|
1-ma’ruza. Fanning muhandis-mashinasozlarni tayyorlashdagi o'rni va ahamiyati
|
bet | 1/2 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 50,4 Kb. | | #152327 |
Bog'liq 1-maruza AIChTJ
1-ma’ruza.
FANNING MUHANDIS-MASHINASOZLARNI TAYYORLASHDAGI
O'RNI VA AHAMIYATI.
Reja
1). Fanning maqsad va vazifalari.
2). Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar.
3). Stanoklarning puxtaligi.
Asosiy adabiyotlar
1. Перегудов Л.В, Хашимов А.Н., Шалагуров И.K, Перегудов С.Л. “Автоматлаштирилган корхона станоклари.” Тошкент.: “Ўзбекистон”, 2001.496.
2. Пуша Э.В ‘Металлорежушие станки.’ Под.ред.. М.: “Машиностроение”, 1986.586с.
3. Saidova M.H. “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologik jihozlari ” fanidan ma’ruzalar matni -2020 yil 108 b
1). Fanning maqsad va vazifalari.
Hozirgi mashinasozlikni jadallashtirish, uning uning samaradorligini oshirish va chiqariladigan maxsulotning raqobatlasha olishini ta’minlash uchun ishlab chiqarish unumini va texnalogik usullarini aniqligini oshirish shuningdek uni keng ko’lamda aftomatlashtirish asosiy hisoblanadi.
Xozirgi mashinasozlikda ishlab chiqaraladigan maxsulotlarning konstruksiyasi yzluksiz murakkablashib, turi ortib bormoqda, ishlab chiqarish obyektlari tez-tez almashib, yangi mahsulotni o’zlashtirish muddatlari qisqarmoqda. Yuqorida keltirilgan tadbirlarni amalgam oshirish uchun moslashuvchi ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish metallarni keng ko’lamda qo’llanishtalab etilmoqda. Moslashuvchi ishlab chiqarish sistemalarning qayta moslanadigan raqamli boshqaraladigan dasgohlarning texnologik va yordamchi uskunalar tashkil etadi. RBA sistemasining to’liq avtomatik usulda ishlashini va korxonadagi boshqa bo’limlar bilan ham aloqani ta’minlaydi.
Moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalarda sanoat robotlari keng ko’lamda ishlatiladi. Bunday robotlardan asosiy texnologik uskuna sifatida ham, zagatofkalarni berib turish tayyor detalni yechib olish va tashishga mo’ljallangan yordamchi uskunalar sifatida ham foydalanish mumkin.
Aniq ishlab chiqarish masalalarni hal etish maqbul stanoklarni tanlashda va ularning texnik darajasini qiyosiy baholashda qator texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlarga stanokning ish unumi, aniq ishlov berish, puxtallik, moslashuvchanlik va iqtisodiy samaradorlikni aytish mumkin.
Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar uchta talab etilgan, kutilgan va haqiqiy xillarga bo’linadi.
1). Talab etilgan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar buyurtmachining boshlang’ich talabini ilg’or yutuqlari va mamlakatimizdagi hamda xorijiy stanoklarning texnik darajasini tahlil etish, patent xujjatlarni hamda tajriba tadqiqot ishlarining natijalarini o’rganish asosida stanoklarni ishlab chiqarish topshirig’ida ko’rsatiladi.
2). Kutilgan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar stanoklarni loyihalashda hisoblab chiqish, ya’ni hisoblarni ishonchliligi loyiha konstruktorlik xujjatlarini tuzish bosqichlardagi boshlang’ich ma’lumotlardagi, boshlang’ich ma’lumotlarning aniqligiga bog’liq.
3). Haqiqiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar tayyorlangan, real sharoitlarda ishlayotgan stanoklarni tafsiflaydi.
Stanokning ish unumi vaqt birligida ishlab chiqarilgan ishga yaroqli mahsulot miqdori bilan o’lchanadi. Stanoklar kompleksdan tuzulgan avtomatik linyaning ish unumi, odatda so’ngi aperatsiya (ish) bo’yicha hisoblanadi.
Stanokning sikldagi yoki nazariy texnik va haqiqiy ish unumi uning vaqt birligida turli sabablar bilan to’xtash vaqtini hisoga olgan holda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi.
