|
1-Ma’ruza. Avtomobil yo’llari arxitekturasi
|
bet | 2/2 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 5 Mb. | | #106916 |
Bog'liq 1 Maruza Arxitektura uning hozirgacha qabul qilingan ta’rifi shunday: arxitektura — inson va jamiyat faoliyati, insonning maishiy turmushi, mehnati, umuman hayoti uchun fazoviy muhit yaratish san’atidir. Bu yerda "fazoviy" deyilganda kosmosni emas, balki yer satxi ustida quriladigan ob’ektlar joylarni nazarda tutiladi. Bunday fazoviy muhit yopiq yoki ochiq bo‘lishi mumkin. U chegaralovchi, belgilovchi (devor, tom, to’siq, panjara, dov—daraxt, yo’l, tosh kabi) strukturalar yordamida tashkil etiladi. Masalan, Toshkentdagi Ohangaron yo’lidagi 3 qavatli yo’l o’tkazgich beton va tosh taxtalar, to’siq—devor, dov—daraxt yordamida atrofdan chegaralanib, fazoviy muhit hosil etilgan. Bu yerdagi obekt ostida va ustida ham qisman chegaralangan muhit hosil qilingan. Sayr yo‘llari ham ochiq muhitdir. Ular daraxt, buta, maysa, plita, tosh, yordamida rejalangan.
Arxitekturaning maqsadi va vazifalari. Insonlarning yashashi, ishlashi va dam olishiga mo‘ljallanib tashkillashtirilgan makonni yoki muhitni shakllantirish arxitekturaning bosh vazifasidir. Biroq, uning vazifasi bu bilan cheklanmaydi. Ma’lumki, har qanday muhit odamlar ruhiyatiga, ongining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki arxitekturada qo‘llaniladigan hajmiy shakllar, moddiy muhit biron bir jozibali ko‘rinishga yoki axborotga ega bo‘ladiki, ular odamlar didiga, ongiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Arxitekturaning vazifasiga ana shu muhitda insonlar uchun o‘ziga xos qulaylik va shinamlik yaratishgina emas, balki insonning go‘zallikka bo‘lgan ehtiyojini qondirish, u yashayotgan jamiyat madaniy hayoti, xalqchil milliy an’analari va ilg‘or estetik tuyg‘ularini o‘zida aks ettirish kabi vazifalar ham kiradi.
Arxitektura insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. U insoniyat jamiyati yashash va dam olish vositalarining qanchalik zaruriy qismlari (turarjoy uylari, jamoat binolari, bog‘ va parklar, xiyobonlar va boshqalar)dan tarkib topsa, xuddi shunchalik ishlab chiqarish vositalari (zavod va fabrikalar, elektr va issiqlik stansiyalari, ishlab chiqarish korxonalari)dan ham tarkib topadi. Umumiy ma’noda arxitektura - bu insoniyatning yashashi va faoliyati uchun sun’iy shakllantiriladigan, amaliy va ma’naviy ehtiyojlarga mo‘ljallangan moddiy muhitlar tizimidir. Ayni paytda, arxitektura bu san’at hamdir. Shu boisdan arxitekturada muayyan hayot tarzi, davr tafakkuri va talabi, muayyan estetik va mafkuraviy ehtiyojlar, g‘oyalar majmuasi o‘zining moddiy va badiiy ifodasini topadi.
Qadimgi yo’llar takomillashgan obyekt hisoblanmagan – ularda harkatlanish ko’pincha qiyin va xavfli bo’lgan. Yo’lda yuruvchi yo’lovchining harakati yengil va tez bo’lishi – yo’lning sifatiga: uning kengligiga, ravonligiga, to’siqlarning borligiga, dam olish imkoniyatiga, tunash joyiga, suv manbalariga bog’liq bo’ladi.
Qadimda, Assiro-Vavilonda, qadimgi Hindistonda, Gretsiyada, Xitoyda yuzaga kelgan mifologik manbalarda yo’lga tegishli bo’lgan «to’g’ri», «keng», «tog’li» atamalarni uchratish mumkin. Shunday qilib qadimda yo’lning sifati to’g’risida texnik deb ataluvchi ideal-abstrakt tushunchalar tug’ilgan: ya’ni uning to’g’riligi, kengligi, qoplamaning ravonligi, yo’lda toshlar yoki boshqa buyumlarning bor yoki bo’lmasligi.
