|
Fonetikani o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish
|
bet | 3/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 56,27 Kb. | | #235304 |
Bog'liq Nafosat kurs ishi2.2.Fonetikani o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish
Fonetika bo’limining izchil kursi bir qator mavzularni o’z ichiga qamrab oladi. “Fonetika va grafika” mavzusini o’rganishda asosiy e’tibor fonetika bilan grafikani o’granish obyektini belgilab olishga, nutq haqida tushuncha berishga qaratiladi. Og’zaki va yozma nutq haqida tegishli ma’lumot berilib, darslikdagi mashqlar og’zaki va yozma shakllarda bajariladi. “Nutq tovushi va harf” mavzusini o’tishni topshiriqda berilgan gapni so’zlarga, so’zlarni bo’g’inlarga, bo’g’inlarni esa tovushlarga ajratish bilan boshlash to’g’ri bo’ladi. O’quvchilar o’g’zaki nutqning eng kichik, mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi nutq tovushi, tovushning yozuvdagi ifodasi esa harf ekanligini bilib oladilar. Bir tovushning bir harf bilan yoki ikki harf bilan ifodalanishi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Bu nazariy tushunchalarga mos amaliy mashqlar ishlaydilar.
Shundan so’ng “Unli tovushlar”, “Undosh tovushlar” mavzulari o’rganiladi. O’quvchilar unli va undosh tovushlarning o’xshash hamda farqli tomonlarini o’rganib oladilar. Berilgan so’zlar tarkibidagi tovushlarni unli va undoshlarga ajratadilar.
“Nutq a’zolari” mavzusi orqali o’quvchilarga nutq tovushining qanday hosil bo’lishi va ularni hosil qilishda nutq a’zolarining ishtiroki haqida ma’lumot beriladi. O’quvchilar nutq tovushlarini tabiatdagi boshqa fizik tovushlardan farqlashga o’rganadilar. Tovushlar nutq a’zolarining ishtirokiga ko’ra lab tovushlari va til tovushlariga ajratiladi. Lab tovushlari lablarning ishtirokida, til tovushlari esa tilning ishtirokida hosil bo’ladi. M, n, ng kabi tovushlar burun tovushlari, h tovushi esa bo’g’iz tovushi hisoblanadi. O’quvchilar mana shunday ma’lumotlar bilan ham tanishadilar.
Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasini o’rgatish ham ko’zda tutilgan, o’quvchilar nutq tovushlarining asosiy vazifasi so’zlarning ma’nosini farqlash ekanligini shox – shoh, yod-yot, ulg’aydi-ilg’aydi, tol-tosh-tom, qol-qor-qoch-qot kabi so’zlar tahlili orqali anglab yetadilar. Shundan so’ng o’quvchilar o’zbek alifbosi haqida bilimga ega bo’ladilar.
Fonetika o’qitishda ko’zda tutilgan maqsadlardan biri o’quvchilarga orfografik bilimlar berishdir. Unli tovushlarni o’rgatishda ham, undosh tovushlarni o’rgatishda ham imloviy bilimlar berish imkoniyatlari katta. O’quvchilar u va i, a va o, o’,e unlilarining talaffuzi va imlosini o’rganish orqali orfografik bilimlarga ega bo’ladilar. Masalan, u va i unlilarining talaffuzi va imlosi bilan bog’liq holda o’quvchilar so’zlarni to’g’ri yozishga oid quyidagicha bilimga ega bo’ladilar: 1.So’zlarning birinchi bo’g’inida r,l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar – bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi. Masalan: biroq, sira, bilan. 2.Ikki bo’g’inli so’zlarning birinchi bo’g’inida lablangan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo’g’indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo’g’inda u yoziladigan otlardan farqlanadi: urush-urish, yurush-yurish, qurut-qurit. Bu juftliklarning birinchi qismida berilgani ot turkumiga mansub so’zlar bo’lsa, ikkinchi qisimda berilgan so’zlar esa fe’l turkumiga mansubdir.
Ko’rinadiki, mana shu mavzu orqali o’quvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan so’zlarning imlosi haqida yetarli tushuncha beriladi. Darslikdan “Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi” nomli mavzu ham o’rin olgan. Ushbu mavzu ham o’quvchilar savodxonligini mustahkamlashda muhim o’rin tutadi. So’z tarkibida yonma-yon kelgan ikki unli tovush ishtirok etsa bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir, muomala, soat, saodat kabi. Bunday so’zlar talaffuzida yo bir tovush tushirib aytiladi yoki bir undosh tovush qo’yib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan so’zlarning imlosida qiyinchilik tug’diradi. Ushbu mavzu esa o’quvchilarga shunday so’zlarning yozilishini o’rgatishda yaxshi yordam beradi.
Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini o’rgatish orqali ham o’quvchilarga orfografik bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan “Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosi” nomli mavzu quyidagicha o’rgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida berilgan bob, yod, eg kabi so’zlarning talaffuzi o’rganiladi va so’z oxirida kelgan jarangli undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida aytilishi haqida shunday xulosa chiqariladi: so’z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o’rtasidagi farq yo’qolib, bir xil jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan so’ng darslikdagi mashqlar orqali bu qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g’ kabi jarangli va jarangsiz undoshlarning imlosi, q-g’ undoshlari bilan tugagan so’zlarga qo’shimchalarning qo’shilishi va ularning imlosi, v,m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining imlosi o’rganiladi. Shu bilan birga o’quvchilarga j, x va h, f,ng, sh va ch harflarining, qo’sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham ma’lumot beriladi. Imloviy bilimlar tutuq belgisi, qator undoshlar, bo’g’in, tovushlarining ortirilishi va tushib qolishi kabi mavzular bilan bog’liq holda ham o’rgatiladi.
1. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. Tovush murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda unga ta'rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to'g'ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so'zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so'zning leksik ma'nosi so'zdagi tovushlarning tarkibiga bog'liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so'zlar har xil lug'aviy ma'noni ifodalaydi.
So'zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o'rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so'z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so'zni tovush tomonidan tahlil qilishga o'rganadilar, ya'ni so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, so'zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So'zning tovush tarkibini to'g'ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o'rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so'zni to'g'ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o'rgatishdan so'ng ham so'zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so'zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko'nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma'lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo'linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o'quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og'iz bo'shlig'idan erkin ravishda o'tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og'iz bo'shlig'ida to'siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba'zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo'g'in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo'g'in hosil qiladi, undosh tovushlar bo'g'in hosil qilmaydi).
O'quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo'l qo'ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a'zolarining vaziyatini kuzatish ko'nikmasini o'stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o'zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o'zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o'quvchilarning aqliy qobiliyatini o'stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o'rganadilar.
O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o'quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko'ramiz, o'qiymiz va yozamiz;
v) harf - tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O'quvchilar ko'pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo'yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o'rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so'zidagi b harfi p tovushini, maktabim so'zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);
2) jo'ja, jajji so'zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so'zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg'aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so'zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy). Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularningyozuvda ifodalanishi O' quvchilarga j arangli va j arangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o'quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko'rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir - paqir, gul - kul, dil - til, zina -sina, joy - choy kabi so'zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o'qituvchi o'quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo'yiladi:
Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, g' Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x.
Jufti yo'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar bilan ham o'quvchilar har xil fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun o'quvchilar so'z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko'l, bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo'y, kiyikkabi so'zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va l, m, n, r, ng, y jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya'ni jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo'qligini (jufti yo'q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar.
Xuddi shunga o'xshash usulda o'quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo'qligini (jufti yo'q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi ko'rinishda yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko'rgazma ko'rsatiladi): Jufti yo'q, jarangli undoshlar: l, m, n, r, ng, y Jufti yo'q jarangsiz undoshlar: q, h
Bolalar jufti yo'q jarangli undosh tovush so'zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, ya'ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so'z oxirida kelganda, bunday moslik bo'lmaydi, ya'ni ko'pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, ozot kabi). Bunday so'zlar o'zbek tilida ko'p bo'lgani uchun I sinfdanoq o'quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug'iladi. Dasturga ko'ra, I sinf o'quvchilari b va d jarangli undoshi so'z oxirida kelganda, uning jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so'zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. O'quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar:
- Kitob so'zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun so'zni tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so'z tanlayman: kitobi. Kitobi so'zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so'zida b harfini yozaman.
Bunday muhokama yuritish uchun o'quvchilar quyidagi bilim va ko'nikmalarni egallashlari kerak:
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2. So'z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so'zlarni tekshirish kerakligini bilish.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so'ng unli tovush kelgan so'z tekshiruvchi so'z bo'la olishini bilish.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so'zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi -kitob, maqsadi - maqsad, maqsadga).
Shunday qilib, o'quvchilar qanday so'zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so'zlar tekshiruvchi so'z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur.
O'qituvchi qanday so'zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo'lgan so'zlar ustida kuzatish o'tkazadi: maktabim - maktab, tuzi - tuz kabi.
O'quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so'zlarni va so'zdagi jarangsiz undosh tovush o'ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so'zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so'z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o'quvchilar tekshiruvchi so'zni tekshiriladigan so'zdan doim oldin yozadilar: avlodi - avlod, kitobi - kitob.
Bo 'g'in ustida ishlash. Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o'rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so'zda nechta unli bo'lsa, uni shuncha qism (bo'g'in)ga bo'ladilar.
I sinfda o'quv yilining birinchi yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga bo'lish, shuningdek, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash mashqlari har kuni o'tkaziladi. So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini hosil qilish 1-sinfda o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O'quvchilar o'qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga tayanadilar. O'zbek grafikasida bo'g'in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni avval bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi tovushlarning o'zaro bir-biriga ta'sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O'quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
Dasturga ko'ra, tutuq belgili (ma'no, sun 'iy kabi) so'zlarni bo'g'inga bo'lish va ko'chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo'g'inda bo'lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so'zlarni bo'g'inga bo'lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo'g'inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo'g'inga o'tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o'quvchilarga 2-sinfdayoq o'rgatiladi.
Fonetika turlari haqida ma’lumotlar. Fonetika fani tilning tovush tomonini turli usulda va turli maqsadlarda o`rganadi, shunga ko`ra uning quyidagi turlari o`zaro farqlanadi:
|
| |