3.6.3 Me‟yoriy hujjatlar bilan ta‟minlash
Foydalanuvchilarni me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash O‘z DSt 1.4:1998 ―O‗z
SDT. Me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash tartibi‖ talablariga muvofiq bajariladi.
Manfaatdor tashkilotlarni, ularning qaysi mahkamaga qarashliligidan qat‘iy
nazar, mahsulotga me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash uchun mas‘ullik me‘yoriy
hujjatlarni tasdiqlagan idoralarga yuklatiladi.
Davlatlararo va davlat standartlari bilan ta‘minlash
O‗zbekiston hududida amalga kiritilgan davlatlararo standartlarni rasmiy nashr
etish, qayta nashr qilish, qog‗ozda yoki magnitli tashigichlarda nus‘halarini
ko‗paytirish va tarqatish mutlaq huquqi O‗zstandart Agentligiga yoki bu standartlarni
97
qabul qilgan Davarxitekturaqurilishga berilgan. Davlat standartlarini rasmiy nashr
qilish, qayta nashr qilish, ko‗paytirish va tarqatish huquqi ularni o‗z vakolatlari
doirasida
tasdiqlagan
O‗zstandart
Agentligi,
Davarxitekturaqurilish,
Davtabiatqo‗mita, Sog‗liqni saqlash vazirligiga berilgan.
O‗zbekiston hududida amal qilinayotgan davlatlararo standartlar to‗g‗risida
axborot ―O‗zbekistonda amaldagi davlatlararo standartlar‖ ko‗rsatkichida chop
etiladi. Amaldagi davlat standartlari to‗g‗risidagi axborot ―O‗zbekiston davlat
standartlari‖
ko‗rsatkichida chop etiladi. Barcha yangitdan tasdiqlangan,
almashtirilgan, bekor qilingan davlat standartlari to‗g‗risida, shuningdek bularga
kiritilgan o‗zgartirishlar to‗g‗risida axborot har uch oyda (kvartalda) ―O‗zbekiston
davlat standartlari‖ axborot ko‗rsatkichida chop etiladi.
Foydalanuvchilarni
davlatlararo
va
davlat
standartlariga
kiritilgan
o‗zgartirishlarning matni bilan ta‘minlash abonentlik yoki bir martalik so‗rovlar
bo‗yicha bajariladi.
O‗zbekiston hududida amalga kiritiladigan davlatlararo standartlar to‗g‗risida,
yangitdan ro‗yxatga olingan davlat standartlari to‗g‗risida, davlatlararo va davlat
standartlariga kiritilgan o‗zgartirishlar, shuningdek standartlarni ishlab chiquvchilar-
tashkilotlar to‗g‗risida tezkor axborot O‘z RN 51-023 ―O‗z SDT. Me‘yoriy
hujjatlarning Davlat jamg‗armasini butlash, hisobga olish, saqlash va olib borish
tartibi‖ da o‗rnatilgan tartibda O‗zstandart Agentligining Axborot-ma‘lumotnoma
markazi (AMM) tomonidan beriladi.
Umumdavlat tasniflagichlari bilan ta‘minlash
Foydalanuvchilarni qog‗ozda rasmiy nashr etilgan umumdavlat tasniflagichlari
bilan ta‘minlash davlat standartlari uchun o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Tarmoq standartlari bilan ta‘minlash
Foydalanuvchilarni tarmoq standartlari va ularga kiritilgan o‗zgartirishlarning
hisobga olingan nus‘halari bilan ta‘minlash ishlarini ushbu standartlarni tasdiqlagan
idora tarmokda o‗rnatilgan tartibda amalga oshiradi.
