62
– standartlashtirish sohasida kadrlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash
ishlarini tashkillashtiradi va olib boradi.
Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‗mita, Sog‗liqni saqlash vazirligi va boshqa
davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralari o‗z vakolatlari doirasida standartlashtirish
bo‗yicha ishlarni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi.
Standartlashtirish va me‘yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‗yicha
ishlarga metodik jihatdan rahbarlik qilish uchun xos boshqaruv idoralar O‗zstandart
Agentligi bilan hamkorlikda standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitalar va tayanch
tashkilotlar, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda esa -standartlashtirish xizmatlarini
tashkil etadi.
Barcha darajalardagi standartlashtirish ob‘ektlarining batafsil ro‗yxati
keltirilgan:
Davlatlararo standartlashtirish ob‘ektlari quyidagilardan iborat:
– umumtexnikaviy me‘yorlar va talablar, shu jumladan umummashinasozlikda
qo‗llaniladigan buyumlarning (podshipniklar, reduktorlar, mahkamlash buyumlari va
boshqalar) yagona texnik tili, xil o‗lchamlari qatori va namunaviy konstruksiyalari,
axborot texnologiyalarining mos keluvchi dasturiy va texnik vositalari, materiallar va
moddalarning xossalari to‗g‗risida ma‘lumotnoma ma‘lumotlari, mahsulotni
tasniflash va kodlash;
– yirik sanoat va xo‗jalik majmuilarining ob‘ektlari (transport, energetika, aloqa
va b.);
– yirik davlatlararo ijtimoiy-iqdisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning
ob‘ektlari, jumladan aholini ichimlik suv bilan ta‘minlash, odamlar yashaydigan
muhitni tekshirish tizimini yaratish, radioelektron vositalarining elektromagnit mos
keluvchanligi, aholi va xalq xo‗jaligi ob‘ektlarining xavfsizligini ehtimolni hisobga
olgan holda ta‘minlash;
– qator davlatlarda chiqariladigan, o‗zaro yetkazib beriladigan mahsulot.