tovush ikkilanishi - xur + ak = xurrak- tovush ikkilanishi 6. Tovush o’zgarishlari ya’ni tovush almashinishi, tushishi, ortishi, ikkilanishi fonetik prinspni yuzaga keltiradi. Bunda: a) o’zakning yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin- son + a = sana, buloq +i = bulog’i b) qo’shimchaning yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin.Buloq+ gacha = buloqqacha gur + illa = gurulla c) kam hollarda ham o’zak ham qo’shimcha yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin. Buyir+iq = buyruq, kichik+ gina = kichkina Bunday holat ko’proq o’zakka birdan ortiq qo’shimcha qo’shilganda yuz beradi. Ot +a+v=atov Qiyin+a+q+i= qiynog’i 7. Ba’zan ikki so’zqo’shilishi natijasida ayrim tovush o’zgarishlari yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin bunday holat ham fonetik prinspni yuzaga keltiradi. borar + emish= borarmish Ayta+ber = aytaver 8. Xulosa qilib aytganda tovush o’zgarishlari fonetik prinspning asosini tashkil qiladi. 2. Morfologik prinsp 1. Morfologik prinsp orfografiyaning asosiy va yetakchi prinspi hisoblanadi. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 2. Bu prinspga asosan o’zak va qo’shimchalar qanday talaffuz qilinishidan qatiiy nazar mayor deb tanlangan shaklga muvofiq yoziladi. - ayt+di= talaffuzda aytti yozuvda aytdi, tuz+sin = talaffuzda tussin yozuvda tuzsin - shanba= talaffuzda shamba yozuvda shanba, maqsad= talaffuzda maxsad yozuvda maqsad 3. Quyidagi birliklar ham morfologik prinsp asosida yuzaga keladi. a) qo’shma so’zlar – uchburchak, tezoqar, belbog’ b) juft so’zlar- aka-singil, katta-kichik, yaxshi- yomon c) takroriy so’zlar- xirmon-xirmon, takror-takror, qonib-qonib d) fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma sifatlar- qipqizil 4. Demak fonetik prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida har xillikka yo’l qo’ysa, morfologik prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida bir xillikni ta’minlaydi. 3. Shakliy prinsp 1. Bu prinsp oily ta’limda etimologik yoki grafik prinsp deb ham ataladi. 2.Bu prinspga asosan boshqa tildan o’zlashgan so’zlar o’sha tilde qanday yozilsa o’zbek imlosida ham shunday yoziladi. - teatr, okean, kino, klip, biologiya, video, telefon FARQLASH TAMOYILI ( DIFERENSIAL PRINSP ) 1. Bu prinspga asosan shakli aytilishi va yozilishi o’xshash ammo ma’nolari har xil bo’lgan birliklar imloda farqlab qo’llanishi kerak. - yuvindi(fe’l)-marfologik prinsp, yuvundi-(ot)-fonetik prinsp, 2. Bular paronim so’zlar bularni imlodan farqlab qo’llash kerak shuning uchun diferensial prinsp hisoblanadi. 3. Farqlash tamoyiliga rioya qilmaslik ya’ni o’xshash birliklarni imloda farqlamaslik uslubiy xatoga olib keladi. - Ot chopsa gumburlar tog’ning darrasi.-uslubiy xato - Ko’chadan g’ijjak, doira,tambur ko’targan kishilar o’tishdi. 4. O’xshash birliklarni farqlab qo’llash diferensial prinspning asosi hisoblanadi. 1. Fonetika tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib yunoncha so’zdan olingan fone- tovush, tika- quti yani tovushlar qutisi ma’nisini ifodalaydi. 2. Og’zaki nutqning tovushlar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga fonetika deyiladi. 3. Bu bo’limda nutq tovushlari ularning tasnifi, bo’g’in, urg’u, fonetik hodisalar va ularning turlari o’rganiladi. NUTQ TOVUSHLARI HAQIDA MA’LUMOT 1. Ma’lumki tovushlar 2 xil bo’ladi: a) tabiiy tovushlari b) inson nutq tovushlari 2. Tabiatdagi insondan tashqari paydo bo’lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar deyiladi. 3. Inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda talaffuz qilingan tovushlar esa nutq tovushlari deyiladi. 4. Og’zaki nutqning eng kichik boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan qismiga nutq tovushlari deyiladi. 5. Nutq tovushlarining 3 tomoni mavjud. a) Akustik tomoni- bunda tovushning balandligi, tezligi, miqdori, kuchi, tembri tushuniladiFizika fani bilan bog’liq b) Talaffuz tomoni- bu Fiziologiya bilan bog’liq c) Vazifaviy tomoni- bu Tilshunoslik bilan aloqador. Shuning uchun lingvistik belgi deb ham nomlanadi. 6. Nutq tovushining asosiy vazifasi so’z ma’nolarini farqlashdir. M-n: qarz-qars - bunda ma’no farqlash uchun jarangli va jarangsiz undoshlar xizmat qilyapti 7. Nutq tovushlari o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida ma’lum bir to’siqqa uchrash uchramasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi. a) unli tovushlar b) undosh tovushlar Unli va Undosh tovushlarga xos xususiyat. 1. Unli tovushlar talaffuz qilinganda o’pkadan chiqayotgan havo hech qanday to’siqqa uchramaydi. Undosh tovushlarni talaffuz qilganda esa havo og’iz bo’shlig’ida yoki bo’g’izda ma’lum bir to’siqqa uchraydi. 