|
14-Ma`ruza. Quymakorlikda kompyuter texnologiyalari. Muallif: Zilola Mamataliyeva Abdulfaiz qizi Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #100268 |
Bog'liq Automobile casting parts, methods and materials. Lecture-14
Automobile casting parts, methods and materials.
Lecture-14 Computer technologies in casting.
Lecturer. Zilola Mamataliyeva Abdulfaiz qizi., MD., Assistant professor.
14-Ma`ruza. Quymakorlikda kompyuter texnologiyalari.
Muallif: Zilola Mamataliyeva Abdulfaiz qizi
Reja:
Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish uslubiyoti
Tipavoy yechimlar asosida texnologik jarayonlarni loyihalash
Aniq quyma olish SAPR tizimi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish uslubiyoti
Mashinasozlik ishlab chiqarishlarida asoslangan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uchun quyidagilarni bilish zarur:
Mashinasozlikdagi zamonaviy progressiv texnologik jarayonlarning axamiyatini, bu jarayonlarni turli ishlab chiqarishlar sharoitida mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatlarini yaqqol tasavvur qilgan holda chuqur bilishi;
Texnologik jarayonlarini barpo etish bosqichlarida u yoki bu stanokni, moslamani, keskich va o’lchagich asbobni tanlashni asoslay olishi uchun fanni chuqur o’rgangan va yuqori malakaga ega bo’lishi;
Egallagan bilim va ma’lumotlarni keyingi o’qish va ishlash jarayonlarida amalda qo’llay bilishi;
Nazariy va amaliy olingan bilimlar asosida mustaqil ravishda «detallar» tayyorlash va ularni yig’ish uchun ilg’or texnologik jarayonlar loyihalarini ishlab chiqishni bilishi va ko’nikmalar hosil kilish;
Amallarni iqtisodiy – samaradorligini hisoblay olishini va samarador variantini tanlab olish tajribasiga ega bo’lishi;
Texnologik jarayonlarni iqtisodiy – samaradorligini hisoblay olishini va samarador variantini tanlab olishni bilishi va ko’nikma hosil qilishi;
Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi va ko’nikma hosil qilishi;
Texnologik jarayon va opratsiyalarni bajarish vositalarini sozlash tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Shakldor detallar ishlash jarayonida cho’zilish va egilish taosirida bo’lmasa odatda cho’yanlardan tayyorlanadi. Agarda detal shakldor bo’lib ishlash jarayonida turli xil kuchlanishlar ostida bo’lsa, u holda zagotovka po’latlardan tayyorlanadi.
Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga, bo’rilishga ishlovchi va ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlaridan katta farq bo’lgan detallarning zagotovkalari tayyorlanadi. Bolg’alash yordamida zagotovkaning shakli detal shakliga yaqin qilib tayyorlanadi. Bolg’alash bilan katta o’lchamli detallar uchun donali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida yoki boshqa hollarda kichik detallar uchun zagotovka tayyorlanadi.
Shtamplangan zagotovka Shtamplash mashinalarida olinadi. Shtamplangan metallning strukturasi bir xilligi bilan ajralib turadi. Shtamplangan zagotovkaning shakli detal shakliga juda yaqin bo’lib, ayrim xollarda mexanik ishlov berilmaydi. Bu o’z navbatida metall sarfini kamaytiradi. Shtamplashni ish unumdorligi bolg’alashga nisbatan ancha yuqori. Ishchini malakasi ham bolg’alashga nisbatan past bo’lishi mumkin. Shtamplash yo’li bilan ko’p miqdordagi zagotovka tayyorlanganligi sababli ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida qo’l keladi.
Aylana, to’rtburchakli, olti burchakli, prokatlardan tayyorlangan zagotovka o’z shakli bo’yicha yuqoridagi ko’rinishlarga yaqin bo’lgan detallar tayyorlashda qo’llaniladi. Qaysi turdagi zagotovkaning tanlash uni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblab chiqqandan so’ng amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
|
| |