Ammo qadimda bunyod qilingan, ya’ni qurilgan yo’llarni hozirda «obodonlashtirish» deb ataluvchi atamasiz tafakkur qilib bo’lmaydi. Eng qadimgi yozuvlarda yo’l to’g’risida, shuningdek yo’lni obodonlashtirish usullari, ularning darajasi haqida to’g’ridan-to’g’ri ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar bizning eragacha bo’lgan 1299 yilda yashab o’tgan Misr fir’avni Ramzes II ga tegishli bo’lib, unda yo’lni obodonlashtirishga katta e’tibor berilgan.
Yo’lning amaliy va estetik sifati ko’p holatlarda uni texnik jihatdan ko’rilayotgan davr uchun transport turiga bog’liqdir. Birlamchi yo’llar yoki yo’lovchi yo’lakchalari joyning relyefiga uzviy bog’liq, ular sun’iy shaklda bir biridan ajralib turmagan. Ammo g’ildirakli transportning paydo bo’lishi bilan (, 6000 yil avval) ayrim hududlarda bo’ylama qiyalikni ko’tarmalar, ya’ni sun’iy yo’l qurish bilan o’zgartirishga to’g’ri kelgan. Bunday ko’tarmalar qadimgi Mesopotamiyada, Persiyada va boshqa hududlarda qurilgan, ammo yo’l umuman muhandislik inshooti sifatida ko’rilmagan.
Sifatli o’zgarish bizning eradan avval IV-II asrda qadimgi Rimda ro’y bergan. Bunda yo’lga landshaft bilan uyg’unlashgan holda sun’iy shakl berilgan.
Yo’lni to’g’ri qilib qurishga, toshli qoplama yoki qum bilan qoplashga harakat qilingan. Agar jar yoki kichik daryochalar uchrasa, ularni ko’prik qurish bilan o’tilgan, ko’tarmalar qurilgan, ularga tekislash bilan estetik chiroy berilgan.
Arxitektura-qurilishga oid «Yo’lning husni (chiroyi)» degan tushuncha shakllangan, inson qo’li bilan yaratilgan sun’iy inshootlar barpo bo’lgan.
Takidlash kerakki, Rim yo’llarining to’g’riligi faqat aloqani tezlashtirish bo’lib qolmasdan (harbiy-strateg, pochta aloqasi), rim transportining xususiyati bilan bog’liq bo’lgan. Qadimgi rimliklarda g’ildirakli aravalarda buruvchi o’qlar bo’lmagan. Tosh terilgan yo’llar faqat transport harakatini o’zgartirib qolmasdan unga, yangi estetik ko’rinish bergan. Yo’llar yoki tosh terilgan ko’chalar umumiy holatda arxitekturali-tashkiliy muhitga aylangan, o’zining konstruktiv materiali bilan qadimgi shaharlarning binolariga yaqinlashib borgan.
Insoniyat tarixining qadimgi bosqichida maxsus yo’llar shakillana borgan.
Eng ko’p tarqalgan yo’l bu harbiy-strateg va savdo ahamiyatiga ega, shuningdek podshohlar va sarkardalar yo’llari bo’lgan.
Qadimgi podshoh yo’llariga misol tariqasida assiriy podshohi Sinaxribning bizning eradan 700 yil avval Vavilonda qurgan yo’lini ko’rsatish mumkin. Bu amalda shahar yo’li bo’lib, relyefga moslashtirilgan va haykallar bilan bezatilgan.
Balkonlar va yo’lga chiqib turadigan birorta narsa qurishga ruxsat berilmagan.
Podshoh yo’llari juda yuqori darajada obodonlashtirilishi va ko’kalamzorlashtirilishi bilan boshqa yo’llardan ajralib turgan.
Insonlar yo’l chetida ko’kalamzorlashtirishning kerakligini erta tushunganlar. Boshqa ko’p holatlar kabi bunda tabiatni o’zi ularga ishonchli o’qituvchi bo’lgan. Orientirlash uchun qulay daraxtlar (yo’l chetida o’sgan daraxtlar) dam olish uchun ham qulay bo’lgan, ular soya solgan va yog’ingarchilikdan saqlagan.
Daraxtlar va butalar tabiiy yo’l - daryolarni chetida o’sgan. Bu asosan quruq issiq iqlimli qadimgi sharq sivilizatsiyasiga, Nil daryosi vodiysi, Panjobdagi ikki daryo oralig’iga xos bo’lgan.
Min dinastiyasi davrida Xitoyda qurilgan muqaddas yo’l
Neolit davrining boshlanishi yerlarni qayta ishlash, madaniy o’simliklarning ekish chegaralarini belgilash va yo’lovchi yo’lakchalarini tashkil qilishda landshaft-qayta o’zgartirish tadbirlarining boshlanishi hisoblanadi.
Eramizgacha bo’lgan VI-V asrga taalluqli bo’lgan Persepoldagi (Persiya) Dariya I ga tegishli qasr tashlandiqlaridan topilgan toshli relyeflarda daraxtlar alleya qatori ko’rinishida tasvirlangan. Salamansara III ga tegishli darvoza oldida ketayotgan harbiyning daraxtlar oldidan o’tishi tasvirlangan
Yo’l chetidagi daraxtlar. Salamansara III ga tegishli darvoza oldidagi daraxtlar
Qadimgi Xitoy imperatori Sin-Shixuandi bizning eragacha III asrda yo’l qurilish dasturini amalga oshirib, katta masshtabda yo’l chetiga daraxtlar ekishni buyurgan. Bu dasturni keyinchalik Chingiz xonning nabirasi Xubalay (XIII asr) davom ettirgan. U Xulaguid imperiyasi davrida yo’l chetiga daraxt ekishni buyurgan. Daraxtlar faqat soya berib va uni bezatib qolmasdan, harakatning yo’nalishini ham belgilagan.
Ming yillar davomida quruqlikdagi yo’llar ko’kalamzorlashtirilgan. Bunday ko’kalamzorlashtirishning odatdagi shakli to’g’ri bo’lib, boshqa shakllardan ajratib turgan, shuningdek ular yo’nalish olish imkonini bergan.
Daraxtlar yo’lda derenaj ro’lini ham o’ynagan, soya solib turgan, ayrim hollarda meva bergan. Shu bilan birgalikda to’g’ri ekilgan daraxtlar tabiiy shakl bilan uyg’unlashib ketgan.
Yevropada alleyalarni doimiy ekish XVII asrdan yo’l qurilishi keng ko’lamda olib borilishi bilan boshlangan.
Ma’lumki avtomobil yo’llari muhandislik inshooti sifatida, yuz yillar davomida xizmat qilishga mo’ljallangan bo’lib, yuqori estetik talablarga javob berishi kerak. Ular faqat landshaftning butunligi va xusnini buzmasdan, aksincha o’zining ratsional joylashuvi bilan joyning alohida xususiyatlari va uning chiroyini ochib berishi kerak. Shuningdek estetik talablarni qanoatlantirish balan birgalikda yuqori tezlikda yuk va yo’lovchi tashish jadalligini oshirishi, transportlarning ishlashida minimal sarfni ta’minlashi, qulay bo’lishi, haydovchi va yo’lovchilarni charchatib qo’ymasligi kerak.
Joylarda yo’llarning joylashuvini uchta ko’rinadigan yo’nalish bo’yicha baholash kerak: tashqi tomondan, aholi joylarida yashovchi insonlar nazaridan; avtobus va yengil mashinalarning yo’lovchilari yo’lga qaraganida ko’zga tashlanadigan manzara nazaridan; yo’l bo’ylab avtomobil haydovchisining o’tirgan joyi nazaridan. Oxirgi holatda yo’l – bu haydovchilarning mehnat faoliyati olib boradigan joy sifatida ko’rilishi kerak. Haydovchi tomonidan uning qabul qilinishi, bevosita diqqatli bo’lishi va charchamasligini ta’minlashi kerak, chunki u mehnat unumdorligi va harakatning xavfsizligiga ta’sir qiladi.
Yo’llarni landshaft bilan uyg’unlashtirish amalda muhandislar tomonidan XIX asrdan boshlab amalda keng qo’llanilgan. Mashhur muhandis N.O.Kraft Chenchen deb ataluvchi joydan o’tuvchi Varshava va Krakov oralig’idagi yo’lni juda qulay va yaxshi estetik ko’rinishga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Yo’llarni loyihalashda estetika masalasi keyinchalik chop etilgan adabiyotlarda ham keltirilgan. Masalan 1912 yili Kievda prof. Dubeler tomonidan chop etilgan “Городские улицы и мостовые” kitobida shahar yo’llarining to’rini rejalashtirishda“ imkoni boricha rassomchilik tavsiflarining talablarini ham qanoatlantirish kerak ” degan so’zlar bitilgan.
