|
Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi
|
bet | 1/2 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 52,5 Kb. | | #144549 |
Bog'liq 1-kurs yanvar 002
1. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi.
Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
2. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?
A) talaba-g‘alaba B) burun-butun C) do‘ppi-lo‘ppi D) qovun-sovun
3. Quyida berilgan gaplarning qaysilarida faqat tovush tushish hodisasi kuzatiladi?
Eng yaxshi yo'l shuki, yaxshi do'st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi.
Shu onda qarsaklar chalindi-yu, hamma o'rnidan turdi.
Daryo tomondan guvullab esib turgan shabada yo'l bo'yidagi o't-o'lanlarni tebratar, hamda sarg'ayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi.
Oraga shunday jimlik cho'kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi.
Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, hali oxiriga yetolmasday ko‘rindi.
1,3,4,5 B) 2,4,5 C) 1,2,3,5 D) 1,2,5
4. Bo`g`inga to`g`ri ajratilgan so`zlar qatorini aniqlang?
A) men-ga, ko`-ngil, kong-ress B) kon-gress, deng-giz, shta-nga
C) si-ngil, kon-gress, shtan-ga D) osmon-ga, shu-dring, ko`rding-iz
5. Har doim bunday qiynalib ishlamasdim.Shunday kunlar kelarkanki, yaxshi sharoitning qadriga yetolmaganing uchun afsuslanarkansan.
Berilgan gapda necha o`rinda fonetik hodisaga uchragan so`z qatnashgan?
A) 7 o`rinda B) 5 o`rinda C) 6 o`rinda D) 4 o`rinda
6. Quyida berilgan so‘zlardan qaysilari to‘g‘ri yozilgan?
1) xolvafurush, 2) hordiq, 3) xarom, 4) tuhfa, 5) muxtoj, 6) chehra.
A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5
7. asal // ari, dev // qomat, Besh // ariq, jigar // rang, olib // kelmoq, sher //
yurak, qo‘l // qop, bay on // etmoq, och // ko‘z.
Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi?
A) 5 tasi B) 7 tasi C) 6 tasi D) 8 tasi
8. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) milliyard, tuyg‘u, ukrayin B) stadion, cholg‘u, suiste’mol
C) ukrain, kulgi, tuyg‘I D) suiiste’mol, chopqi, milliard
9. Yangi imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri qo‘shib yoziladi?
A) lang ochiq B) liq to‘la C) och sariq D) yarim avtomat
10. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?
A) Bolalar atrofni to‘yib-to‘yib tomosha qilishdi.
B) Shunda uchchala ayolning o‘g‘illari kelib qolishibdi.
C) Vatan muqaddas tushincha sanaladi.
D) Darxaqiqat, endi uning qo‘lidan osonlikcha qutulib bo‘lmaydi.
11. Sinekdoxa usuli bilan ma’no ko'chishi qaysi javobda uchraydi?
A) Hayot ummonida bir-birin bilmay, Shunday, biz to’qnashib qoldik daf’atan.
B) Bizning maktab ham ushbu tanlovda qatnashadi.
C) Kitob ko’rmagan kalla - giyoh unmagan dala.
D) Butun xalqni bir bayroq ostida birlashtirish oson ish emas.
12. Men Farmonbibi xonadoniga radiodan keldim.
Ushbu gapdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
13. “Qutbdagi gunafsha” ertagida gunafshani ko’rgani bug’ular qayerdan keladi?
A) Sibirdan B) Amerikadan C) Shimoliy Muz okeanidan D) Antraktidadan
14. Tilshunoslikka oid atamalar berilgan qatorni aniqlang.
A) inqilob, podshoh, feodal, dehqon B) yuklama, paronimlar, son, hol
C) aniqlovchi, to’ldiruvchi, xol D) fonendoskop, terapevt, oddiy tasvir
15. O’zbek tili leksikasining ichki imkonyatlar asosida boyish manbalarini belgilang.
A) o’zbek tilida so’z yasash usullari asosida yangi so’z yasash
B) yaqin munosabatda bo’lgan xalqlar tilidan bevosita so’z olish
C) xalq shevalaridan so’z olish
D) A va C
16. Nasrulla, siz Hasanboydan "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasini so‘rab yuribsiz, u bo‘lsa "Darakchi"ni olib kelibdi.
