|
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsialar vazirligi Buxoro viloyati Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti Refarat
|
bet | 1/2 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 54,53 Kb. | | #154595 |
Bog'liq Abdumutalov Boburshox
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsialar vazirligi Buxoro viloyati Buxoro davlat universiteti
Axborot texnologiyalar fakulteti
Refarat
Guruh: 1-1 DIK 21-guruh.
Fan nomi: Sun’iy intellekt va neyron to’rli texnologiyalar.
Tayyorladi: Abdumutalov Boburshox.
Reja:
Sun’iy intellekt va neyron to’rli texnologiyalar
Matematik Masala ko’rinishida.
C++ dasturlash tilida dasturi.
Sun’iy intellekt va neyron to’rli texnologiyalar
Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.Sun'iy intellekt (SI) kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. SIni amalga oshirishning ko'p holatlarida - kompyuter shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli kompyuterlarga katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi naqshlarni aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin.
Neyron va neyron to’rlar. Sun’iy neyron to‘rlari (SNT) – sun’iy neyronlar birlashuvi bilan yuzaga kelgan, biologik nerv to‘rini juda ham soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Bu o‘rinda soddalashtirish darajasi neyronlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarning beqiyos murakkabligi bilan belgilanadi. Biologik nerv tizimlarida har bir neyron xossalar va funksiyalar to‘plamiga ega bo‘lib, ular ichida miyaning kommunikatsion tizimini tashkil qiluvchi nerv tolalari bo‘yicha elektroximik signallarni qabul qilish, ishlov berish va uzatish funksiyalari noyob hisoblanadi. Sun’iy neyron to‘rlari o‘z arxitekturasi bilan ajralib turadi: neyron-lar o‘rtasidagi bog‘lanishlar tuzilmasi, qatlamlar soni, neyronlarni faollashtirish funksiyalari, o‘rganish algoritmlari. Bu nuqtayi nazardan mashhur SNT ichidan statistik, dinamik to‘rlar va fuzzytuzilmalar; bir yoki ko‘p qatlamli to‘rlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. To‘rlardagi hisoblash jarayonlarning farqlanishi, qisman neyron-larning o‘zaro bog‘lanish usullaridan kelib chiqadi, shu sababli to‘rlarning quyidagi turlarini ajratishadi: – to‘g‘ri tarqalish to‘rlari (feedforward) – signal to‘r bo‘yicha faqat bitta yo‘nalish o‘tadi: kirishdan chiqishga; – teskari bog‘lanishli to‘rlari (feedforward / feedback); – yonlanma bog‘lanishli to‘rlar (laterally connected); – gibrid to‘rlar. Umuman olganda, bog‘lanishlar tuzilmasi bo‘yicha SNT ikkita sinfga guruhlanishi mumkin: 1) to‘g‘ri tarqalishli to‘rlar – tuzilmada teskari bog‘lanishlar yo‘q; 2) rekkurent to‘rlar – teskari bog‘lanishli.
Sun’iy neyron – biologik neyronning ba’zi funksiyalarini bajaruvchi SNT elementi bo‘lib, uning asosiy vazifasi kirish signallariga bog‘liq holda chiqish signalini shakllantirishdan iborat. Eng keng tarqalgan konfiguratsiyalarda kirish signallari moslashuvchi summatorlar orqali silliqlanadi, keyin summatorning chiqish signali nochiziqli o‘zgartirgichga (faollashtirish funksiyasiga) kiradi va u yerda ham o‘zgartirilib chiqishga uzatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsialar vazirligi Buxoro viloyati Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti Refarat
|