Arxitekturaga xos jixatlar
Arxitekturaning o‘ziga hos xususiyatlari mavjud. Buni yaqqol tushunish uchun uni boshqa san’at turlari bilan taqqoslab ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Arxitektura rassomchilik va xaykaltaroshlik kabi borliqni konkret ko‘rinishda tasvirlovchi san’at emas. Arxitektura ifodali bunyodkorlik san’atdir. U borliqni umumlashtirilgan holda ifoda etadi. Qaysidir darajada sinf, jamiyat yoki butun bir davrning g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. Rassom chiziq va bo’yoq yordamida ikki koordinat o‘lchamga —eni va bo‘yiga ega bo‘lgan tekislikda asar yaratadi, o‘zi tanlagan mavzuni grafik uslubda yoki ranglar majmuasida ifoda etadi va tasvirlaydi.
Arxitekturaning bir - biri bilan chambarchas bog‘langan uch jihatlari mavjud. Bular mustahkamlik, foydalilik va badiiylikdir. Boshqacha qilib aytganda arxitektura asariga quyidagi talablar qo‘yiladi: birinchidan, arxitektura asari insonning foydalanishiga qulay bo‘lsin, qanday maqsadda qurilgan bo‘lsa shu maqsadni to‘la ado etsin; ikkinchidan - asar o‘z—o‘zini va unga qo‘yilgan yukni ko‘tara oladigan, tashqi muhit va tabiat ta’sirlariga'' chidash beradigan bo‘lsin - va uchinchidan, asar ko‘rinishi ta’sirli, insonni to‘lqinlantiradigan unga zavq beradigan bo‘lishi kerak. Bu uch jihatni dastlab antik davr arxitektori va muhandisi Mark Vitruviy anglagan edi. Uning ta’biricha, “har narsa (gap arxitektura asari to‘g‘risida ketayapti) mustahkamlikni, foydani va go‘zallikni nazarda tutgan holda qilinishi kerak". Bu yerda "mustahkamlik" konstruktiv jihatni, "foyda" — funksiyani, "go‘zallik" esa — estetik jihatni ifodalaydi. Mazkur uch jihatlarning o‘zaro munosabati biri boshqasiga halal bermaydigan darajada uyg‘un va mushtarak bo‘lishi kerak. Masalan, arxitekturaning konstruktiv jihati uning funksiyasiga yoki estetikasiga zid bo‘lmasligi lozim va hokazo.
Ba’zi tadqiqotchilar zikr qilingan uch jihatga yana to‘rtinchisini ya’ni iqtisodni ham qo‘shadilar, Haqiqatan ham iqtisodiy talab juda muhimdir. Lekin boshqa tadqiqotchilar ularga, bizningcha asosli ravishda e’tiroz bildiradilar. Ularning fikricha, iqtisodiy talab o‘sha uch talablarning zamirida yotadi. Ya’ni arxitektura asari, masalan, bino o‘z vazifasini mukammal ado etishi uchun muhit yaratishda ortiqchalikka yo‘l qo‘yilmaslik lozim bo‘ladi. Bino mustahkam bo‘lsin deb uning qurilmalarini, masalan devorni bekorga qalin qilmaslik kerak. Bino chiroyli bo‘lsin degan maqsadda ortiqcha bezakka, bachkanalikka yo‘l qo‘ymaslik zarur va hakazo.
Arxitektura san’atni, texnikani va fanni o‘zida birlashtirgan sohadir. Sifatli arxitektura asari yaratilishi uchun nozik did, mukammal qurilish mashinalari, qurilish materiallari va hokazo, aniq hisob — kitob va ishchi kuchi, quruvchilar safarbar etiladi. Arxitektorlarning ijodiy doirasi nihoyatda kengdir. Memorchilikda avtobus bekati, piyodalar yo’lagi kabi "kichik me’moriy shakllar" deb atalmish jajji qurilmalardan tortib to yirik bino va maydonlar, butun shahar-qishloqlar va xatto undan katta yer-joylar rejalashtiriladi. Arxitekturaning asosiy tarmoqlari bir necha.
|
| |