2. Unli tovushlarni talaffuz qilganda tovush(un) paychalari ishtirok etadi ya’ni taranglashadi, tebranadi. Undosh tovushlarda tovush paychalari ishtirok etishi ham, etmasligi ham mumkin. 3. Unli tovushlar sof un ya’ni ovozdan iborat bo’ladi, ularda shovqin bo’lmaydi. Undosh tovushlarda esa ovoz va shovqindan yoki faqat shovqindan iborat bo’ladi. 4. Unli tovushlar urg’u qabul qilish xususiyatiga ega. Undosh tovushlar urg’u qabul qilmaydi. 5. Unli tovushlar bog’in hosil qilishda asosiy rol o’ynaydi. Undosh tovushlar bo’g’in hosil qilishda asosiy rol o’ynamaydi, faqat ishtirok etadi xolos.6. Unli tovushlar cho’zuluvchanlik va musiqaviylik xususiyatiga ega. Undosh tovushlar ega emas. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich UNLI TOVUSHLAR TASNIFI 1. Hozirgi o’zbek tilida unli tovushlar 6 ta ya’ni: a, o, e, o’, i, u 2. Alifbomizda unlilarni ifodalash uchun 6 ta unli harf mavjud. 3. Unli tovushlar tilshunoslikda 3 tomonlama tasnif qilinadi. a) tilning gorizontal holatiga ko’ra b) tilning verikal holatiga ko’ra c) lablarning ishtirokiga ko’ra I. TILNING GORIZONTAL(YOTIQ) HOLATIGA KO’RA UNLILAR TASNIFI 1. Unli tovushlar tilning gorizontal holatiga ko’ra 2 xil bo’ladi a) til oldi b) til orqa 2. Til oldi unlilarini talaffuz qilganda tilning old qismi ko’proq harakatda bo’ladi.Til tishlarga yaqinlashadi.- i, e, a 3. Til orqa unlilari talaffuz qilganda esa aksincha til tishdan uzoqlashib nisbatan orqaga tortiladi.-u, o’, o II. TILNING VERTIKAL(TIK) HARAKATIGA KO’RA UNLILAR TASNIFI 1. Unli tovushlar tilning vertical ya’ni tik harakatiga ko’ra yoki og’izning ochilish darajasiga ko’ra 3 ga bo’linadi: a) yuqori ko’tarilish yoki tor unlilar- i, u b) o’rta ko’tarilish yoki o’rta keng unlilar- e, o’ c) quyi ko’tarilish yoki keng unlilar- a, o 2. Tor unlilarni talaffuz qilganda til yuqoriga ko’tarilib tanglayga yaqinlashadi og’iz tor ochiladi. 3. Keng unlilarni talaffuz qilganda esa aksincha til tanglaydan uzoqlashib pastga tushadi, og’iz keng ochiladi. III. LABLARNING ISHTIROKIGA KO’RA UNLILAR TASNIFI 1. Unli tovushlar lablarning ishtirkiga ko’ra 2 ga bo’linadi. a) lablangan- u, o’, (o) b) lablanmagan- i, e, a 2. Bu jihatdan o unlisi oraliq holatda qoladi. 3. Lablangan unlilarni talaffuz qilganda lablar oldinga cho’ziladi, chochayadi, doira shakliga kiradi. 4. Lablanmagan unlilarni talaffuz qilganda esa bunday holat yuzbermaydi. Unli tovushlarga tasnif i- til oldi, yuqori tor, lablanmagan e- til oldi, o’rta keng, lablanmagan a- til oldi, quyi keng, lablanmagan u- til orqa, yuqori tor, lablangan o'- til orqa, o’rta keng, lablangan o - til orqa, quyi keng, lablangan I U Yuqori-tor unlilar E O’ O’rta- o’rta keng unlilar A (O) Quyi-keng unlilar Lablanmagan , til oldi Lablangan, til orqa “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI 1. Hozirgi o’zbek adabiy tilida undosh tovushlar soni 23 ta deb ko’rsatiladi. (ammo bunda portlovchi j va sirg’aluvchi j(dj) tovushlarining alohida-alohida ekanligi inobatga olinmagan 2. Alifbomizda undosh tovushlarni ifodalash uchun 23 ta harf mavjud. 3. Undosh tovushlar tilshunoslikda quyidagicha tasnif qilinadi. a) paydo bo’lish o’rniga ko’ra b) paydo bo’lish usuliga ko’ra c) tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra d) ovozning miqdoriga ko’ra I. Paydo bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar tasnifi 1. Undosh tovushlar paydo bo’lish o’rniga ko’ra 3 ga bo’linadi a) lab undoshlari-b,m,p,v,f b) til undoshlari-d,t,z,s,j,sh,dj,ch,n,l,r -y- g,k,ng- q,g’,x c) bog’iz undoshlari-h 2. Talaffuzda lab ishtirok etgan undoshlarga lab undoshlari deyiladi. 3. Lab undoshlari o’z ichida 2 ga bo’linadi. a) lab-lab undoshlari- b,m,p b) lab tish undoshlari- v,f 4. v undoshi asosan lab-tish tovush hisoblanadi – voqea, vaqt avtobus, passiv, aktiv Ayrim so’zlarda esa lab-lab talaffuz qilinishi mumkin- ov, haydov, saylov, o’quvchi, ravshan 5. f undoshi olinma(o’zlashma) so’zlarda uchraydi va lab- tish talaffuz qilinadi.- tafakkur, farq, furqat, fil. Sanoqli o’zbekcha so’zlarda lab-lab talaffuz qilinadi- uf, tuf, puf, ufla, pufla 6. Tilning tish yoki tanglayga tegishidan hosil bo’lgan tovushlar til undoshlari deyiladi 7. Til undoshlari tilning qaysi qismi harakatiga ko’ra o’z ichida 4 ga bo’linadi. a) til oldi undoshlari-d,t,z,s,j,sh,dj,ch,n,l,r b) til o’rta undoshlari – y c) til orqa ( sayoz til orqa)- g,k,ng d) chuqur til orqa undoshlari- q, g’, x 8. O’pkadan chiqayotgan havoning bo’g’izda qisilishidan hosil bo’lgan tovushga bo’g’iz undoshi deyiladi.