• Tilshunoslik fani – til haqidagi fan 2. Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti 3. Tilshunoslik fanining maqsad va vazifalari 4. Til tushunchasi
  • Kalit so‘zlar
  • Tilshunoslik fani – til haqidagi fan.
  • Reja: Tilshunoslik fani – til haqidagi fan




    Download 2.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/108
    Sana29.04.2023
    Hajmi2.64 Mb.
    #54841
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
    Bog'liq
    Tilshunoslikka kirish Ma\'ruza 2022
    1638738456


    1-MA’RUZA: Kirish. Tilshunoslik fani – til haqidagi fan sifatida. Tilshunoslik 
    fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular orasidagi o‘rni 
    Reja
    1. Tilshunoslik fani – til haqidagi fan 
    2. Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti 
    3. Tilshunoslik fanining maqsad va vazifalari 
    4. Til tushunchasi 
    5. Tilning vazifalari 
    6. Tilshunoslikning asosiy tarmoqlari 
    7. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular 
    orasidagi o‘rni 
    Kalit so‘zlar:
    til, tilshunoslik, umumiy tilshunoslik, xususiy tilshunoslik, 
    makrolingvistika, 
    mikrolingvisika, 
    ekstralingvistika, 
    intralingvistika, 
    komparativistika, kommunikativ lingvistika
    Tilshunoslik fani – til haqidagi fan. Tilshunoslik xususiy va umumiy 
    tilshunoslik sohalaridan iborat. Xususiy tilshunoslik ma’lum bir tilning lug‘at 
    tarkibi, fonetik sistemasi va grammatik qurilishi, shuningdek, tarixiy taraqqiyot 
    yo‘llarini, xususan, bir tilni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Umumiy tilshunoslik 
    esa undan farqlangan holda, tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, 
    jamiyatdagi o‘rni, vazifasini, taraqqiyot yo‘llarini, til bilan tafakkurning bir-
    biriga uzviyligini, barcha tillarning o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tillarni 
    tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy tilshunoslik ayrim tillarni yoki bir guruh 
    tillarni o‘rganish, tekshirish natijasida aniqlangan til hodisalarini, til dalillarini 
    umumlashtirib, umumiy xulosalar chiqaradi va xuddi shu asosda til 
    qonuniyatlarini aniqlab beradi. 
    Demak, “Tilshunoslikka kirish” fani tilning boshqa hodisalar ichida 
    tutgan o‘rni, tuzilishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlarini, til haqidagi fanning 
    asosiy tushunchalarini o‘rganadi, talabalarni tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan 
    terminlar, tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi. Bu “Umumiy tilshunoslik” 
    fanining dastlabki bosqichi bo‘lib, murakkab til hodisalari va ularning 
    qonuniyatlarini to‘g‘ri anglab yetish, ayrim bir til, qarindosh va qarindosh 
    bo‘lmagan tillar guruhlarini bir-biriga solishtirib, tilning lug‘at tarkibi, fonetik 
    tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy va 
    amaliy jihatdan zamin yaratishga xizmat qiladi. 
    Lingvistik ta’limning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni juda sekin va 
    uzoq davom etib, qariyb uch ming yillik tarixni o‘z ichiga oladi, ammo u faqat 
    XIX-XX asrlarda fan sifatida shakllandi. Tilning yaratilishida ham o‘tmishda 
    yashagan va ijod etgan juda ko‘p mutafakkirlarning ishtiroki bor. Ularning 
    faoliyati tufayli tilshunoslik barcha fanlar singari talaygina ilmiy merosga ega 


