|
1. Malumotlar bazasi tushunchasi
|
Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,79 Kb. | | #125953 |
Bog'liq AKT2
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida soha bo`yicha ma’lumotlar bazasini yaratish.MS Access muhitida turli surovlar yaratish va SQL so`rovlar tili
Reja:
1.Malumotlar bazasi tushunchasi
2.Malumotlar bazasining modellari turlari
3.Malumotlar bazasini boshqarish tizimlarida ishlash texnologiyasi
1.Baza bu - ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga matn, son, tasvir, audio va videolar kirishi mumkin. Masalan, matn klaviaturada kiritiladi, ovoz kompyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar raqamli kamera, video va uning ovozi esa raqamli videokamera orqali yoziladi hamda kompyuterning xotirasiga saqlanadi.
Axborot - bu ishlov berilgan malumotdir. Aniqrog`i tashkiliy, aniq, sifatli va foydali malumotlardir. Undan tashqari axborot xujjatlari audio ko`rinishida, tasvir va video ko`rinishda bo`lishi mumkin. Masalan, muloqot aloqasi (yani yozilgan ovoz) elektron xat shaklida, do`stga, oila azolariga ularni eshitish uchun yuborilgan bo`lishi mumkin. Yana bir misol, do`stlar raqamli kamerada olingan fotorasmni Veb saxifada ko`rishi mumkin. Veb kamerada real vaqt rejimida video konferensiya shaklida ko`rib, gaplashish mumkin bo`ladi.Kompyuterlar axborotlarga malumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, universitetning malumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi malumotlarni o`z ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim kompyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi.
2.MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo`lishi mumkin. Har qanday modelga o`zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi obyekt sifatida qarash mumkin. Shunday obyekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo`ladi. MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud:
Relyatsion, iyerarxik va semantik tarmoq. Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda malumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda xolda u ikki o`lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo`ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog`langan to`plamidan iborat.
Sonli maydon. Sonli malumotlarni kiritishga xizmat qiladi va xisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo`lishi mumkin.
Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan xolda saqlab quyish imkonini beradi (01.06.01 20:29:59). 8 bayt o`lchamga ega.Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda aloxida maydon- unikal maydon bo`lishi taminlanadi.
Unikal maydon-bu qiymatlari takrorlanmaydigan maydondir.
Misol sifatida talabalar xaqidagi malumotlarni saqlovchi malumotlar omborining bir qismini keltiramiz.
3.Avvalo malumotlar bazasini yaratish bosqichlarini aniqlab olaylik. Bunda quyidagi bosqichlarni ajratib ko`rsatish mumkin:
Muammoning qo`yilishi. Bu bosqichda MB ni yaratish uchun vazifa shakllantiriladi. Unda bazaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi batafsil bayon etiladi. Shuningdek, ushbu MB da qanday turdagi ishlarni bajarish mo`ljallanayotganligi (tashlash, qo`shish, malumotlarni o`zgartirish, xisobotni ekranda chiqarish yoki chop etish va xakozo) sanab o`tiladi.
Obyektning tahlili. Bu bosqichda MB qanday obyektlardan tuzilishi mumkinligi va ularning xususiyatlari, yani obyekt qanday parametrlar bilan aniqlanishi ko`rib chiqiladi. Barcha malumotlarni aloxida yozuvlar yoki jadvallar ko`rinishida joylashtirish mumkin. Shundan so`ng har bir aloxida yozuv birligining turi (matnli, sonli va xokazo) aniqlanadi.
Model sintezi. Bu bosqichda yuqoridagi taxlil asosida MB modeli tanlanadi (Relyatsion, iyerarxik, tarmoqli). Har bir modelning yutuqlari, kamchiliklari aniqlanib, yaratilayotgan MB ning 1-bosqichda qo`yilgan talablarga javob berish- bermasligi, qo`yilgan masalani yechish imkoniyatiga ega bo`lishi ko`rib chiqiladi. Model tanlangandan so`ng uning sxemasi jadvallar va tugunlar orasidagi bog`lanishlar ko`rsatilgan xolda chizib chiqiladi.
MS Access dasturi interfeysi
MS Access dasturi MS Office dasturlari turkumiga kiruvchi, berilganlar bazasi bilan ishlovchi dastur. O`quvchi tomonidan birinchi savol tug`ilishi mumkin, "Berilganlar bazasi nima?". Berilganlar bazasi - ayni bir soxaga tegishli bo`lgan, kerakli, tartiblangan, strukturalashtirilgan qiymatlar, ko`rsatkichlar to`plami. MS Access dasturi esa shu berilganlarni qayta ishlaydi. Har qanday berilganlar bazasi bilan ishlovchi dasturlarni asosini jadvallar tashkil qiladi, shu jumladan MS Access dasturini ham. Demak, MS Access dasturida berilganlar bazasini yaratish deganda dastavval jadvallar yaratib olishni nazarda tutamiz, keyin esa shu jadvallardagi malumotlar bilan ishlash qulay bo`lishi uchun dasturning boshqa imkoniyatlaridan foydalanamiz.MS Access dasturi yordamida quyidagi obyektlarni yaratish mumkin:
Jadval (Tablitsa)
So`rov (Zapros)
Forma (Forma)
Hisobot (Otchyot)
Makros (Makros)
Modul (Modul)
MS Access dasturi interfeysi.
|
| |