- h 9. Undosh tovushlarning ushbu tasnifini qaysi nutq a’zolari ishtirok etishiga ko’ra deb ham berilishi mumkin. II. Paydo bo’lish usuliga ko’ra undoshlar tasnifi 1. Undoshlar paydo bo’lish( aytilish) usuliga ko’ra 2 ga bo’linadi. a) portlovchi undoshlar b) sirg’aluvchi undoshlar 2. Portlovchi undoshlarni talaffuz qilganda nutq a’zolari bir-biriga jipslashadi va havo oqimi ularning orasidan portlab o’tadi.-b,m,p---d,t,j,ch,n---g,k,ng---q 3. Sirg’aluvchi undoshlarni talaffuz qilganda nutq a’zolari bir-biriga yaqinlashadi va havo oqimi ular orasidan sirg’alib o’tadi.-v,f---z,s,dj,sh,l,r,y---g’,x “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 4. ayrim undosh tovushlar paydo bo’lish usuliga ko’ra alohida xususiyatga ega bo’ladi. -m,n,ng- burun tovushlari bo’lib bularni talaffuz qilganda havo oqimining bir qismi burun bo’shlig’I orqali o’tadi. - l- yon tovush bo’lib uni talaffuz qilganda havo oqimi tilning ikki yonidan baravar siqg’alib o’tadi. -r- titroq tovushi bo’lib uni talaffuz qilganda havo oqimi tasirida tilning uchi titraydi. -j, ch-qorishiq portlovchilar yoki afrikatlar bo’lib bular asli ikki tovushning qo’shilishidan hosil bo’lgan ya’ni d+j=j , t+sh=ch III. Tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra undoshlar tasnifi 1. Undosh tovushlar tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi Tasnif 1 2 3 4 5 6 7 8 Jufti yo’qlari a) jarangli ovoz+shovqin b v g d dj j z g’ m, n, ng, l, r,y- jarangsiz jufti yo’q b) jarangsiz shovqin+0 p f k t sh ch s x(q) q(x),h- jarangli jufti yo’q IV. Ovozning miqdoriga ko’ra undoshlar tasnifi 1. Undosh tovushlar ovozning miqdoriga ko’ra(ovoz ishtirokiga ko’ra) 2 ga bo’linadi. a) sonorlar – m,n,ng,l,r -ovoz > shovqin b) shovqinlilar-b,p,v,f d,t,z,s,j,sh,dj,ch, -y- g,k- q,g’,x h ovoz < shovqin 2. Shovqinlilar o’z ichida 2 ga bo’linadi a) jarangli shovqinlilar-b,v,g,d,dj,j,z,g’,y b) jarangsiz shovqinlilar-f,p,k,t,sh,ch,s,q,h,x 3. jarangli shovqinlilarda shovqin ovozdan ustun bo’ladi. 4. jarangsiz shovqinlilar faqat shovqindan iborat bo’ladi. BO’G’IN 1. Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi. 2. Bo’g’in adabiyotshunoslikda hijo deb ataladi. 3. Bazan sheriyatda bo’g’in va hijo bir-biriga teng kelmasligi mumkin. Aziz asrimizning aziz onlari- 11 ta bo’g’in 11 ta hijo Aziz odamlardan so’raydi qadrin- 11 ta bo’g’in 11 ta hijo Fursat g’animatdir shox satrlarla- 10 ta bo’g’in 11 ta hijo Bezamoq chog’idir umrdaftarin-10 ta bo’g’in 11 ta hijo Bunda satr va umr so’zlari bittadan bo’g’in ammo 2 ta hijo sataladi. 4. Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat a) Yozuvda bir satrda sig’may qolgan so’zlar keying satrga bo’g’in asosida ko’chiriladi. b) Boshlang’ich sinflarda savod o’rgatish bo’g’in asosida bo’ladi. c) Adabiyotshunoslikda vaznlarni o’rganish uchun ham bo’g’inni bilish kerak. 5. O’zbek tilida so’zlar bir bo’g’inli yoki ko’p bo’g’inli bo’lishi mumkin. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich - bor, kel, - bir bo’g’inli, ishla, o’qi-2 bo’g’inli -aytolmaganliklaringizdandirda-11 ta bo’g’in 6. Bo’g’inga ajratish va bo’gin ko’chirish tushunchalarini farqlashimiz kerak. 7. Bo’g’in va uning turlari fonetika bo’limida o’rganiladi. Bo’g’in ko’chirish qoidalari esa orfografiya bo’limida o’rganiladi. 8. Bo’g’inga ajratiladigan ayrim so’zlar bo’g’in ko’chirilmasligi mumkin. M-n: a-ka, u-ka, qal-a kabi so’zlar bo’g’inga ajratiladi ammo satrdan satrgako’chirilmaydi. 9. So’zning bo’g’inlarga ajratilishi bilan o;zak va qo’shimchalarga ajratilishi boshqa-boshqa hodisalardir. M-n: go’shtni, bargga kabi so’zlarga bo’g’inga ajratish bilan o’zak va qo’shimchalarga ajratish teng keladi. Ammo go’shti va bargi kabi so’zlarda esa bo’g’inga ajratish bilan o’zak va qo’shimchalarga ajratish teng emas. Bo’gimning tasnifi I. Qanday tovush bilan tugashiga ko’ra bo’g’in 2 ga bo’linadi. a) ochiq bo’g’in- unli tovush bilan tugagan bo’g’in o-i-la, ko’-cha-da, i-bo-ra b) yopiq bo’g’in- undosh tovush bilan bilan tugagan bo’g’in mak-tab, o’t-kir, qop-chiq 1. Shuningdek so’zlarda ochiq va yopiq bo’g’inlar aralash holatda qo’llanishi mumkin. Paxta, sar-ta-rosh-xo-na, tax-ta 2. Bo’g’in oxirida tutuq belgisining qo’llanishi axamiyatga ega emas, undan oldingi tovushga qarab bo’g’inning ochiq yoki yopiq ekanligi aniqlanadi. Sa’va, ma’no, a’lo-ochiq bo’g’in; sur’at, juz’iy, tal’at-yopiq bo’g’in II. Tarkibiga ko’ra bo’g’in asosan 5 turga bo’linadi. a) bir unlidan iborat bo’g’in- a-ka, o-i-la b) bir unli va bir undoshdan iborat bo’g’in- bu, ma-na, ol c) bir unli va ikki undoshdan iborat bo’g’in- men, mak-tab, bug’-doy, ost d) bir unli va uch undoshdan iborat bo’g’in- to’rt, stol, do’st