|
Internet tarmog’i konfiguratsiyasi misollari
|
bet | 5/8 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 17,2 Kb. | | #120347 |
Bog'liq 1-Ìa’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi Kompyuter tar 1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega boigani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bogiash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Yangi texnologiyalar va tarmoqlardagi barqaror yutuqlar tarmoqning kengayishida tijorat ishtiroki va aholiga xizmat ko'rsatishda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratdi.
1.3.-rasm. Zamonaviy tarmoqlar va rivojlantiruvchi omillar
Kompyuter va tarmoq texnologiyalari hududlar bo’yicha tarqoq taqsimlangan hisoblash vositalarini yagona tizimga birlashtirish zarurati tufayli kelib chiqqan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarining rivojlanish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunda protokollar, tarmoq texnologiyalari foydalanuvchilarga keng turdagi xizmatlar to’plamini taqdim etadi hamda vazifasi bo’yicha turli xil bo’lgan avtomatlashtirilgan ma’lumotni taqsimlangan holda qayta ishlash tizimlarini yaratish imkonini beradi.
|
| |