|
Telekommunikatsiya injiniringi
|
Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #262581 |
Bog'liq 19-navbatdan tashqari bayon11
FARG‘ONA FILIALI “TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI” KAFEDRASINING
Farg‘ona shahri 2024 yil 22-yanvar
QATNASHDILAR: Kafedra professor-o’qituvchilari va xodimlar
KUN TARTIBI:
1) 22.01.2024 kuni bo‘lib o‘tgan boshqaruv yig‘ilish kun tartibi bilan professor-o‘qituvchilarni tanishtirish.
ESHITILDI:
1. Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri O.Rayimjonova so‘zga chiqib, kunning birinchi yarmida bo‘lib o‘tgan boshqaruv yig‘ilish masalalarini birma- bir tushuntirib o‘tdi. Jumaladan quyidagi so‘zlarni aytdi,
Kafedra mudiri O.Rayimjonova o‘z so‘zida TSNQB ga har juma bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berish, har bir professor o‘qituvchilarning o‘sish ko‘rsatkichlarini belgilab berish topshirig‘i berilganligini aytib, bu bo‘yicha har bir xodim o‘z ustida ko‘proq ishlashi kerakligini ta’kidladi.
Kafedra mudiri o‘z so‘zida xafta so‘ngida ilmiy kengashga raxbarlar tashakkurnoma bilan taqdirlash uchun nomzodlar raqdim qilinishi kerakligini aytib o‘tdi.
Kafedra mudiri bu masala yuzasidan ishchi gurux reydlari davomida ish o‘rnida bo‘lmagan xodim bilan oylik tabellarni rasmiylashtirish jarayonida KB tomonidan tegishli munosabat bildirilishini ta’kidladi.
Kafedra mudiri bu masala yuzasidan ishga kelib-ketish daftari tuzilgan, uning monitoringi bo‘yicha laboratoriya mudiri R.Azimovdan xisobot olinmoqda. O.Rayimjonova o‘z so‘zida qaysi binoda bo‘lishingizdan qa’tiy nazar daftarga qo‘l qo‘yishingiz shart va ish vaqti davomida o‘z joyida bo‘lmagan xodimga tabelga ish kuni qo‘yilmasligi haqida ogohlantirdi.
|
| |