e) bir unli va to’rt undoshdan iborat bo’g’in- sport, grand, spirt(faqat ruscha so’zlarda) Ba’zan yuqoridagilardan tashqari istisno holatlar ham bo’lishi mumkin-sprayt III. Urg’uga munosabatiga ko’ra bo’g’in 2 ga bo’linadi. a) urg’uli bo’g’in b) urg’usiz bo’g’in - res-pub-li-ka- 2- bo’g’in urg’uli qolgani urg’usiz bo’g’in Eslatma: Ayrim darsliklarda qanday tovush bilan boshlanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi. a) berkitilmagan bo’g’in- unli tovush bilan boshlanuvchi bo’g’in b) berkitilgan bo’g’in- undosh tovush bilan boshlanuvchi bo’g’in o-i-la-miz- bunda 1,2-bo’g’in berkitilmagan; 3,4-bo’g’in berkitilgan URG’U 1. So’zdagi bo’g’inlardan birining yoki gapdagi so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishi urg’u deyiladi. 2. Urg’uning 2 asosiy ko’rinishi bor a) so’z urg’usi “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich b) gap urg’usi 3. So’z urg’usi so’zdagi bo’g’inlardan biriga tushadi, leksik urg’u deb ham nomlanadi, va fonetika bo’limida o’rganiladi. 4. Gap urg’usi gapdagi so’zlardan biriga tushadi, gap urg’usi-ma’no urg’usi, mantiqiy urg’u, logic urg’u,frazaviy urg’u deb ham nomlanadi, va sintaksisda o’rganiladi. 5. Yozma nutqda gap urg’usini olgan so’z odatda kesmdan oldin joylashadi. 6. Urg’u yordamida nutq ko’rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo’ladi uni zeriktirmaydi 7. O’zbek tilida urg’u so’zning tarkibida boshqa so’zlardan ajratish hamda so’zning fonetik tarkibini ayushturish vazifasini bajaradi. So’z urg’usi haqida ma’lumot 1. So’zdagi bo’g’inlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishiga so’z urg’usi, leksik urg’u deyiladi. 2. Leksik urg’uning shartli belgisi- (‘) 3. Leksik urg’u o’z tabiatiga ko’ra 2 xil bo’ladi. a) erkin urg’u b) turg’un urg’u(bog’liq urg’u) 4. Erkin urg’u so’zning ma’lum bir bo’g’ini bilan bog’liq bo’lmaydi har xil bo’g’inga tushadi. Rus tillidagi urg’u erkin urg’u sanaladi.- a’tom, brashu’ra, vodoprovo’d, propaga’nda 5. Turg’un urg’u so’zning ma’lum bir bo’g’ini bilan bog’liq bo’ladi.-o’zbek tilidagi urg’u turg’un urg’u sanaladi chunki asosan so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’z urg’usiga xos xususiyatlar 1.O’zbek tilida leksik urg’uga xos bo’lgan asosiy xuxusiyatlardan biri shundaki urg’u ko’pincha so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. M: Kelajak, o’quvchi, yumaloq Ammo urg’u hamma vaqt ham oxirgi bo’g’inga tushavermaydi, M: oppoq, barcha, allakim 2.O’zbek tilida leksik urg’uga xos bo’lgan yana bir xususiyat urg’uning ko’chuvchanligidir, ya’ni so’zga qo’shimcha qo’shilishi bilan urg’u ham keying bo’g’inga ko’chadi. M: Paxta`, paxtako`r, paxtakorlarmi` Ammo urg’uning ko’chuvchanlik xususiyati hamma vaqt ham saqlanavermaydi, chunki tilimizda urg’u qabul qilmaydigan qo’shimchalar ham mavjud. M: Yigirma`, yigirma`ta, yigirma`tacha 3.O’zbek tilida leksik urg’u ba’zan ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. M: Fi`zik (shaxs oti) - fizi`k (sifat, frazeologik) Atla`s (mato) – a`tlas (xarita) Ho`zir (payt ravishi) – hozi`r (tayyor, shay) To`rtma (fe’l) – tortma` (ot) Yangi` (sifat) – ya`ngi (payt ravishi) Toza` (sifat) – to`za (daraja miqdor ravishi) Eti`k (ot, oyoq kiyim) – e`tik (sifat) Banda` (inson) – ba `nda (to’da guruh) “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich a)bularning omonim so’zlar yoki omograflar (ya’ni yozolishi bir xil aytilishi farq qiladigan so’zlar deb nomlash mumkin) b)ba’zan paronim so’zlarda ham ma’no farqlash uchun xizmat qilishi mumkin. M: A`mir (farmon) – ami`r (hukumdor), A`zm (qaror) – Azi`m (katta), a`hl (aholi) – ahi`l (inoq), A`dl (adolat) - Adi`l (tik) AYRIM SO’ZLARNING URG’USIGA XOS XUSUSIYATLAR 1.Bir bo’ginli so’zlarda urg’u odatda bo’lmaydi, chunki urg’u bo’lishi uchun bir bo’g’in boshqalarga nisbattan kuchliroq ohang bilan aytilish kerak, ammo qator undosh bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlarda urg’u bo’ladi. M: A`sr – asi`r, A`zm – Azi`m kabi so’zlarda urg’u boladi, chunki talaffuzda qator undoshlar orasida qisqa unli orttirilishi mumkin. 2.Fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi. M: Qizi`l – qi`p-qizil, yumalo`q – yu`m-yumaloq 3.Alla, har, hech elementlari bilan hosil bo’lgan olmosh va ravishlarda ham urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi. M: a`llakim, a`llamahal, he`ch vaqt, he`ch kim, ha`r qachon, ha`r vaqt 4.Qo’shma so’zlar odatda bitta bosh urg’uga ega bo’ladi. M: Kattaqo’rg’o`n, kungaboqa`r, ertapisha`r 5.Juft va takroriy so’zlarda esa har bir component o’zining alohida urg’usiga ega bo’ladi. M: qozo`n-tovo`q, qovu`n-tarvu`z, bala`nd-bala`nd URG’U QABUL QILMAYDIGAN QO’SHIMCHALAR 1.