Foydalanuvchilarni tarmoq standartlarining hisobga olinmagan nus‘halari bilan
ta‘minlash O‘z RN 51-023:2004 da o‗rnatilgan tartibda axborot markazlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Amaldagi tarmoq standartlari to‗g‗risida, axborot ―Tarmoq standartlari‖ har
yillik ko‗rsatkichida chop qilinadi, shuningdek MHDJ ning ma‘lumotlar bazasiga
ham kiritiladi. Yangitdan tasdiqlangan, almashtirilgan, bekor qilingan tarmoq
standartlari to‗g‗risida va ularga kiritilgan o‗zgartirishlar to‗g‗risida axborot ―Tarmoq
98
standartlarn‖ har kvartaldagi axborot ko‗rsatkichida chop etiladi va MHDJ ning
ma‘lumotlar
bazasiga
kiritiladi.
Ishlab
chiquvchi-tashkilotlarga
tarmoq
standartlarining aslini ushlab turuvchilar-tashkilotlar to‗g‗risida axborot MHDJ ning
ma‘lumotlar bazasida bo‗ladi.
Texnik shartlar bilan ta‘minlash
Foydalanuvchilarni texnik shartlar va ularga kiritilgan o‗zgartirishlarning
hisobga olingan nus‘halari bilan ta‘minlash foydalanuvchilarni abonentlik hisobiga
qo‗yish yo‗li bilan, asl nus‘hani ushlab turuvchi-tashkilot tomonidan amalga
oshiriladi.
Foydalanuvchilarni texnik shartlarning hisobga olinmagan nus‘halari bilan
ta‘minlash AMM tomonidan amalga oshiriladi.
Amaldagi texnik shartlar to‗g‗risida axborot har yillik ―Texnik shartlar‖
ko‗rsatkichida chop etiladi. Yangitdan tasdiqlangan, almashtirilgan, bekor qilingan
texnik shartlar va ularga kiritilgan o‗zgartirishlar to‗g‗risida axborot har kvartaldagi
―Texnik shartlar‖ axborot ko‗rsatkichida chop etiladi va MHDJ ning ma‘lumotlar
bazasiga kiritiladi ishlab chiquvchilar-tashkilotlar va texnik shartlarning asl
nus‘halarini ushlab turgan tashkilotlar to‗g‗risida axborot MHDJ ning ma‘lumotlar
bazasida bo‗ladi.
Korxonalarning standartlari bilan ta‘minlash
Chet iste‘molchilarga yetkazib berish (haridga chiqarish uchun) yaratiladigan va
chiqariladigan mahsulotga va ularga ko‗rsatiladigan xizmatlarga korxona standartlari
va ularga kiritilgan o‗zgartirishlarning hisobga olingan nus‘halari bilan ta‘minlash
foydalanuvchini abonent hisobiga qo‗ygan holda bu standartlarni tasdiqlagan
korxonaning axborot xizmati tomonidan bajariladi.
Foydalanuvchilarni korxonalar standartlarining hisobga olinmagan nus‘halari
bilan ta‘minlash ishlari AMM tomonidan bajariladi.
Mahsulotga korxonalarning amaldagi standartlari to‗g‗risida ma‘lumot har yillik
―Texnik shartlar‖ ko‗rsatkichida chop etiladi. Mahsulotga yangitdan tasdiqlangan,
almashtirilgan, bekor qilingan korxonalar standartlari va ularga kiritilgan
o‗zgartirishlar to‗g‗risida axborot kvartallik ―Texnik shartlar‖, ko‗rsatkichida chop
etiladi va MHDJ ning ma‘lumotlar bazasiga kiritiladi.
Korxonaning bo‗limlarini korxona standartlari bilan ta‘minlash ishlari korxona
tomonidan o‗rnatilgan tartibda korxona axborot xizmati tomonidan bajariladi.
Mahsulotga korxona standartlarini ishlab chiquvchi-tashkilotlar to‗g‗risida
axborot MHDJ ning ma‘lumotlar bazasida bo‗ladi.
