|
1-bob. Fonetika bo’limini o’rganishning ahamiyati 1-fasl. Maktabda fonetika bo’limini o’qitishning maqsad va
|
bet | 4/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 56,27 Kb. | | #235304 |
Bog'liq Nafosat kurs ishiUmumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun umumiy bo`lgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi. Masalan, barcha tillarda fonetik birliklarning fizik-akustik tabiati, anatomik-fiziologik (biologik) asosi va lingvistikfunksional jihatlari bor; barcha tillarda nutq tovushlari fonema tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar fonologik oppozitsiyalar (ziddiyatlar) va korrelyatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik sistemalar shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bo`lgan bunday nazariy masalalarni ko`rish umumiy fonetika predmeti sanaladi.
Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida ma’lumot beradi: o`zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi.
Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o`rganishda umumiy fonetika xulosalariga, shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to`plangan tajribalarga tayanadi.
Uning quyidagi turlari bor:
1.tavsifiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar statik holatda (shu tilning oldingi tarixiy taraqqiyoti bilan bog`lanmay) o`rganiladi. Xususan, «Hozirgi o`zbek adabiy tili fonetikasi» ham aslida tavsifiy fonetikadir, chunki unda o`zbek tilining fonetik tizimi, bu tizimda mavjud bo`lgan fonetik faktlar (unli va undosh tovushlarning miqdor va sifat belgilari, tasnifi, urg`u, bo`g`in va hokazolar) hozirgi o`zbek tilida qanday bo`lsa, shundayligicha (tarixiy jarayon va faktlarga bog`lanmay) o`rganiladi.
2.Tarixiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan bog`lab o`rganiladi, shu asosda muayyan tilning fonetik- fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o`zgarishlar (divergensiya, konvergensiya faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga ko`ra u diaxron fonetika deb ham yuritiladi.
|
| |