-ma bo’lishsizlik qo’shimchasi urgu qabul qilmaydi. M: bo`rma, ishla`ma, o’qi`ma 2.Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi –ta, -tacha qo’shimchalari urg’u olmaydi. M: o’`nta, be`shtacha 3.O’xshatish ma’nosini bildiruvchi -dek, -day, -cha qo’shimchalari ham urg’u qabul qilmaydi. M: shamo`ldek, se`nday, yigi`tcha 4.-man, -san, -miz, -siz, (-dir) – shaxs son qo’shimchalari va bog’lamalar ham urg’u qabul qilmaydi. M: o’qi`yman, o’quvchi`man, o’qi`ysan, o’quvchi`san, boyli`kdir. Shaxs son qo’shimchalari fe’lning munosobat shakllari, chunki fe’l asosiga qo’shilyapti. Affiks bog’lamalar ismlarni kesmga xoslovchi shakllar, ismlarning munosabat shakllari hisoblanadi, chunki ism asosiga qo’shilyapti. 5. Afiks yuklamalari ya’ni –ma, -chi, -oq,-yoq,-a, -ya –u, -yu, -ku,-da, -gina, -dir kabilar ham urg’u olmaydi. M: o’qidi`ngmi, se`n-chi, o’qiga`n-ku 6. Rus tili ta’sirida tilimizga kirib kelgan. –ov,-ova, -yev,-yeva, -ovna, -vich kabi shakllar ham urg’u qabul qilmaydi. Raxi`mov, Raxi`mova, Raxi`movna 7. Sof ko’makchilar ham urg’u qabul qilmaydi. M: se`n bilan, opa`m uchun, me`n kabi bunda urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Se’n-la,se’nila ESLATMA: “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich - larcha qo’shimchasi so’z yasovchi va sonning lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalari hisoblanadi. Bu qo’shimcha urg’u qabul qiladi ammo urg’u qo’shimchaning birinchi bo’g’inida bo’ladi. M: qahramonla`rcha, o’rtoqla`rcha-so’z yasovchilar, yuzla`rcha, mingla`rcha-lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha OMONIM QO’SHIMCHALAR VA URG’U Ma’lumki shakli aytilishi va yozilishi bir xil ammo ma’nolari har xil bo’lgan birliklar omonimlar sanaladi. Tilimizda shunday omonim qo’shimchalar borki ular urg’u olish olmaslik xususiyati bilan farqlanadi. Jumladan: 1. – ma: a) felning bo’lishsizlik shaklini hosil qilganda urg’u qabul qilmaydi- kitob varaqlarini qatla`ma b) ot yasovchi yoki sifat yasovchi qo’shimcha bo’lganda urg’u qabul qiladi- oq undan qatlama` 2. – cha: a) o’xshatish ma’nosini ifodalaganda va daraja miqdor ravishlarini hosil qilganda urg’u qabul qilmaydi.- bu odam eskicha fikrlaydi- holat ravishini yasayapti b) kichraytirish shakli va so’z yasovchi qo’shimcha bo’lganda urg’u qabul qiladi.-uni oqlash uchun tirnoqcha` asos yo’q.- daraja miqdor ravishi yasayapti yoki: qu`shcha-(qush kabi ma’nolarida kelganda –cha urg’usiz qo’shimcha sanaladi) qushcha`-(kichkina qush ma’nosida kelyapti) 3.-miz: a) afiks bog’lama hamda shaxs son qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qilmaydio’quvchi`miz, o’qiymiz, yozuvchi`miz b) egalik qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qiladi.- opami`z, onami`z, yozuvchimi`z 4.-siz: a) afiks bog’lama hamda shaxs son qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qilmaydio’quvchi`siz, o’qiysiz, yozuvchi`siz, - Siz dunyodagi eng mehribon insonsiz(afiks bog’lama) b) inkor shakli va sifat yasovchi qo’shimcha bo’lgandaurg’u qabul qiladi.-Insonsi`z jamiyat bo’lmaydi. 5.-chi,-oq,-a,-da,-gina: a) afiks yuklama bo’lganda urg’u qabul qilmaydi b) – chi, -oq,-a so’z yasovchi qo’shimcha bo’lganda- urg’u oladi - da o’rin payt kelishigi shakli bo’lganda-urg’u oladi-Onaning ko’ngli bolada`;Bola bola`- da - gina erkalash, kichraytirish shakli bo’lganda- urg’u oladi-Bolagina`, bola`-gina 6.-lar: a) ko’plik shaklini hosil qilganda urg’u qabul qiladi -ko’zla`r inson qalbining oynasidir.gul+la`r-ot b) -la fe’l yasovchi va +r safatdosh shakli bo’lganda urg’u qabul qilmaydi. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich -chin inson birovga yaxshilik ko’`zlar.gu`l+la+r-felning sifatdosh shakli 7. –laring: a) felning II shaxs ko’plik sondagi buyruq maylini hosil qilganda hurmatsizlik ma’nosi ifodalanadi va urg’u qabul qilmaydi. - qo’`ylaring b) Ot so’z turkumiga – lar ko’plik shakli + ing egalik shakli qo’shilganda esa urg’u qabul qiladi. -qo’ylari`ng ESLATMA: 1. Rus tili ta’sirida paydo bo’lgan so’zlar tarkibida -ik elementi uchraydi bunda: a) –ik bilan tugagan so’zlar sifat turkumiga mansub bo’lsa urg’u oxirgi bo’g’inda bo’ladi. - akademi`k soat, texni`k b) –ik ot so’z turkumiga mansub bo’lsa oxiridan oldingi bo’g’inga tushadi. –akade`mik Pavlov ta’limoti o’z ahamiyatini yo’qotgan, te`xnik 2. Ba’zan o’zak shaklidagi so’z bilan ma’lum bir qo’shimchalarni olgan so’z o’zaro omonim bo’lishi hamda urg’u olish olmasligi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin.-olma`-ot, o`lmafe’l FONETIK HODISALAR 1. Nutq jarayonida turli fonetik hodisalar(tovush o’zgarishalri) yuz berishi mumkin. 