• Ko’p terminalli tizimlar – tarmoq prototipi.
  • Paketni qayta ishlash tizimlari




    Download 30.63 Kb.
    bet3/9
    Sana26.11.2023
    Hajmi30.63 Kb.
    #105637
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. Reja-hozir.org

    Paketni qayta ishlash tizimlari odatda – kuchli va ishonchli meynfreymlar asosida qurilgan. Foydalanuvchilar ma’lumotlar va dastur buyruqlaridan tarkib topgan perfokartalarni tayyorlashgan va ularni hisoblash markaziga yuborishgan (1.2-rasm). Bir nechta foydalanuvchilarning vazifalari bajarishga qabul qilingan paketga guruhlangan. Meynfreym operatori maksimal ish faoliyatini bajarish uchun protsessor va kiritish-chiqarish qurilmalarini vazifalar o’rtasida taqsimlashni optimallashtirib, ishlarni ko'p dasturiy rejimda qayta ishlaydigan kompyuterga paket kartalarini joylashtirgan. Foydalanuvchilar odatda chop etilgan natijalarni faqat keyingi kun olishgan. Shu bilan birgalikda, bitta noto’g’ri to’dirilgan karta kamida sutkalik kechikishga olib kelagan. Albatta, foydalanuvchilar uchun o’zlarining ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonini terminal orqali tezkorlik bilan boshqarish mumkin bo’lgan interaktiv rejim qulay bo’lgan. Ammo hisoblash tizimlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida foydalanuvchilarning manfaatlariga katta e'tibor berilmadi. Asosiy e'tibor hisoblash mashinasining eng qimmat qurilmasi - protsessorning samaradorligiga qaratildi, hattoki undan foydalanadigan mutaxassislar ishining samaradorligiga zarar etkazsa ham. [1,2,3]

    1.2-rasm. Meynfreymga asoslangan markazlashgan tizim.


    Ko’p terminalli tizimlar – tarmoq prototipi. Protsessorlarning narxi 60-yillarning boshlarida pasayishi bilan hisoblash jarayonini tashkil qilishning yangi usullari paydo bo'ldi, bu foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olishga imkon berdi. Vaqtni taqsimlashning interfaol terminallari ishlab chiqila boshladi (1.3-rasm). Bunday tizimlarda har bir foydalanuvchi kompyuter bilan muloqot qila oladigan o'z terminaliga ega bo'ldi. Kompyuter bilan bir vaqtning o'zida ishlaydigan foydalanuvchilar soni uning quvvati bilan aniqlandi: hisoblash tizimining reaktsiya vaqti yetarlicha kichik bo'lishi kerak edi, shunda foydalanuvchi boshqa foydalanuvchilarning kompyuter bilan parallel ishlashi juda sezgir bo'lmas edi.

    1.3-rasm. Ko’p terminalli tizim – hisoblash tarmog’ining prototipi.


    Terminallar hisoblash markazidan tortib, butun tashkilot bo’ylab taqsimlangan. Hisblash quvvati to’liqligicha markalashgan holda qildi, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish kabi ba’zi funksiyalar taqsimlangan ravishda bo’ldi. Bunday ko’p terminalli markazlashgan tizimlar tashqi ko’rinishdan mahalliy hisoblash tarmoqlariga juda o’xshash edi. Haqiqatdan ham, oddiy foydalanuvchilar meynfreym terminalini hozirgi kunda Internet tarnog’iga ulangan shaxsiy kompyuterda ishlash kabi qabul qilishgan. Foydalanuvchi umumiy fayllarga va pereferiya qurilmalaridan foydalana olgan, bunday holda foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan istalgan dasturni yuklay olganligi va deyarli darhol natija olganligi uchun unda kompyuterga to’liq egalik qilayaotgandek tasavvur paydo bo’lgan. (Ba’zi hisoblash texnikasidan yiroq bo’lgan foydalanuvchilar barcha hisoblashlar ularning displeylari ichida bo’layotganiga ishonishgan).

    Vaqt bo’yicha ajratish rejimida ishlovchi ko’p terminalli tizimlar lokal hisoblash tarmoqlarining namunasi bo’lgan.






    Download 30.63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 30.63 Kb.