    bo‘lgan. Buning kamida ikki ahamiyati bor: birinchidan, o‘sha fanning hozirgi, 
    holati uning o‘tmishdagi rivojlanish bosqichlari bilan bog‘lab o‘rganilganidagina 
    u yoki bu nazariyaning, qonun-qoidaning nima uchun huddi hozirgiday 
    shakllanganligini tushunish mumkin. 
    Ikkinchidan, fan tarixini bilish turli olimlar tomonidan ilgari surilgan 
    nazariya va fikrlarni to‘g‘ri baholab, yo‘l qo‘yilgan hatolarni takrorlamaslik 
    uchun yordam beradi. 
    O’tmishda ijod etgan faylasuf va tilshunoslarning ayrim fikrlari yoki ilmiy 
    yo‘nalishlari hozirgi zamon g‘oyalariga mos kelmasligi, ba’zan esa zid bo‘lishi 
    mumkin. Ammo bu hol shunday merosni tarixiy dalil sifatida unutib yuborishga 
    asos bo‘la olmaydi. Faqat bularni tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganish kerak. 
    Bunda har bir asar va uning muallifining o‘tkinchi, reaksion jihatlariga qarab 
    emas, balki uning fanga, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalariga qarab, uning 
    ijodidagi ilg‘or xususiyatlariga qarab, uning faoliyatiga oqilona baho berish 
    kerak. 
    Tilshunoslik fani ham boshqa fanlar singari uzoq, ba’zan ziddiyatli yo‘lni 
    bosib o‘tgan ijtimoiy fandir va bu yo‘lni ilmiy asosda yoritib berish uchun 
    tilshunoslik fanini asosiy uch davrga bo‘lish mumkin: qadimgi asrlardagi, o‘rta 
    asrlardagi va yangi asrlardagi tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga 
    bo‘lish lozim. Ammo bunday davrlashtirish tilshunoslikning tarixiy bosqichlarini 
    tasvirlashda yagona yo‘l hisoblanmaydi. Chunki ilmiy yo‘nalishlar, oqimlar, 
    maktablar fan tarixida ular rivojlangan jo‘g‘rofiy mintaqalar nomi bilan, masalan: 
    Hind tilshunosligi, Moskva, Leningrad, Qozon, Iroq, Bag‘dod lingvistik 
    maktablari va boshqalar yoki ularning tub mohiyatini ifodalaydigan qiyosiy-
    tarixiy, tilshunoslik, naturalizm, psixologizm va boshqalar, yoki elat va millat 
    nomi bilan yuritiladigan hodisa, masalan: slavyanistika, polonistika, rusistika, 
    turkologiya, arab tilshunosligi, hind tilishunosligi va boshqalar. Qaysi til qanday 
    nomlanmasin, ularning vaqt jihatdan oldinroq shakllanganlari keyingilari uchun 
    zamin yaratgan va ular boshlang‘ich manba bo‘lib qolavergan. 
    Til haqidagi fan tilshunoslik yoki lingvistika deb yuritilib, O’rta Osiyoda XI-
    XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida 
    mustaqil fan sifatida tan olingan. Ammo odamlar ichidagi savodli kishilarning, 
    o‘z zamonlaridagi olimlarning tilga nisbatan qiziqishlari ancha ilgari boshlangan. 
    Qadimgi davrlarda tilga oid masalalar odatda boshqa muammolar, masalan, 
    falsafa, mantiq, tasavvuf, musiqa, hatto tabiiy fanlar bilan qo‘shilib ketgan edi. 
    Bu fanlar tilshunoslik fanining mustaqil shakllanishiga zamin yaratgan edi. Bu 
    shakllanish davri hozirgi kungacha bir qancha tarixiy yo‘llarni bosib o‘tgan, 
    masalan, eramizdan taxminan uch ming yil oldin Iroq, Turkiya, Suriya va Eron 
    mamlakatlarining qadimgi nomi Mesopotamiya shumer xalqlarining mamlakati 
    bo‘lgan, ikki ming yil ilgari misrliklarda tilshunoslik vujudga kelgan va nihoyat, 
    eramizning 
    birinchi 
    ming 
    yilligining 
    boshida 
    turon 
    qabilalarining 