2. Fonetik hodisalar unli tovushlarga ham, undosh tovushlarga ham taluqlidir. 3. Fonetik hodisalar asosan talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli yuzaga keladi. -oq+gach = oqqach- bunda chuqur til orqa undoshi til orqa undoshiga o’tishi qiyinligi uchun ikkala undosh ham chuqur til orqa talaffuz qilinadi. Yoki stakan, stol kabi ruscha o’zlashma so’zlarda so’z boshida qator undosh kelyapti o’zbek tili uchun bunday holat xos emas shuning uchun talaffuda unli tovush ortiriladi. So’z oxirida go’sht,baxt, daraxt, barg kabi qator udosh qo’llangan so’zlar asosan fors-tojik tilidan o’zlashgan talaffuzda qator undoshlarning biri saqlanadi ikkinchisi tushib qoladi. 4. Fonetik hodisalar ko’proq og’zaki nutq talaffuz bilan bog’liq jarayon hisoblanadi. Yozuvda aks etmaydi. -ilm-----ilim: (tovush ortishi) -artist---arts: (tovush tushishi) -Tohir---Toyir ( tovush almashinishi)- bu kabi fonetik hodisalar yozuvda aks etmaydi. 5.Ba’zan so’zga qo’shimcha qo’shilganda ayrim tovush o’zgarishlari yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin. -u+ga= unga (tovush ortishi) -ko’ngil+im=ko’nglim(tovush tushishi) -eshik+ga= eshikka (tovush almashinishi) 6. Yozuvda aks etadigan bunday tovush o’zgarishlari adabiy mayor sanaladi. Past+ay=pasayAdabiy mayor “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 7. Fonetik hodisalar tovush almashinishi, tushishi, ortishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. I. TOVUSH ORTISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR 1. Tallaffuzda ayrim so’zlar tarkibida tovush ortish hodisasi yuz berishi mumkin. a) so’z boshida tovush ortishi m-n. rus-urus, stol-ustal, ro’za-o’raza, stakan-istakan b) so’z o’rtasida tovush ortishi m-n. rais-rayis, qoida-qoyida, aql-aqil, hukm-hukum c) so’z oxirida tovush ortishi m-n . tank-tanka, bank-banka, kiosk-kioska 2. Tovush ortishi bilan bog’liq yuqoridagi fonetik hodisalar yozuvda aks etmaydi faqat talaffuz og’zaki nutq bilan bog’liq hisoblanadi. 3. Bazan o’zakka qo’shimcha qo’shilganda tovush ortishi xodisasi yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin. u + ga = unga bu +da = bunda shu + day = shunday obro’+ im = obro’yim ye + ish =yeyish II. TOVUSH TUSHISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR 1. Tallaffuzda ayrim so’zlar tarkibida tovush tushishi hodisasi yuz berishi mumkin. a) so’z boshida tovush tushushi mumkin- -yiring-iring, yog’och-og’och, yirik-irik b) so’z o’rtasida tovush tushushi mumkin- kelsa-kesa, daraxtzor-daraxzor, dastyor-dasyor c) so’z oxirida tovush tushushi mumkin- go’sht-go’sh, g’isht-g’ish, musht-mush, do’st-do’s 2. Ba’zan ikki so’zning qo’shilishi natijasida ham tovush tushishi mumkin. M: -olib kel- obkel-opke, olib bor- obor 3. Ba’zan so’z tarkibida ikki unli yonma yon kelganda ularning biri kuchsizlashib sezilarsiz holga kelishi 2-si esa cho’ziqroq talaffuz qilinishi mumkin.- muallim-ma:lim,saodat-so:dat 4. Tovush tushishi bilan bog’liq yuqoridagi fonetik hodisalar yozuvda aks etmaydi faqat talaffuz og’zaki nutq bilan bog’liq hisoblanadi. 5. Ba’zan so’zga qo’shimcha qo’shilganda yoki 2 so’z qo’shilganda tovushtushish hodisasi yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin. -ulug’+ ay = ulg’ay, o’yin + a = o’yna, borar emish- borarmish, yoza olmadi-yozolmadi Bular adabiy mayor sanaladi. III. TOVUSH ALMASHINISHI BILAN BOG’LIQ FONETIK HODISALAR 1. Tovush almashini yuqoridagilar kabi so’zning turli o’rinlarda bo’lishi mumkin. a) so’z boshida tovush almashinishi fabrika-pabrika, fartuk-partuk, faqat-paqat b) so’z o’rtasida tovush almashinishi ibrohim-ibroyim, sohib-soyib c) so’z oxirida tovush almashinishi kitob- kitop, obod-obot 2. Talaffuzda bazan j-li undosh o’zining jarangsiz jufti bilan almashinishi mumkin, bu hodisa “jarangsizlashish” deyiladi. Maktab-maktap, ozod-ozot, aktiv-aktif 3. Talaffuzda yonma-yon kelgan 2 undosh shunchaki o’rin almashtirishi ham mumkin bu hodisa “metateza” deyiladi. –tuproq-turpoq, daryo-dayro, o’xshaydi-o’shxaydi, tebratmoqterbatmoq. 4. Ayrim so’zlar borki ular hozirgi adabiy tilimizga metatezaga uchragan ko’rinishda qabul qilingan.- yomgir tarixan yog’mir shaklida ya’ni o’zagi yog’ bo’lgan metatezaga uchrab yomg’ir shaklini olgan. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 5.Tovush almashinishi tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ham yuz berishi mumkin, bunda assimiliyatsiya va dissimilyatsiya hodisalari yuzaga keladi. 1. Assimiliyatsiya 1. Assimiliyatsiya undosh tovushlarning bir-biriga moslashishi demakdir. 2. Bunda noo’xshash tovush o’xshash tovushga aylanadi. Ketd(t)i 3. Assimiliyatsiya o’rniga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) progressiv assimiliyatsiya - Bunda oldingi tovush keyingi tovushni o’ziga moslashtiradi ya’ni oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush o’zgaradi. otd(t)an, aytd(t)i, o’tg(k)an b) regressiv assimiliyatsiya - Bunda keyingi tovush oldingi tovushni o’ziga moslashtiradi ya’ni keyingi tovush ta’sirida oldingi tovush o’zgaradi.yoz(s)sin, maz(s)kur, yigit(ch)cha, boj(ch)xona 4. Assimiliyatsiya undosh tovushlarning moslashish darajasiga ko’ra 2 ga bo’linadi. a) to’liq-ikkalasi bir xil undoshga aylanadi.- yoz(s)sin, otd(t)an b) qisman- ikkalasi biron bir jihati bilan moslashadi- maz(s)kur, boj(ch)xona 5. Assimiliyatsiyada ko’pincha jarangsiz undosh jaranglini o’ziga moslashtirib keladi. - yoz(s)sin, maz(s)kur, yigit(ch)cha, boj(ch)xona 6. Shuningdek sirg’aluvchi undosh portlovchi undoshni o’ziga moslashtiradi. -to’q(x)san, oq(x)shom, maq(x)sad 7. Shuningdek bazan lab undoshi til undoshini o’ziga moslashtirib keladi. - o’n(m)besh, shan(m)ba, yon(m)bosh- n undoshi b va m undoshidan oldin kelsa m tarzida talaffuz qilinadi. 8. Yuqoridagi misollarda assimiliyatsiya hodisasi yozuvda aks etmaydi faqat og’zaki nutq uchun xos. Ba’zan o’zakka qo’shimcha qo’shilganda assimiliyatsiya hadisasi yuz berishi mumkin va yozuvda aks etadi. -eshik +ga= eshikka, chiq+gach=chiqqach, bir+ta=bitta, pastgi-pastki- Adabiy mayor sanaladi 2.Dissimiliyatsiya 1. Dissimulyatsiya assimilyatsiyaning aksi bo’lib bunda so’zdagi ikki o’xshash bir xil tovushlardan biri noo’xshash boshqa tovushga aylanadi. 2. Dissimilyatsiya ham o’rniga ko’ra ikki xil bo’ladi. a) progressive dissimilyatsiya- biror(n)ta, zarar(l), halol(r) Bunda oldingi tovush ta’sirida keying tovush o’zgaradi ya’ni noo’xshash tovushga aylanadi. b) regressive dissimilyatsiya-kar(l)idor, zar(l)ar Bunda keying tovush ta’sirida oldingi tovush o’zgaradi ya’ni noo’xshash tovushga aylanadi. 3. Demak assimilyatsiya va dissimilyatsiyaning o’xshash tomoni shundaki ikkalasida ham undosh tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida tovush almashinadi. Farqi shundaki assimilyatsiya bir xillikka intilish natijasida yuzaga keladi, dissimilyatsiya aksincha bir xillikdan qochish natijasida yuzaga keladi. 3.Singarmanizm “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 1. Singarmanizm hodisasi ohangdoshlik deb ham nomlanadi. 2. Singarmonizm unli tovushlarning o’zaro moslashishi demakdir. 3. Singarmonizm unli tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladi. 4. Singarmonizmning ko’rinishlaridan biri lab ohangdoshligidir. Bunda so’zning birinchi bo’g’inda kelgan lablangan unli keying bo’g’indagi lablanmagan unlini o’ziga moslashtirib lablangan unliga aylantiradi. M: muhim, mudir, ko’ngil, tushir kabi so’zlarda singarmonizm hodisasi yo’q bu so’zlar muhum, ko’ngul, mudur, tushur tarzida talaffuzqilinganda singarmonizm yuzaga keladi. 5. Lab singarmonizmi bazan yozuvda aks etishi mumkin. M: yut+iq= yutuq, yul+iq=yuluq, yum+iq=yumuq, un+im=unum, uy+im=uyum, tuz+im=tuzum 6. Demak singarmonizm bo’lishi uchun so’zdagi unlilar lablangan yoki lablanmaganligi jihatdan bir-biriga mos bo’lishi kerak. NUTQ A’ZOLARI HAQIDA MA’LUMOT 1. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson organlariga nutq a’zolari deyiladi. 2. Nutq a’zolariga: o’pka, nafas yo’li, kekkirdak, hiqildoq, bo’g’iz bo’shlig’I, tog’aylar, un paychalari, og’iz bo’shlig’I, kichik til va til, tanglay, tish, lablar, burun bo’shlig’I kiradi. 3. Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi roliga qarab 2 ga bo’linadi. a) aktiv(faol) nutq organlari- un paychalari, til, lablar(pastki jag’, kichik til, yumshoq tanglay) b) passiv(nofaol) nutq organlari-o’pka, nafas yo’li, kekkirdak, hiqildoq, bo’g’iz bo’shlig’i, tog’aylar, , og’iz bo’shlig’i, kichik til va , tanglay, tish, burun bo’shlig’i 4. Nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosilqilish jarayonidagi harakat va holatlari arikulatsiya deb ataladi. M: U unlisini talaffuz qilganda til tishlardan uzoqroqqa tortiladi yuqori ko’tarilib tanglayga yaqinlashadi og’iz tor ochiladi, lablar oldiga cho’zilib doira shaklini oladi ORFOGRAFIYA 1. Orfografiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib yunoncha so’zdan olingan orfo-to’g’ri, grafos-yozaman degan ma’noni ifodalaydi. 2. Bu bo’lim imlo deb ham nomlanadi. Bu bo’limda yozma nutq meyorlari to’g’ri yozish qoidalari o’rganiladi. 3. Orfografiya adabiy tilning faqat yozma shakli uchun xos. 4. So’zlarni noto’g’ri yozish so’zning yozilishida xatoga yo’l qoo’yish imloviy xato(orfagrafik xato) hisoblanadi. - Fikir muloxazalarimni qog’ozga tushurishga urindim.