1-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari va klassifikatsiyasi. Reja: Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari. «Mijoz-server»




Download 91.92 Kb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi91.92 Kb.
#39801
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari va klass
Logo, Рефрактометрия 2007,готовая к печати, 1684584653
2. «Mijoz-server» texnologiyasi.
Ochiq tizimlarning o’zaro birgalikda ishlashi modeli bo’yicha mos modellar asosida qurilgan tarmoqlarni quyidagicha ajratish mumkin: axborotga markazlashgan holda ishlov berish, “mijoz-server”, axborotga taqsimlangan holda ishlov berish, axborotga birgalikda ishlov berish, “mijoz-tarmoq”.
Axborotga markazlashgan holda ishlov berish modeliga mos ravishda qurilgan tarmoqlarda kompyuter tarmog’ining barcha resurslaridan mijozlar birgalikda foydalanishini taklif etuvchi markaziy kompyuter mavjud bo’lishini talab etadi (1.1-rasm). Bunday markaziy kompyuter ko’pincha maynfreymlar (mainframe) yoki xostlar (host), bu kompyuterga lokal qurilma orqali ulangan barcha foydalanuvchilar – terminallar deb ataladi. Terminal odatda kommunikatsion jihozlar, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalarini o’z ichiga oladi.

1.1-rasm. Axborotga markazlashgan holda ishlov berish modeli.
Terminal protsessor, xotira qurilmasi va boshqa to’liq kompyuterda mavjud bo’ladigan barcha komponentalarga ega bo’lishi shart emas.
Qisqacha qilib aytganda, axborotga markazlashgan holda ishlov berish asosida qurilgan tarmoqlarni to’liq tarmoq deb atab bo’lmaydi, chunki terminallar ma’lumotlarga ishlov berishga imkon bermaydi, ular foydalanuvchiga faqat markaziy kompyuter resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Bunday tarmoqlarni fizik jihatdan foydalanuvchilarga bir vatqning o’zida turli ish joylaridan turib ishlash ishlash imkonini beruvchi ko’p foydalanuvchili kompyuter deb tushunish mumkin.
Terminalli kirish (“terminal-xost” modeli) tarixiy jihatdan kompyuter tarmoqlarini tashkillashtirishning dastlabki usuli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ushbu texnologiya kompyuterlarni masofadan administratsiyalash uchun, masofaviy ilovalar bilan ishlash uchun, shuningdek, ommaviy xizmat ko’rsatish tizimlarida ishlatilmoqda.
“Mijoz-server” modeli tarmoqlararo o’zaro birgalikda ishlash modelining oldingi modelidan farqli ravishda axborotlarga mijoz sathida ishlov berishni ko’zda tutadi (1.2-rasm). Tarmoqlararo o’zaro birgalikda ishlashning “mijoz-server” modelining umumiy tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin:

  1. tarmoqda mijoz kompyuterlari (foydalanuvchilarning ishchi stansiyalari) va server (server – bu o’zining resurslaridan bir qismiga umumiy ruxsatni ta’minlovchi kompyuter) rolini bajaruvchi kamida bitta kompyuter mavjud;

  2. mijozlar o’z vazifalarini bajarishi davomida ma’lumot olish uchun serverga murojaat qiladilar (fayllarga, ma’lumotlar bazasiga, hisoblash ishlarini bajarish uchun turli xil ilovalarga murojaat qiladilar);

  3. server kerakli axborotni mijozga taqdim etadi, axborot olingandan so’ng u qayta ishlanadi.


1.2-rasm. “Mijoz-server” modeli
Tarmoqlararo birgalikda ishlashning “mijoz-server” modeli haqida gapirar ekanmiz, eslatib o’tish joizki, teminologiyada “mijoz-server” ilovalarining tarmoq arxitekturasi tushunchasi ham mavjud.
“Mijoz-server” arxitekturasi tushunchasi tarmoq ilovalarining ikkita – server va mijoz qismlariga ajratish bilan bog’liq. Ilovaning mijoz qismi server qismiga so’rov bilan murojaat qiladi, serverda hisoblash amalga oshiriladi (ma’lumotlar bazasida kerakli axborotni izlash va boshq.), olingan natijalar qayta ishlash uchun mijoz qismiga yuboriladi.
“Mijoz-server” arxitekturasini tarmoq ilovalarining fayl-server arxitekturasi bilan taqqoslaganda, bunda server xotirasida faqatgina server ilovalari saqlanadi, ammo ular qayta ishlanmaydi. Biroq agar mijoz-server haqida termoqlararo birgalikda ishlash modeli sifatida gapirsak, unda tarmoq ilovalarining fayl-server arxitekturasi “mijoz-server” modeliga oid bo’ladi.
Shuni ham eslatib o’tish joizki, server sifatida alohida kompyuterni (ajratilgan server), shuningdek, resurslarining bir qismiga kirishga umumiy ruxsat berilgan foydalanuvchining ishchi stansiyasini qarash mumkin. Ikkinchi holatda “tengdosh” (peer-to-peer) tarmoqlari haqida gapirilmoqda, bu model asosida qurilgan tarmoqlar bir rangli tarmoqlar deb nomlanadi.
Bundan tashqari, server ham ba’zi resurslarni boshqa serverdan so’rovchi mijoz rolini egallashi mumkin. Bunday o’zaro ishlash tarmoq ilovalarining ko’p sathli arxitekturasini amalga oshirish imkonini beradi.
Axborotlarga taqsimlangan holda ishlov berish modeli (distributed computing) “mijoz-server” modelining rivoji hisoblanadi va kompyuter tarmoqlarida har biri o’z vazifasini bajarishi uchun optimallashtirilgan bir nechta - ma’lumotlarni saqlovchi, ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi, hisoblash ishlarini bajaruvchi, Internetga kirishni tashkillovchi serverlardan iborat bo’lishini taklif etadi (1.3-rasm). Alohida serverlarning “maxsuslashtirilishi” talab etiladigan katta hajmdagi hisoblash ishlarini yanada samaraliroq bajarishga, buning natijasida ishonchli va yuqori unumdorli kompyuter tarmoqlarni yaratishga imkon beradi. Taqsimlangan axborotlarga ishlov berish modeli tizimlarini kompyuter tarmoqlarida turli xil korporativ axborot tizimlarining funksianalligini ta’minlash uchun keng qo’llanilmoqda.

1.3-rasm. Axborotlarga taqsimlangan holda ishlov berish modeli

1.4-rasm. Axborotlarga birgalikda ishlov berish modeli
Ko’p serverlardan foydalanishni taklif qiluvchi yana bir model, axborotlarga birgalikda ishlov berish modeli (collaborative computing, cooperative computing) deb nomlanadi (1.4-rasm). Bu modelning yuqoridagilardan farqi, bunda alohida serverlar bir vazifani bajaradi, ya’ni kompyuter tarmog’ining umumiy vazifasi alohida serverlarga “taqsimlanadi”. Buning natijasida tarmoqda tarmoqda umumdorlik oshadi va tarmoqning ishdan chiqish darajasi kamayadi.

Download 91.92 Kb.
1   2   3   4




Download 91.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari va klassifikatsiyasi. Reja: Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari. «Mijoz-server»

Download 91.92 Kb.