-bob.Fonetika bo’limini o’rganishning ahamiyati




Download 56,27 Kb.
bet2/5
Sana15.05.2024
Hajmi56,27 Kb.
#235304
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nafosat kurs ishi

1-bob.Fonetika bo’limini o’rganishning ahamiyati
1.1.Maktabda fonetika bo’limini o’qitishning maqsad va
vazifalari


Fonetika (yunonchaphonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). Oʻzbek tilshunosligida fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang (boʻgʻin, sintagma, urgʻu va boshqalar) oʻrganiladi.


Nutqning tovush tomoni segment (lotinchasegmentum — qirqim, parcha, boʻlak) va ustsegment (supersegment) birliklarga boʻlinadi. Segment birliklar ketmaket joylashadi (bir vaqtning oʻzida 2 ta tovushni talaffuz qilib boʻlmaydi). Shuning uchun ularni silsilali yoki ketmaket birliklar deyish mumkin. U stsegment birliklarga urgʻu va ohang (intonatsiya) kiradi. Bu birliklar segment birliklar ustiga qoʻyiladi va ularga turlicha tus beradi.
Har qanday nutq tovushi, avvalo, nutq aʼzolarining harakati tufayli talaffuz etiladi, yaʼni fiziologik xususiyatga ega. Ikkinchidan, u havoning maʼlum elastik jiyemni tebratishidan hosil boʻladi; demak, uning akustik (fizik) jihati bor. Uchinchidan, muayyan soʻz va morfemaning maʼno tomoni bilan tovush qobigʻi birgalikda inson ongida shakllanadi, zero inson maʼlum tovushlar majmuini eshitish bilan qabul qilar ekan, ushbu majmu zaminidagi maʼnoni idrok etadi, bu perseptiv (psixofonetik) xususiyat sanaladi. Va nihoyat, eng muhimi, nutq maʼlum vazifani bajaradi, binobarin, funksional qimmatga ega. Nutq tovushlari yuqoridagi xususiyatlariga koʻra turli nuqtai nazardan oʻrganilishi mumkin. Fonetika tilning tovush tizimini qaysi jihatdan oʻrganishi (maqsadi) nuqtai nazaridan quyidagi turlarga boʻlinadi: umumiy fonetika; tarixiy (diaxron) fonetika; tasviriy (sinxron) fonetika; qiyosiy fonetika; eksperimental fonetika Yuqoridagilar bilan birga xususiy fonetika ham ajratiladiki, unda barcha fonetik xususiyatlar aniq bir til misolida oʻrganiladi.
Umumiy fonetika barcha tillar uchun umumiy boʻlgan fonetik xususiyatlarni (nutq tovushlarining hosil boʻlishi, ularning universal tasnifi, tovushlarning birikish qonuniyatlari, yondosh tovushlardan birining ikkinchisiga taʼsiri va boshqalarni) oʻrganadi. Umumiy fonetika xususiy fonetika materiallariga asoslanadi. Tarixiy fonetika tilning fonetik tizimini tarixiy taraqqiyotida, rivojlanish jarayonida oʻrganadi. Tasviriy fonetika esa muayyan til fonetik tizimining hozirgi holatini oʻrganadi. Qiyosiy fonetika ikki til fonetikasini, qarindosh tillar tovush tizimini bir-biriga qiyoslaboʻrganadi. Eksperimental fonetika nutqtovushlarini, fonetik hodisalarni maʼlum texnik vositalar yordamida oʻrganadi.
Nutq tovushlarining hosil boʻlish mexanizmini oʻrganish 17-asrda boshlangan boʻlib, bu hol karsoqovlarni oʻqitish ehtiyojidan kelib chiqqan (ispaniyalik X. P. Bonet, angliyalik J. Uilkins, niderlandiyalik I. Amman asarlari). Tilningtovush tomonini har jihatdan lintvistik nuqtai nazardan oʻrganish birinchi marta nemis olimi E. Ziversning „Tovush fiziologiyasi asoslari“ (1876, 2nashri „Fonetika asoslari“ deb nomlanadi, 1881) asarida kuzatiladi. Rossiyada umumiy fonetikaning rivojiga I. A. Boduen de Kurtene va uning shogirdlari V.A. Bogoroditskiy va L. V. Shcherbalar oʻz asarlari bilan muhim hissa qoʻshdilar.
Fonetika tilning boshqa sohalari bilan bogʻliq, chunki tovush, urgʻu va ohangsiz boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi va ran boʻlmaydi. Shu tufayli fonetika leksika, morfologiya, sintaksis va stilistika bilan bogʻliq til bosqichi deb qaraladi. Oʻzbek tili fonetikasi ham chuqur oʻrganilmoqda. Oʻzbek tilining tasviriy fonetikasini tadqiq qilishda V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, fonetika Abdullayev, A. Gʻulomovlar; oʻzbek tili fonetikasini 60-yillar oxiridan eksperimental oʻrganishda A. Mahmudov va S. Otamirzayevalar; oʻzbek tilining tarixiy fonetikasini oʻrganishda fonetika Abdullayev, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov, Q. Mahmudov, H. Neʼmatov, E. Umarovlarning xizmatlari katta.
Fonetika fonologiya bilan uzviy bogʻliq. 2) maʼlum tilga xos tovushlarning akustik va artikulyatsion (fiziologik) xususiyatlari, muayyan tilning fonetik tuzilishi. Mas, oʻzbek tili fonetikasi. Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni farqlash, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; d) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’iadi; e) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas va atlds so’zlari manosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasawur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’ziarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetikgrafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni talaffuzga ko’ra amaliy farqlash ko’nikmalariga ega bo’ladilar.Bolalar maktabga keigunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishiash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqiarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida birbiriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.1-sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.


Download 56,27 Kb.
1   2   3   4   5




Download 56,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob.Fonetika bo’limini o’rganishning ahamiyati

Download 56,27 Kb.