Ushbu gapda qo‘llangan ma’no ko‘chish turini belgilang.
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
17. “Shu’lalar qo’ynida” kimning ilk to’plami?
A) Oybek B) G’. G’ulom C) H. Olimjon D) Mirtemir
18. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi.
B) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada,
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
C) Buni eshitgan quloq nima deydi?
D) O‘zbek Navoiyni o'qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
19. Qaysi gapda imloviy jihatdan xatolik mavjud emas?
A ) Podsho vaziru a’yonlar davrasida otdan tushib, tog‘ bag‘riga qarab yura
boshlabdi.
B) Maqtanayapti demang, cho‘l havosi yaxshi!
C) Yurtimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi.
D) Uning qattiq qo‘rqqanini ko‘rib, gapirolmay, shoshkancha ko‘chaga otildi.
20. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan?
A) yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress B) shtan-ga, ko‘r-di-ngiz, ton-gi
C) tu-ngi, ya-ngi, si-ngli D) de-ngiz, jon-ga, kon-gress
21. Bu asarning bizgacha yetib kelgan uch nusxasi bo‘lib, bir nusxasi Hirotda uyg‘ur yozuvi bilan ko‘chirilgan. Bu nusxa Turkiyaning Tugot shahriga, keyinroq esa Istanbulga keltirilgan. Uni keyinchalik Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. Keyinchalik esa fransuz sharqshunosi Jaubert Amadee bu buyuk asar haqida ma’lumot e ’lon qilib, uni ilm ahliga tanishtiradi.
Ushbu parchadagi ma’lumot qaysi asar haqida?
A) «Qutadg‘u bilig» (Yusuf Xos Hojib)
B) «Boburnoma» (Zahiriddin Muhammad Bobur)
C) «Qisasi Rabg‘uziy» (Rabg‘uziy)
D) «Devoni Hikmat» (Ahmad Yassaviy)
22. Xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramon: «...Bog‘bon bo'lsam, qizil gulni terayin, Har na qismat yozilganin ko‘rayin. Kelgin, qalmoq, birga maydon qilayin, Nasib etsa, sening doding berayin...» - deya raqibini maydonga chorlaydi?
A) Boysari B) Kuntug‘mish C) Alpomish D) Ravshan
23. Uning otasi muhaddis bo‘lib, goho tijorat bilan ham shug‘ullangan. Lekin juda halol, xudojo'y odam bo'lgan. Zamondoshlari uning xonadioniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirmaganligi haqida yozadilar. ... mana shunday oilada o ‘sdi. Otasi erta vafot etganidan tarbiyasida onasining xizmati katta bo‘ldi. U kichkinaligidan hadis ilmiga ko‘ngil qo'ydi.
Ushbu ma’lumot kim haqida?
A) Ahmad Yassaviy B) Yusuf Xos Hojib C) Imom Buxoriy D) Rabg‘uziy
24. ”Qo’ng’iroqdek ovozli” deya ta’riflangan obraz qaysi asarda uchraydi?
A)”Kichkina shahzoda” B)”Zulmat ichra nur” C)”Hellados” D)”Bulbul”
25. Intermediyalar adabiyotning qaysi turiga mansub?
A) she’riyat B) nasr C) dramaturgiya D) maxsus tur
26. Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho‘kib qolishlari, holbuki, boshqalar bundan o‘n chandon og‘ir mashaqqatlarni-da sabr-la yengishlari mumkinligi xulosasi qaysi masalga tegishli?
A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak»
C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
27. Boybo‘ri ukasi Boysarini baxil bo‘lib qolmasin deb necha mahramini zakotga jo‘natadi?
A) 7 mahramini B) 14 mahramini C) 24 mahramini D) 10 mahramini
28. «Tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi», – deya tasvirlangan shaxs kim?
A) Rajabxo‘ja pir B) Bobo Qambar
C) Muhammad payg‘ambar D) Shohimardon pir
|
| |