    markazlashganliklari tufayli turon qavmining tili vujudga keldi va ularning 
    yozma tillari shakllandi. 
    Bu tillarda juda murakkab ideografik, keyin bo‘g‘in va harf yozuvi paydo 
    bo‘lgan. Shu paytdan boshlab esa yozuv ishlarini olib boradigan kotiblar 
    maktablarda bolalarga (barcha yoshdagilarga ham) yozuv o‘rgatgan. Shuni 
    ta’kidlash lozimki, yozuv ta’limini o‘rgatishni grammatik bilimlarsiz amalga 
    oshirish mumkin emas edi. Demak, shumerlar, misrliklar o‘z tillarini chuqur 
    bilgan ekanlar. Olimlarning fikricha, eramizdan oldingi VII asrlarda 
    Messopotamiyada sopol taxtachalarga yozilgan mix yozuvlari kutubxonasi 
    topilgan. Qizig‘i shundaki, bu yozuvlarning orasida alifbolar, lug‘atlar kabi o‘quv 
    qurollari ham topilgan. O’sha paytlardan boshlangan xunrezliklar, bosqinchilik, 
    turli-tuman urishlar va siyosiy-ma’naviy inqirozlar qabila va xalqlarning
    iqtisodiy hamda madaniy rivojiga katta to‘siq bo‘lib qolaverdi. Ma’lum bir 
    davrda bilimlarning, shu jumladan, tilshunoslikning avloddan avlodga, 
    pog‘onadan pog‘onaga o‘tish jarayoni nihoyatda susaygan. Qadimgi 
    Messopotamiya, Misrda shakllangan tilshunoslikning ko‘pchilik qonun-qoidalari 
    bu urush va vayronagarchiliklar tufayli keyingi avlodga yetib kelmagan. 
    Bosqinchilik, urushlar tufayli vayronagarchiliklarni sezilarli darajada o‘z 
    boshidan kechirmagan Gretsiya, Hindiston, bu toifaga Qadimgi O’rta Osiyo kabi 
    mamlakatlarda yaratilgan tilshunoslikning ko‘pchilik an’analari bizgacha yetib 
    kelgan. 
    Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda zamonasining mashhur faylasufi 
    Konfutsiy 
    (554-449y) 
    yozgan 
    solnomalarda 
    qadimgi 
    xitoy 
    yozma 
    yodgorliklarning grammatik tahlili berilgan. Bu asarlar “Bahor va kuz” deb 
    atalib, unda eramizdan oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. 
    Qadimgi xitoyliklar eramizdan 10 asr ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning 
    boshlarida esa ular sinonimlar lug‘ati ham tuzganlar. Ko‘rsatilgan dalillar 
    odamlarning tilshunoslik fani bilan juda qadimdan shug‘ullanishiga qaramasdan, 
    ular tilshunoslik fanining predmetini yaratish uchun asosiy zamin bo‘la 
    olmaganligini ko‘rsatadi. 
    Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari ikki mintaqada, o‘ziga xos ikki 
    xil madaniyat o‘chog‘ida vujudga kelgan. Bular qadimgi Hindiston, Qadimgi 
    Gretsiya, qadimgi Rimlardir. Shuning uchun tilshunoslik tarixining qadimgi davri 
    nafaqat qadimgi hind, qadimgi grek, qadimgi lotin, balki qadimgi Messopotamiya 
    va qadimgi Misr filologiyasini ham qamrab oladi. 
    Lingvistikaning ilm sifatidagi taraqqiyotini spiral shaklida tasavvur qilish 
    odat tusidagi bir hodisadir. Jamiyatning taraqqiy elishi tufayli tilshunoslikda 
    yangidan-yangi o‘zgarish va yutuqlar hamda, o‘z navbatida, yechimi murakkab 
    bo‘lgan vazifa va muammolar vujudga kela boshladi. Vujudga kelgan yangi 
    talqin va tahlillar tilshunoslikning predmetini aniqlash bo‘yicha hosil bo‘lgan 
    natijalar asosida til o‘rganishning yangi metodlari vujudga kela boshladi. 


