|
1-Ma’ruza. Avtomobil yo’llari arxitekturasi
|
bet | 1/2 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 5 Mb. | | #106916 |
Bog'liq 1 Maruza 1-Ma’ruza. AVTOMOBIL YO’LLARI ARXITEKTURASI 1-Ma’ruza. AVTOMOBIL YO’LLARI ARXITEKTURASI Reja: - Avtomobil yo’llari qoʼyiladigan arxitektura talablari.
- Yoʼl yoʼnalishlari, belgilari va yodgorlik shakllari.
- Yoʼl boʼyini koʼkalamzorlashtirish.
- Yoʼl moddiy va maʼnaviy yodgorlik sifatida.
- Аvtomobil yoʼllarini estetikasi va obodonlashtirish.
- Аvtomobil yoʼllarini arxitektura-landshaft tashkil etish.
Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri bu arxitekturadir. Arxitekturaga ta’rif bermasdan avval "arxitektura" so‘zining kelib chiqishiga nazar tashlaylik. So‘z ildizi "tektura" qurilish san’ati ma’nosini berib, "arxi" qo‘shimchasi esa oliy, yuqori darajada degan ma’noni bildiradi. Demak "arxitektura" — qurilishning yuqori bosqichi, ya’ni oliy darajadagi qurilish demakdir. Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri bu arxitekturadir. Arxitekturaga ta’rif bermasdan avval "arxitektura" so‘zining kelib chiqishiga nazar tashlaylik. So‘z ildizi "tektura" qurilish san’ati ma’nosini berib, "arxi" qo‘shimchasi esa oliy, yuqori darajada degan ma’noni bildiradi. Demak "arxitektura" — qurilishning yuqori bosqichi, ya’ni oliy darajadagi qurilish demakdir. Aynan shu ma’noda ’’arxitektor” o‘zbek tilidagi "me’mor" so‘ziga yaqin turadi. Shuning uchun ham arxitekturaga nisbatan me’morchilik atamasi keng ishlatiladi. Arxitektura qurilish san’atining oliy darajasi, biroq har qanday qurilishni ham arxitekturaga tenglashtirish yoki o‘xshatish mumkin emas. Chunki qurilish juda keng qamrovli so‘z bo‘lib, arxitekturaga mos bo‘lmagan ayrim sohalarni ham o‘z ichiga oladi Arxitektura uning hozirgacha qabul qilingan ta’rifi shunday: arxitektura — inson va jamiyat faoliyati, insonning maishiy turmushi, mehnati, umuman hayoti uchun fazoviy muhit yaratish san’atidir. Bu yerda "fazoviy" deyilganda kosmosni emas, balki yer satxi ustida quriladigan ob’ektlar joylarni nazarda tutiladi. Bunday fazoviy muhit yopiq yoki ochiq bo‘lishi mumkin. U chegaralovchi, belgilovchi (devor, tom, to’siq, panjara, dov—daraxt, yo’l, tosh kabi) strukturalar yordamida tashkil etiladi. Masalan, Toshkentdagi Ohangaron yo’lidagi 3 qavatli yo’l o’tkazgich beton va tosh taxtalar, to’siq—devor, dov—daraxt yordamida atrofdan chegaralanib, fazoviy muhit hosil etilgan. Bu yerdagi obekt ostida va ustida ham qisman chegaralangan muhit hosil qilingan. Sayr yo‘llari ham ochiq muhitdir. Ular daraxt, buta, maysa, plita, tosh, yordamida rejalangan.
|
| |