57
– biriktirilgan mahsulot gruhlarini standartlashtirish, me‘yoriy hujjatlarni o‗z
vaqtida tayyorlash, joriy etish va qayta ko‗rish bo‗yicha takliflar, me‘yoriy hujjatlar
loyihalarini ekspertlov va tasdiqqa tayyorlov ishlarini amalga oshirish;
– biriktirilgan mahsulot guruhi uchun ko‗rsatkichlarni standart yoki boshqa
me‘yoriy hujjatlarda ko‗rsatilgan normada, O‗zbekiston Respublikasining
faoliyatidagi qonunchilik me‘yorlari, xavfsizlik va ekologiya masalalarini
ta‘minlaydigan darajada amalga oshirish;
– standartlashtirish bo‗yicha bazaviy tashkilotlarga biriktirilgan mahsulotning
birinchi namunalari uchun loyihalarni optimallashtirish hamda standartlashtirishni
nazariy va amaliy tomonlaridan ilmiy-metodik ishlar olib borish;
– ko‗rsatkichlarni normada bo‗lishini ta‘minlash maqsadida doimiy va tizimli
nazorat olib borish;
– korxona va tashkilotlarga standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‗yicha
uslubiy yordam ko‗rsatish va sh.k
O‗zbekiston Respublikasida texnik qumitalar (TQ) mutaxassislari – davlat va
xo‗jalik boshqaruvi manfaatdor idoralari va tadbirkorlik sub‘ektlarining vakolatli
vakillari, iste‘molchilar, kasaba uyushmasi tashkilotlari, davlat nazorati idoralari va
boshqalarning shakllanishi bo‗lib hisoblanadi. TQ yuqori ilmiy-texnikaviy
salohiyatga ega bo‗lgan korxonalar va tashkilotlar bazasida ta‘sis etuvchilar va
«O‗zstandart» agentligi (Davarxitektqurilish, Davtabiatqo‗m, Sog‗liqni Saqlash
Vazirligi) qo‗shma buyrug‗i bilan tuziladi.
Texnik qumitaning asosiy vazifasi – xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, davlat
va tarmoq standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyat -
O‘z DSt 1.0, RMG 01 bo‗yicha, shartnomali ishlar.
O‘z RH 51-013:1993 O‗zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo‗yicha
ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib
borilishini standartlashtirish bo‗yicha Texnik qumitalar bevosita ishtirok etishadi.
O‗zbekiston Respublikasida faoliyat olib brayotgan texnik qumitalar 1-jadvalda
keltirilgan.
1-Jadval