    Agar qadimgi klassik fan tilni bir yagona shakl sifatida tasavvur qilib, uning 
    falsafiy va mantiqiy fikrlash tahlilini tushuntiradigan bo‘lsa, qiyosiy-tarixiy 
    tilshunoslik tilning genetik yaqinligi nuqtai nazardan kelib chiqishini tushuntirib, 
    tahlil qilib beradi. Mantiqiy maktablar borliqni tafakkurdagi umumbashariy deb 
    tasavvur qilsa, xususiy tilshunoslikda tilning milliy shakllanganligini, psixologik 
    maktablar tildagi tafakkur, tushunish muammolariga hamda to‘plangan ayrim 
    dalillarning semantik tahliliga murojaat qilganlar. Bu esa o‘z navbatida, tarixiy va 
    mantiqiy, nutq va tafakkur, ijtimoiy va shaxsiy muammolarni olimlar oldiga 
    ko‘ndalang qilib qo‘ymoqdir. 
    “Yosh grammatikachilar” maktabining vakillari tilning ikki xil faoliyatini, 
    ya’ni biri tilning individual psixologik faoliyati bo‘lib, u tilda bo‘ladigan 
    hodisalarning analogiyasiga asoslanishidan iborat. Analogiya esa assotsiatsiya 
    orqali yuz beradigan psixik hodisalardan kelib chiqadi. Ikkinchisi esa til 
    faoliyatidagi fiziologik hodisalir – bu esa tildagi fonetik o‘zgarishlarda o‘z aksini 
    topadi. Ular asosan tilning fonetik xususiyatlariga e’tibor berib, tilning 
    morfologik 
    xususiyatlariga kam e’tibor qaratishadi, tilning sintaktik 
    xususiyatlariga esa deyarli qo‘l urmaganlar. 
    Neogrammatikachilar, ya’ni grammatikadagi yangi yo‘nalishlar, tilning 
    ijtimoiy holatini, ayniqsa uning hozirgi holatini tahlil qilish tarafdorlari 
    bo‘lishgan. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ilm-fanning taraqqiyoti atrof-muhit 
    (obyekt) taraqqiyoti bilan yonma yon, yelkama-elka, ba’zida undan o‘tib ketishi 
    bu tilshunoslik fanining doimiy taraqqiyotdaligidan dalolat beradi. U bir joyda 
    to‘xtab qolmaydigan, rivojlanib borayotgan, doim oldinga harakat qilib, o‘sib 
    borayotgan jarayondir. 
    Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligining markazi, beshigi deb tan olingan, 
    chunki tilga bo‘lgan qiziqish va tilga oid hodisalar bilan ilk bor Hindistonda 
    qiziqishgan, ya’ni hind olimlari, faylasuflari til muammolari bilan 
    shug‘ullanganlar. Qadimgi Hindistonda adabiyot yodgorliklari – vedalar bo‘lib, 
    ular miloddan oldingi VI asrdan oldinroq paydo bo‘lgan. Vedalar to‘g‘risida 
    yaratilgan asarlar induizm dinining asosiy muqaddas kitoblari bo‘lib, bugungi 
    kungacha saqlanib kelingan va ular o‘z mohiyatlarini hanuzgacha yo‘qotmagan. 
    Eng qadimgi vedalardan biri 
    – bu “Rigveda” bo‘lib, vedalarning madhiyasi hisoblanadi. O’zining hajmi bilan 
    bu ulug‘ kitob Gomerning “Iliada” va “Odisseya” kitoblarining qo‘shib olingan 
    hajmiga to‘g‘ri keladi. “Rigveda” yuqori saviyada bitilgan va turli she’riy 
    uslubda yozilgan (1028 satrli) lirik asardir. 
    “Rigveda” tili vedalar tili deb atalib, puxta ishlangan qadimgi hind tili 

    Download 2.64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




    Download 2.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Tilshunoslik fani – til haqidagi fan

    Download 2.64 Mb.
    Pdf ko'rish