|
Zamonaviy raqamli platformalar imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida foydalanish
|
Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 5,86 Mb. | | #147694 |
Bog'liq Zamonaviy raqamli platformalar imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida Zamonaviy raqamli platformalar imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida foydalanish Xodjiyeva M.M. Jahon boʼylab taʼlim olishning ommabop, mablagʼ taʼlim etilmaydigan shakllari ommalashib boryapti. Internetda turli yoʼnalishlarda mustaqil ravishda onlayn bepul taʼlim olish imkoniyatini beruvchi resurslar talaygina. Buning uchun internet va tilni bilish kifoya. Jahon boʼylab taʼlim olishning ommabop, mablagʼ taʼlim etilmaydigan shakllari ommalashib boryapti. Internetda turli yoʼnalishlarda mustaqil ravishda onlayn bepul taʼlim olish imkoniyatini beruvchi resurslar talaygina. Buning uchun internet va tilni bilish kifoya. Harvard universiteti kurslari Manzil: online-learning.harvard.edu Nafaqat АQSh, balki butun dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblangan Harvard universiteti 100dan ortiq bepul onlayn kurslarni taqdim etadi. Maxsus portalda veb-dasturlash, moliya, dinshunoslik, kompьyuter texnologiyalari, madaniyat, tarix, siyosatshunoslik hamda boshqa sohalarga oid maʼruzalarni topishingiz mumkin. Buning uchun roʼyxatdan oʼtish kifoya. Аlohida mavzularga boʼlingan platforma xizmatingizga tayyor. Xan akademiyasi Manzil: khanacademy.org – xanakademiyasi.uz Harvard biznes maktabi bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan Xan akademiyasi (Khan academy) har kimga har yerda yuqori sifatli taʼlim imkoniyatini taqdim etishni maqsad qiladi. Onlayn akademiyada matematika, tarix, tibbiyot, moliya, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, madaniyat boʼyicha 4200dan ziyod mikromaʼruzalar bor. Mavzular sodda tilda tushuntirilgan. Bundan tashqari, oʼrganilgan mavzu boʼyicha bilimlarni tekshirish uchun vazifalar jamlanmasi ham taqdim etiladi. Ushbu platforma masofaviy taʼlimning eng yaxshi shakllaridan biri, deya eʼtirof etiladi. Maʼruzalar bazasi dunyoning koʼplab tillariga tarjima qilingan. Xan akademiyasi bazasi bir guruh koʼngillilar tomonidan oʼzbek tiliga ham tarjima qilinmoqda. edX – dunyoning eng yaxshi universitetlarini birlashtiruvchi platforma Manzil: edx.org edX platformasi dunyoning eng nufuzli oliygohlari − Harvard universiteti, Stenford universiteti, Boston univeriteti, Massachusets texnologiyalar instituti, Sorbonna universiteti kabilarning onlayn ma'lumotlar bazasini yagona manzilda jamlaydi. Bu yerda aniq, gumanitar, tabiiy fanlar, kompyuter texnologiyalari bo‘yicha ta'limiy videodarslarni topish mumkin. Shuningdek, platformada dunyoning eng ko‘p so‘zlashuvchiga ega tillari bo‘yicha ham darslar mavjud. Bundan tashqari, foydalanuvchilar darslar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, munozaraga kirishishlari uchun onlayn forum ham ishlaydi. Darslar bepul, kurs yakunlangandan keyin to‘lov asosida sertifikat olish mumkin. Kahoot! “Kahoot!” oliy taʼlim muassasalarida keng qoʼllaniladigan oʼyinga asoslangan onlayn taʼlim berish platformasi boʼlib, veb-platforma turli koʼrinishga ega boʼlgan oʼyinlar majmuasini taqdim etadi. “Kahoot!”ni talabalar bilimini tekshirish jarayonida keng qoʼllash mumkin. “Kahoot!” jamoaviy mashgʼulotlar uchun moʼljallangan platforma boʼlib, oʼquvchilar umumiy ekran atrofida toʼplanishadi. Oʼyin jarayoni juda ham sodda: barcha oʼyinchilar oʼz qurilmalari orqali oʼqituvchi tomonidan tuzilgan savollarga bir vaqtning oʼzida javob berishadi. Savollar ekranda birin-ketin talabalarga koʼrsatiladi. Ishtirokchilar har bir toʼgʼri javob uchun ball oladi. Viktorina oxirida ekranda barcha ishtirokchilarning savollariga javob berish paytida toʼplagan ballari koʼrsatiladi. Oʼyinda ishtirok etish uchun roʼyxatdan oʼtish shart emas. Viktorinalarni saytdagi katalogdan tanlash mumkin. Shuningdek, yangi viktorinalarni yaratishda koʼpincha bu vazifani professor-oʼqituvchi bajaradi. Har bir savol uchun javob vaqti taxminan 30-60 soniya bilan cheklangan. “Kahoot!” platformasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Quizizz! Talabalarni bir zumda oʼziga jalb qiladigan oʼyin koʼrinishidagi taʼlim berish platformasi boʼlib, bugungi kunda АQShning 50% dan ortiq universitetlarida faol qoʼllaniladi. 150 dan ortiq mamlakat professor-oʼqituvchilari mazkur onlayn platformadan foydalanishni afzal koʼrishadi. Ushbu onlayn platformaga istalgan qurilmalardan ulanish imkoniyati mavjud. Mazkur platforma hind IT-kompaniyasi tomonidan yaratilgan boʼlib, auditoriya mashgʼulotlarida, guruh topshiriqlarida, formativ baholash jarayonlarida, shuningdek, viktorinalarni oʼtkazishda keng foydalanish mumkin. 2021 yil holatiga koʼra, platforma 65 millondan ortiq faol foydalanuvchisiga ega. “Quizizz!” orqali talabalarga savollarni koʼp variantli tanlov, ovozli tarzda javob berish, blankni toʼldirish, ochiq savol, qoʼlda chizish kabi koʼrinishlarda tuzish mumkin. Platformadan foydalanish uchun www.quizizz.com saytiga kirish lozim hamda savol tuzish uchun roʼyxatdan oʼtishga toʼgʼri keladi. Ishtirokchilar roʼyxatdan oʼtishlari talab etilmaydi, faqat https://quizizz.com/join saytiga kirib professor-oʼqituvchi tomonidan taqdim etiladigan test savollarining pin-kodini kiritadi va savollarga javob beradi. Google Meet Google Forms E’tiboringiz uchun rahmat
|
| |