99
Rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash
O‗zstandart Agentligi, Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‗mita va Sog‗liqni
saqlash vazirligi tasdiqlagan, davlat darajasidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar,
me‘yorlar, qoidalar va boshqa me‘yoriy hujjatlar va ularga kiritilgan o‗zgertirishlar
bilan foydalanuvchilarni ta‘minlash davlat standartlari uchun o‗rnatilgan tartibda
amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarni tarmoq ahamiyatidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar,
qoidalar va boshqa me‘yoriy hujjatlar va ularga kiritilgan o‗zgartirishlar bilan
ta‘minlash tarmoq standartlari uchun o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat darajasidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar, me‘yorlar, qoidalar va
boshqa me‘yoriy hujjatlar to‗g‗risida axborot har yillik ―O‗zbekiston davlat
standartlari‖ ko‗rsatkichida chop etiladi. Tarmoq darajasidagi me‘yoriy hujjatlar
to‗g‗risidagi axborot har yillik ―Tarmoq standartlari‖ ko‗rsatkichida chop etiladi va
MHDJ ning ma‘lumotlar bazasiga kiritiladi.
Xalqaro va hududiy tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‗yicha
me‘yoriy hujjatlari bilan ta‘minlash
Foydalanuvchilarni O‘z DSt ISO/IES 21:2001 ―O‗z SDT. Xalqaro va hududiy
standartlarni O‗zbekiston davlat standartlari sifatida qabul qilish (ISO/IES 21:1999,
IDT)‖ ga muvofiq O‗zbekiston davlat standartlari (me‘yoriy hujjatlari) sifatida, unga
kiritilgan o‗zgartirishlar va ular to‗g‗risida axborot bilan birga qabul qilingan xalqaro
va hududiy standartlar (yoki boshqa me‘yoriy hujjatlar) bilan ta‘minlash davlat
standartlari uchun qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
O‗zbekiston hududida qabul qilinmagan (amalga kiritilmagan) xalqaro va
hududiy tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‗yicha me‘yoriy
hujjatlarining nus‘halari bilan ta‘minlash O‗zstandart Agentligining Axborot-
ma‘lumotnoma markazi tomonidan amalga oshiriladi. Foydalanuvchilarni asl nus‘ha
tilida bu me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash va, zarur bo‗lganda, ularning davlat, rus
va boshqa tillarga tarjimalari bilan ta‘minlash shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilot (ISO) va Standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo kengash (DAK) ning standartlari va
boshqa me‘yoriy hujjatlari to‗g‗risida axborot ―ISO katalogi‖ da va ―Davlatlararo
standartlar‖
ko‗rsatkichida keltiriladi. O‗zstandart Agentligi katalog va
ko‗rsatkichlarni ushbu tashkilotlardan har yili oladi. Xalqaro va hududiy
tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‗yicha boshqa me‘yoriy
hujjatlarining mavjudligi to‗g‗risida axborot MHDJ ning ma‘lumotlar bazasida
100
bo‗ladi. Foydalanuvchilarni bunday axborot bilan ta‘minlash O‘z RN 51-023:2004 ga
muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqa davlatlarning milliy standartlari va me‘yoriy hujjatlari bilan ta‘minlash
Foydalanuvchilarni O‘z DSt 1.7:1998 ―O‗z SDT. Boshqa davlatlarning
davlatlararo, milliy standartlari va me‘yoriy hujjatlarini qo‗llanish tartibi‖ ga muvofiq
O‗zbekiston standartlari sifatida qabul qilingan boshqa davlatlarning milliy
standartlari va bular to‗g‗risida axborot bilan ta‘minlash davlat standartlari uchun
o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarni boshqa davlatlarning standartlari, tarmoqlar, ittifoqlar,
muhandislik jamiyatlari va jamoat birlashmalarining standartlari, firma va
korxonalarning texnik shartlari, standartlari va hokazo me‘yoriy hujjatlarining
nus‘halari bilan ta‘minlash MHDJ ning axborot markazi tomondan amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilar yuqorida keltirilgan me‘yoriy hujjatlarning asl tilidagi nus‘halari
bilan, zarur bo‗lganda ularning davlat, rus va boshqa tillarga tarjimalari bilan
shartnoma asosida ta‘minlanadi.
|