(1)
Bu yerda Tц=ta+ te – sikl vaqti ta- a asosiy (texnalogik) vaqt yoki ish yo’llari vaqti bu songa bevosita texnalogik ta’sir etish (kirish, qoplama, yotqizish, yig’ish, nazorat qilish va h.k) vaqti; te - texnalogik ta’sir etishga tayyorlash (buyumni stanokka qo’yish, yechib olish, kesish va bo’shatish, ish joylariga olib borish, ish bajaruvchi organlarni tez keltirish, hamda chetlash va h.k.)ga sarflanadigan vaqt; p-sikl vaqtida tayyorlanadigan buyumlar soni.
Texnik ish unumi stanokning vaqt birligida ishlab chiqargan yaroqli buyumlari o’rtacha miqdori bilan o’lchanadi.
Ya’ni ishlab chiqarish sharoitlarda texnik ish unumi quydagicha hisoblanadi:
(2)
Bu yerda kT.ф- texnik foydalanish kaeffitsenti.
QT = (3)
tx – texnik sabablar ( asbobni almashtirish va rostlash, ta’mirlash vamexanizm hamda qurulmalarni sozlash, buzilgan joylarni aniqlash va bartaraf etish, uskunani prafilaktik
ko’zdan kechirish, ish joyini yig’ishtirish hamda tozalash va x.k) ga ko’ra xususiy toxtash vaqti; - yaroqli buyumlarning chiqish kaefitsenti.
Sarali ishlab chiqarish sharoitlarda:
(4)
Bu yerda : tk.c – stanokni boshqa buyum tayyorlashga qayta soxlash vaqti, bunga asbob va moslamalarni, dastur tashigichlarni almashtirish vaqtlari ham kiradi.
Haqiqiy ish unumi- stanokning mazkur konkret sharoitlarda barcha turdagi to’xtashlarni barcha turdagi, shu jumladan tashkiliy texnik sabablari (zagatofka, asbob, elektr energiya va boshqa ashyolarning yo’qligi, xizmat ko’rsatkichi xodimlarning o’z vaqtida krlib-ketmasligi va h.k.) ga ko’ra bekor turish vaqtini hisobga olgan holda ishlab chiqaradigan yaroqli mahsulotning o’rtacha miqdori bilan o’lchanadi:
(5)
Bu yerda tTash – ttashkiliy texnik sabablarga ko’ra bekor turish vaqti.
Stanoklar ish unumining balansi (muvozanat) quydagiga bu yerda k va Q1, Q2, Q3- mos holda texnologik ish unumi va ish unumining qo’shimcha vaqt, xususiy bekor turish va qayta sozlashlar vaqti, tashkiliy-texnik sabablarga ko’ra bekor turish vaqti hisobiga yo’qolishi: Bu ko’rsatkichlar quydagi formulalar bilan aniqlanadi.
k (6)
(7)
(8)
(9)
Ish unumi balansini yuqoridagi formulalarni tahlil etish shuni ko’rsatadiki, stanoklarning haqiqiy ish unumini oshirishning quydagi real imkoniyatlari bor.
1). Yordamchi vaqtni turli mehanizmlar va qurulmalarning tezkorligini oshirish va bu vaqtda bajarilayotgan ishlarni asosiy vaqtichiga qo’shib bajarish yo’li bilan kamaytirish.
2). Texnik asboblarga ko’ra xususiy bekor turishlar sonini va vaqtini stanoklarning to’xtashini oshirish va ularning ishlamay qolishlarni oldindan aniqlash tizimini qo’llanish hisobiga qisqartirish.
3). Stanoklarni qayta sozlashga sarflanadigan vaqtni bu stanoklarda sonli dastur bilan boshqarish sistemasidan foydalanish, yuk tashiydigan sanoat robotlari, asboblar va zagatovkalar magazinlarini qo’llanish hisobiga qisqartirish.
4). Yaroqli buyumlarning chiqish kaeffitsentini stanoklarning texnalogik puxtaligini oshirish hisoboga, ya’ni faol nazorat qurilmalarni qo’llanish, tasodifiy omillarning buyum sifatiga ta’mirini kamaytirish va boshqalar hisobiga oshirish.
5). Tashkiliy texnik sabablar bilan bekor turish vaqtini qisqartirish.
|
| |