- ushbu so’zda 3 ta imloviy xato mavjud 5. Tilimizda mavjud bo’lgan so’zlarni to’g’ri yozilishi imlo lug’ati orqali o’rganiladi. Eng katta imlo lug’atida 65000 ta so’zning to’g’ri yozilishi ko’rsatilgan. ORFOGRAFIYA PRINSPLARI 1. Tilda mavjud bo’lgan so’zlarning yozilishi orfografiya prinsplari asosida belgilanadi. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 2. O’zbek orfografiyasi 3 ta prinsp bilan ish ko’radi. a) fonetik prinsp (yozuv tamoyili) b) morfologik prinsp (yozuv tamoyili) c) shakily prinsp (yozuv tamoyili) 1. Fonetik prinsp (yozuv) 1. Fonetik prinspga asosan o’zak va qo’shimchalar adabiy tilde qanday talaffuz qilinsa imloda ham shunday yoziladi. 2. Bu prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida har xillikka yo’l qo’yadi. 3. Bu prinsp imloni jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. 4. Fonetik prinsp asosida yozilgan so’zlar tarkibida ma’lum bir tovush o’zgarishlari yuz bergan bo’ladi. 5. Fonetik prinspda tovush o’zgarishlari asosan qo’shimcha qo’shilsa yuz beradi. - Shahar+im = shahrim-tovush tushishi - O’yin+a =o’yna- tovush tushishi - Eshik + i = eshigi- tovush almashinishi - Yosh + a = yasha- tovush almashinishi - Ong + la = angla- tovush almashinishi - Shu + day = shunday- tovush ortishi - U + dagi = undagi- tovush ortishi - isi + q =issiq – tovush ikkilanishi - achi+q =achchiq- tovush ikkilanishi - xur + ak = xurrak- tovush ikkilanishi 6. Tovush o’zgarishlari ya’ni tovush almashinishi, tushishi, ortishi, ikkilanishi fonetik prinspni yuzaga keltiradi. Bunda: a) o’zakning yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin- son + a = sana, buloq +i = bulog’i b) qo’shimchaning yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin.Buloq+ gacha = buloqqacha gur + illa = gurulla c) kam hollarda ham o’zak ham qo’shimcha yozilishida har xillikka yo’l qo’yilishi mumkin. Buyir+iq = buyruq, kichik+ gina = kichkina Bunday holat ko’proq o’zakka birdan ortiq qo’shimcha qo’shilganda yuz beradi. Ot +a+v=atov Qiyin+a+q+i= qiynog’i 7. Ba’zan ikki so’zqo’shilishi natijasida ayrim tovush o’zgarishlari yuz berishi va yozuvda aks etishi mumkin bunday holat ham fonetik prinspni yuzaga keltiradi. borar + emish= borarmish Ayta+ber = aytaver 8. Xulosa qilib aytganda tovush o’zgarishlari fonetik prinspning asosini tashkil qiladi. 2. Morfologik prinsp 1. Morfologik prinsp orfografiyaning asosiy va yetakchi prinspi hisoblanadi. “ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich 2. Bu prinspga asosan o’zak va qo’shimchalar qanday talaffuz qilinishidan qatiiy nazar mayor deb tanlangan shaklga muvofiq yoziladi. - ayt+di= talaffuzda aytti yozuvda aytdi, tuz+sin = talaffuzda tussin yozuvda tuzsin - shanba= talaffuzda shamba yozuvda shanba, maqsad= talaffuzda maxsad yozuvda maqsad 3. Quyidagi birliklar ham morfologik prinsp asosida yuzaga keladi. a) qo’shma so’zlar – uchburchak, tezoqar, belbog’ b) juft so’zlar- aka-singil, katta-kichik, yaxshi- yomon c) takroriy so’zlar- xirmon-xirmon, takror-takror, qonib-qonib d) fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma sifatlar- qipqizil 4. Demak fonetik prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida har xillikka yo’l qo’ysa, morfologik prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida bir xillikni ta’minlaydi. 3. Shakliy prinsp 1. Bu prinsp oily ta’limda etimologik yoki grafik prinsp deb ham ataladi. 2.Bu prinspga asosan boshqa tildan o’zlashgan so’zlar o’sha tilde qanday yozilsa o’zbek imlosida ham shunday yoziladi. - teatr, okean, kino, klip, biologiya, video, telefon FARQLASH TAMOYILI ( DIFERENSIAL PRINSP ) 1. Bu prinspga asosan shakli aytilishi va yozilishi o’xshash ammo ma’nolari har xil bo’lgan birliklar imloda farqlab qo’llanishi kerak. - yuvindi(fe’l)-marfologik prinsp, yuvundi-(ot)-fonetik prinsp, 2. Bular paronim so’zlar bularni imlodan farqlab qo’llash kerak shuning uchun diferensial prinsp hisoblanadi. 3. Farqlash tamoyiliga rioya qilmaslik ya’ni o’xshash birliklarni imloda farqlamaslik uslubiy xatoga olib keladi. - Ot chopsa gumburlar tog’ning darrasi.-uslubiy xato - Ko’chadan g’ijjak, doira,tambur ko’targan kishilar o’tishdi. 4. O’xshash birliklarni farqlab qo’llash diferensial prinspning asosi hisoblanadi.
    Download 56,27 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 56,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-bob. Fonetika bo’limini o’rganishning ahamiyati 1-fasl. Maktabda fonetika bo’limini o’qitishning maqsad va

    Download 56,27 Kb.