• Laboratoriya mashg‘ulotni bajarishga oid mustaqil variantlar.
  • 4. Nazorat savollari
  • 1 Laboratoriya mashg‘uloti




    Download 15.21 Kb.
    Sana20.09.2023
    Hajmi15.21 Kb.
    #82931
    Bog'liq
    1-Laboratoriya

    1 - Laboratoriya mashg‘uloti.


    Mavzu: Elektron jadvalda energetik masalalarini yechish


    Ishning maqsadi: Excel dasturida Kulon qonuni va unga doir energetik masalalar echish hamda bilim va ko‘nikmalarni masalalar yordamida shakllantirishdan iborat.

    Laboratoriya mashg‘ulotni bajarishga oid mustaqil variantlar.


    1.3-masala. Ikkita zaryadlangan jismlarning o‘zaro tortish kuchi:


    a) ular orasidagi masofa ikki baravar ortsa;
    b) zaryadlardan bittasi uch baravar ortsa;
    v) ikkala zaryad ikki baravar ortsa, qanday o‘zgaradi?
    1.4-masala. Ma’lum masofadagi ikki zaryad vakuumda 10-4 N kuch bilan, suyuqlikda esa 5·10-5 N kuch bilan ta’sirlashadi. Suyuqlikni nisbiy dielektrik singdiruvchanligini aniqlang.
    1.5-masala. Ikki zaryadlangan jismlar orasidagi rq=0,1 mm masofaga oshirildi. Agar ularning zaryadlari q1=q2=5·10-6 Kl bo‘lsa, ular orasidagi tortish kuchi qanchaga o‘zgaradi? Nisbiy dielektrik singdiruvchanlik εr=5.
    1.6-masala. Og‘irligi 10-3 kg bo‘lgan zaryadlangan shar, zaryad ishorasi bir xil bo‘lgan jism tepasida 0,1 mm masofada erkin osilib turibdi. Agar sharning zaryadi jism zaryadidan 10 baravar kam bo‘lsa, uning zaryadi topilsin.
    1.7-masala. Ikkita bir xil ishorali, oraliq masofasi 0,1 mm, birining zaryadi ikkinchisinikidan 4 baravar katta bo‘lgan zoldirlar orasiga uchinchi zoldimi qanday masofada joylashtirilsa, u muvozanatda bo‘ladi?
    1.8-masala. Ikkita bir xil ishorali zaryadlangan sharlarni o‘zaro ta’sir kuchi, ular orasidagi tortish kuchi bilan muvozanat holatidadir. Agar sharlarning og‘irligi 10-3 kg dan bo‘lsa, ularning zaryadini aniqlang.
    1.9-masala. 2·10-6 va 3·10-6 Kl zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi va ular orasidagi masofa 0,15; 0,25; 0,35 mm bo‘lganida topilsin.
    1.10-masala. Radiusi 0,1 mm bo‘lgan sharning zaryadi 0,01 Kl ga teng. SHarning birlik sirtiga to‘g‘ri keladigan zaryadi topilsin.
    1.11-masala. O‘tkazgichning zanjiridan t=10 sekund vaqt ichida, q=10 Kl zaryad oqib o‘tmoqda. O‘tkazgich zanjiridan oqayotgan I tokning miqdorini aniqlang.
    1.12-masala. O‘tkazgichning zanjiriga ulangan ampermetr I=5 A ni ko‘rsatmoqda. O‘tkazgich zanjiridan t=15 sekund vaqt ichida oqayotgan q zaryadning miqdorini aniqlang.
    1.13-masala. Fazoda joylashgan q1=10 nKl va q2=9 nKl zaryadlar r=5 sm masofada joylashgan bo‘lib, zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi F ni aniqlang.
    1.14-masala. Fazoda joylashgan q1=20 nKl va q2=30 nKl zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi F=5*10-12 N bo‘lib, zaryadlar joylashgan r masofani aniqlang.
    1.15-masala. Fazoda joylashgan q2=15 nKl va zaryadlar r=3 sm masofada joylashgan hamda, zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi F=5,4*10-8 N ga teng bo‘lib, fazoda joylashgan q1 zaryad miqdorini aniqlang.
    1.16-masala. Fazoda joylashgan q1=30 nKl va zaryadlar r=1 sm masofada joylashgan hamda, zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi F=7,2*10-10 N ga teng bo‘lib, fazoda joylashgan q2 zaryad miqdorini aniqlang.


    4. Nazorat savollari
    1. Kulon konuni nechanchi yilda kashf etilgan?
    2. Ikki nuqtaviy zaryadning o‘zaro ta’sir kuchini aniqlash formula-sini keltiring.
    3. Elektr zaryadning o‘lchov birligi qanday?
    4. Bir xil va har xil zaryadlangan zarrachalar qanday o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi?
    5. Nuqtaviy zaryadlarning o‘lchov birligi?
    6. Muhitning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi qanday belgi-lanadi?

    Foydalanilgan adabiyotlar


    1. Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007.
    2. N.Jabborov, M.Yakubov, Elektrotexnika va elektronika asoslaridan masalalar to‘plami, O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2004.
    3. M.Ismoilov, M.G.Xaliulin, «Elementar fizika masalalari», Toshkent, 1993.



    Download 15.21 Kb.




    Download 15.21 Kb.