Ikki sonning yig’indisi (yoki ayirmasi) va karrali nisbatiga ko’ra shu sonlarni topishga doir masalalar. (3-tip)




Download 0.64 Mb.
bet4/31
Sana03.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#93685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1-ma\'ruza mavzu boshlang’ich sinf matematika kursida uchraydiga (5)
65 SONLI BUYRUQ TIL SERTIFIKAT 2023, TURKIY TILLARNING FONETIK TIZIMIDAGI O\'ZGARISHLAR, Tarjimai-hol-blank-2, include 29, 29, Begin 15, 17, Turkiy tellar taraqqiyotida lingvistik va nolingvistik omillarning o\'rni, Automobile casting parts, methods and materials. Lecture-14, mttda ish hujjatlari majmua, Dars turlari va ularning tuzilishi reja-fayllar.org (1), ATROFMUHITNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HARAKAT, BUSINESS LAW-UZ, 9 informati nazorat ishi
Ikki sonning yig’indisi (yoki ayirmasi) va karrali nisbatiga ko’ra shu sonlarni topishga doir masalalar. (3-tip)
Bunday tipdagi masalalarni boshlang’ich sinf o’quvchilari qiziqib yechishlari mumkin.Dastlab ikki son yig’indisi va karrali nisbatiga ko’ra shu sonlarni topishga doir masalalar bilan tanishtirish maqsadga muvofiq. Quyidagi masalani qaraymiz.
Masala:Nodir va Tolib 24ta qo’ziqorin tyerishdi.Nodir tergan qo’ziqorinlar soni Tolib tergan qo’ziqorinlar sonidan 2marta ko’p.Nodir nechta qo’ziqorin tyerdi? Tolib nechta qo’ziqorin tergan?.
Ushbu masala tushunarli bo’lishi uchun dastlab masala qisqa shartini ifodalovchi grafik modelini byeraylik.Nodir tergan qo’ziqorinlar soni Tolibga qaraganda 2marta ko’p bo’lgani uchun,Tolib tergan qo’ziqorinlar sonini biror “a”kesma bilan ifodalaymiz.Nodir tergan qo’ziqorinlar soni undan 2 marta uzunroq bo’lgani uchun “a” dan 2 marta uzunroq kesmani “v”bilan ifodalaymiz.Ular ikkalasi 24 ta qo’ziqorin terganini ifodalovchi sonni belgilaymiz.
Masalani o’quvchilar bilan quyidagicha mulohaza yuritib yechamiz.

  • O’quvchilar Nodir qancha qo’ziqorin tergani masalada ma’lummi?

  • Yo’q

  • Tolib qancha qo’ziqorin terganichi ?

  • Yo’q ma’lum emas.

  • Ikkalasi qancha qo’ziqorin terganichi?

  • Ha. 24 ta

  • Kim ko’p qo’ziqorin tergan?

  • Nodir.

  • Nodir Tolibdan necha marta ko’p qo’ziqorin tergan?

  • 2 marta.

  • Bu yerda shu narsani aytish joizki,”Nodir yoki Tolib qancha qo’ziqorin tergan?” degan savol o’quvchilarni noto’g’ri mulohaza yuritishga olib keladi.

Ayrim o’quvchilar mulohaza yuritib 24 ni 2ga bo’lib Tolib tergan qo’ziqorinlar sonini topishni aytadi.
O’qituvchi o’quvchilarga to’g’ri mulohaza yuritishga jalb qilib,grafik modeldan Tolib tergan qo’ziqorinlar sonini 1qism (hissa) deb olsak,Nodir tergan qo’ziqorinlar soni Tolib tergan sondan 2 hissa ko’p bo’lgani sababli 2hissa(qism) bo’ladi.”deb aytadi.SHunda o’quvchilar 24ta tyerilgan qo’ziqorin necha
hissa (qism) ekanligini bilib olishadi.
1+2=3(qism)

  • Endi 1qism yahni Tolib tergan qo’ziqorinlar sonini bo’ladimi?

  • Ha.

  • Qanday qilib?

  • 24ni 3ga bo’lib.

  • 24:3=8(ta)

  • 8ta qo’ziqorin kim tergan ekan?

  • Tolib.

  • Nodir nechta qo’ziqorin terganini topsa bo’ladimi?

  • Ha,8ni 2ga ko’paytirib 8*2h16(ta)

O’qituvchi masalani to’g’ri yechganliklarini aniqlashlarini aytadi.SHunda o’quvchilar masalani tekshirib ko’rishadi.
8+16h24(ta) yoki 16:8h2(marta) bu yechimlar masalani to’g’ri yechilganligini ifodalaydi.
Endi o’quvchilar ikki sonni ayirmasi va karrali nisbatiga ko’ra topishga doir masalalar bilan tanishtirishni qarab chiqamiz.
Masala: O’tloqdagi g’ozlar o’rdaklardan 3 marta kam. O’rdaklar g’ozlardan 14ta
ko’p bo’lsa,o’tloqda nechta g’oz va nechta o’rdak bor?
Ushbu masala ikki noma’lumli chiziqli tenglamalar sistemasi
a=3v
a-v=14 ni ifodalaydi (Bunda a-o’tloqdagi o’rdaklar sonini,vesa g’ozlar sonini bildiradi)
Ushbu masalani boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan quyidagicha muhokama yuritib yechish mumkin:



  • O’quvchilar masalada nima haqida gap borayapti?

  • O’tloqdagi g’oz va o’rdaklar haqida

  • O’tloqdagi g’ozlar o’rdaklardan necha marta kamligi masalada ma’lummi?

  • Ha,3marta

  • Yana masalada nima berilgan?

  • O’tloqdagi o’rdaklar g’ozlardan 14 ta ko’pligi ma’lum.

  • Masala bizdan nimani topishni talab qilayapti?

  • O’tloqda nechta g’oz va nechta o’rdak borligini.

Masala yechimini topish uchun dastlab masala shartini ifodalovchi grafik shart (model)ni tuzamiz.
G’ozlar o’rdaklardan 3 marta kam bo’lgani uchun g’ozlar sonini ifodalovchi 1ta kesmani tanlaymiz.O’rdaklar sonini ifodalovchi kesma esa g’ozlar sonidan 3marta ko’p bo’lgani uchun bu kesma birinchi kesmadan 3 marta uzun bo’lishi kerak.O’rdaklar g’ozlardan 14ta ko’p bo’lgani uchun o’rdaklar sonini ifodalovchi 3 ta ajratilgan kesmadan 2 tasini ifodalab,uni 14ta deb belgilaymiz.
Bu grafik modeliga qarab, mushohada yuritishni davom ettiramiz.
CHizmadan ko’rayapmizki, 14 ta bu g’ozlar sonini ifodalovchi kesmalardan ikkitasini ifodalaydi. Demak 14 ni 2 ga bo’lib g’ozlar sonini topish mumkin. G’ozlar soni aniq bo’lgach o’rdaklar soni topiladi. Masala 3 ta ish bilan yechiladi. (ayrish, bo’lish va ko’paytirish amallari bilan)
Yechish: 1) 3-1=2 (qism)
2) 14:2=7 (ta)
3) 7*3=21 (ta)
Javob: 7 ta g’oz, 21 ta o’rdak.
Masala yechilish to’g’riligini tekshirish uchun 21 dan 7 ni ayrish kerak
21-7=14 (ta)
1-masala.Ikki o’rtoq birgalikda 32ta yong’oq tyerishdi.Birinchisi ikkinchiga qaraganda 3marta ko’p yong’oq tergan bo’lsa,har bir bola nechtadan yong’oq tergan?
2-masala.Zoir yechgan masalalar soni Zarif yechgan masalalar sonidan 4 marta ko’p.Zarif va Zoir birgalikda 40ta masala yechlan bo’lsa.Zoir nechta masala yechgan?
3-masala.Ikki qutida 24ta qalam bor.Birinchi qutidagi qalamlar ikkinchi qutidagidan 5 marta kam.Birinchi qutida nechta qalam bor?
4-masala.Archa bayramiga atab 3-Asinf o’quvchilari 2-Bsinf o’quvchilariga qaraganda 2 marta ko’p o’yinchoqlar yasashdi.Agar 2-Bsinf o’quvchilvri yasagan o’yinchoqlar soni 3-A sinf o’quvchilari yasagan o’yinchoqlardan 9ta kam bo’lsa, 3-Asinf o’quvchilari nechta o’yinchoq yasagan?
5-masala.Ikki sonning yig’indisi 28ga teng.Birinchi son ikkinchisidan 3marta katta bo’lsa,har bir sonni toping.
6-masala Ikki sonning ayirmasi 15ga teng.Ikkinchi son birinchisidan 2marta katta.Shu sonlarni toping.
2-masala: Omborga og’irligi 950m bo’lgan 3 yo’la temir keltirildi. Birinchi yo’ladagi temirning og’irligi ikkinchi yo’ladagi temirning og’irligidan 3 marta ko’p va uchinchi yo’ladagidan 5 marta kam edi. Uchinchi yo’lada olib kelingan temir yassi temirlarning miqdori dumaloq temirlar miqdoridan 75 m kam va qirrali temir yassi temirdan 165m kam edi. Uchinchi yo’lda necha tonna yassi temir keltirilgan?
Ushbu masala 2 qism (tip)dan iborat. Dastlab 3 tipga taalluqli qismini yechaylik. Bunda 2 yo’lda keltirilgan temirning og’irligini shartli ravishda birlik kesma deb belgilaymiz.
Yechish: yechishni birin – ketin amallar bilan izohlab yozamiz.
1+3+5 = 9 (qism)
950:19= 50 (1)-2 yo’ladagi temirlar.
50.15=750 (1)-3 yo’ladagi temirlar.
Endi masalaning ikkinchi qismi, 2 tipga taalluqli qismini yechamiz.
750+165-75 = 840 (m)
840:3 = 280 (m) yassi temir. Javob: 280(m).
Ushbu tipga taalluqli quyidagi masalalarni yechining.

  1. Bola onasidan 4 marta yosh va buvisi nevarasidan 7 marta katta. Agar hammalarini yoshlarini qo’shganda 108 chiqsa, har qaysining yoshi nechaga bo’ladi?

  2. Maktabda 510 o’quvchi o’qiydi. Tushdan keyin o’qiydigan 130 o’quvchi ertalabki o’qishga ko’chirgandan keyin ertalab o’qiydigan o’qiydigan o’quvchilar tushdan keyin o’qiydigan o’quvchilardan 2 marta ko’p bo’ladi. Dastlab ertalab necha o’quvchi tushdan keyin necha o’quvchi bo’ladi?

  3. Mebel fabrikasi bir chorakda kitob sotadigan shkafdan 3 marta ortiq oynali shkaf, oynali shkafdan 170 ta ortiq va divan 2 marta kam stol ishlab chiqardi. Agar hamma mebel 2460 ta bo’lsa, har qaysi mebeldan nechtadan ishlab chiqarilgan?

  4. otasi 32 yoshda, o’g’li 6 yoshda necha yoshdan keyin otasi o’g’lidan 3 marta katta bo’ladi. Necha yoshdan keyin 2 marta katta bo’ladi?

  5. Ikki sonning yig’indisi 336. Ulardan birini 7 ga bo’lgandagi bo’linma, ikkinchisini 21 ga bo’lingandagi bo’linmaga o’zaro teng. Bu sonlarni toping?

  6. Ikki sonning yig’indisi 288. Ulardan birini 3 ga bo’lishdanchiqgan bo’linma, ikkinchisini 15 ga bo’lishdan chiqgan bo’linmaga teng. SHu sonlarni toping?

  7. uchta sonning yig’indisi 7437 ga teng. Agar ulardan birining oxiridagi bir nomni, ikkinchisining oxiridagi ikki nomni o’chirsak, unda bu sonlar hammasi o’zaro teng bo’ladi. SHu sonlarni toping?

  8. Tegirmonga 3 marta g’alla yuborildiyu birinchi marta yuborilgan g’alla, ikkinchi marta yuborilgan g’alla uchinchi marta yuborilgan g’alladan 6 marta kam. uchinchi marta yuborilgan g’alla, birinchi marta yuborilgan g’alladan 180 marta ortiq ei. Avtomashinada yuborilgan g’alla aravada yuborilgan g’alladan 630 marta ortiq edi. Avtomashinalarda hammasi bo’libqancha g’alla toshilgan?

  9. Tikuv fabrikasida keltirilgan moyi satindan 6 marta kam, satin chitdan 3 marta ko’p. Satin esa shoyi bilan chitning ikkalasidan 1080m ortiq. Satindan xalat va ko’ylak tikildi. Xalatlar ko’ylaklardan 10 marta ortiq. Agarda bitta xalatga 5m va bitta ko’ylakka 4m satin ketgan bo’lsa, nechta xalat va nechta ko’ylak tikilgan?

  10. Qayin, qarag’ay va archa daraxtlari yoshlarini yig’indisi 7620 yil. Qarag’ayqayinga qaraganda 5marta ko’p va archaga qaraganda 370 yil kam yashaydi. Bu daraxtlarning har qaysi necha yoshga kirishi mumkinligini aniqlang.


Download 0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 0.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki sonning yig’indisi (yoki ayirmasi) va karrali nisbatiga ko’ra shu sonlarni topishga doir masalalar. (3-tip)

Download 0.64 Mb.