Ilgarilanma standartlashtirish usuli va uning mohiyati




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/94
Sana11.01.2024
Hajmi2,06 Mb.
#134958
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
Bog'liq
1 ìúàðóçà ¢¡ (1)

3.3.1 Ilgarilanma standartlashtirish usuli va uning mohiyati 
Ilgarilanma standartlashtirish (IS) - an‘anaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan 
oshuvchi talablarni belgilash bilan ob‘ektni standartlashtirish. 
Ilgarilanma standart ishlab chiqiilishida quyidagilarga e‘tibor beriladi: 
1) talablar, sifatning farqlangan hamda joriy etish muddatiga ega bo‗lgan 
pog‗onalari ko‗rinishida belgilanadi; 
2) standart, mahsulot hayotiy siklining oldingi bosqichida ishlab chiqiladi. 
Ilgarilanma standartlashtirishga, odatda, mahsulotning texnik darajasi va sifatiga 
qo‗yiladigan talablarning uchta pog‗onasi belgilanadi: 
– erta o‗zlashtirilgan mahsulotning ehtiyojlarni qondiruvchi darajasi; 
– ishlab chiqarishga qo‗yilishi lozim bo‗lgan va jahon darajasiga mos bo‗lgan, 
qaytadan ishlab chiqilayotgan (zamonaviylashtirilayotgan) mahsulot darajasi; 
– yuqori jahon darajasiga mos bo‗lgan (yoki oshuvchi) daraja. 
Oldinlovchi standart ishlab chiqarishni texnik tayyorlash davrida yoki oxirida 
ishlab chiqiladi. Shubhasiz, oldindan standartlashtirish ilmiy-tadqiqot ishlarining 
natijalari bo‗yicha erishilgan tavsiflar bilan tasdiqlangan holatda maqbul deb 
hisoblash kerak.
Ilgarilanma standartlashtirish – standartlashtirish ob‘ektiga erishilgan me‘yoriy 
talablarning yanada yuqoriroq darajasini, ya‘ni bashoratlash (prognozlash) ga asosan 
kelajakda optimal bo‗ladigan darajasini o‗rnatish demakdir. 
Keltirilgan tarifga binoan ilgarilanma standartlashtirish mahsulot, xizmat va 
barcha jarayonlarga talablarni va me‘yorlarni vaqt bo‗yicha avvalroq o‗rnatib, 
provard natijada ularning sifatini yuqori texnik iqtisodiy samara beradigan darajada 
ta‘minlash nazarda tutilishini maqsad qilib qo‗yadi. Bu borada ilgarilanma 
standartlashtirish prognozlash asosida amaliy yechimni qabul qiladigan imkonli 
sohalardan biri hisoblanadi. 


75 
Ilgarilanma standartlashtirishning asosiy vazifasi ishlab chiqarishni va mahsulot 
sifatining oshishini xolis va aniq yo‗nalishida rivojlanishiga ko‗maklashishdan 
iboratdir.
Ilgarilanma standartlashtirish standartlari jumlasiga:

mahsulot, xizmat, loyihalash, ishlab chiqish va boshqa jarayonlarda kuchga 
ega standartlashgan qoida va talablarni yanada optimal me‘yorlarini belgilaydigan 
standartlar: 

kuchdagi standartlar faoliyatiga istiqbolliroq yangi ish usullarini joriy etishni 
taminlab, yanada optimalroq me‘yorlar o‗rnatadigan standartlar: 

bir yoki faqat bir necha korxonalardagina o‗zlashtirilib o‗zining sifat 
ko‗rsatkichlari analoglaridan tubdan farq qiladigan loyiha va buyum ishlab chiqarish 
qoida va talablariga optimal me‘yor o‗rnatadigan standartlar kiradi. 
Ilgarilanma standartlashtirish mohiyatiga ko‗ra qo‗yidagicha tavsiflanadi. 

Download 2,06 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilgarilanma standartlashtirish usuli va uning mohiyati

Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish